66
5-BOB. KUZOV, KABINA VA PLATFORMALARNI
YIG‘ISH-PAYVANDLASH
Yengil avtomobillarning kuzovlari, yuk avtomobillarining kabi-
nalari va avtobus kuzovlarining konstruktiv
va texnologik xususi-
yatlari quyidagilardan iborat:
Tashqi yuzalarining murakkab shaklda bo‘lishi va yuza sifatiga
yuqori talab qo‘yilishi.
Payvandlab yig‘iladigan yig‘ma birliklarning ko‘pligi (yig‘ma
birliklar katta, o‘rta, kichik detallardan va yig‘ma birliklardan
tashkil topadi).
Eshik, oyna, yuk bo‘linmasi va kapot o‘ymalarining
yagona
yig‘ma birlikda bajarilishi.
Panvandlash-yig‘ish joylariga payvandlash uskunalarini joy-
lashtirishning qulayligi.
Dekorativ ishlov talab qiluvchi tashqi choklar va birikmalar
bo‘lmasligi.
Detallarni bir-biriga biriktirish joylarini hamda yig‘ma
birlik-
larni payvandlab yig‘ish choklarini chang va suv o‘tishidan zich-
lashtirishning qulayligi.
Detal va yig‘ma birliklarning mustahkamligi va bikrligi.
Ramasiz avtomobil va avtobuslar uchun eng muhim ko‘rsat-
kichlar qatoriga kuzovning mustahkamligi,
bikrligi va ishonchliligi
kiradi.
Kuzov va kabinalarni payvandlash-yig‘ish qulay bo‘lishi, bo‘-
yash uchun tashqi yuzalar qo‘shimcha ishlovni talab qilmasligi,
agregat, mexanizm, asboblar va boshqa yig‘ma birliklarni o‘rnatish
qulay bo‘lishi, kuzovlarning asosiy texnologik xususiyatlari deb
hisoblanadi.
67
Kuzov va kabinalarning tannarxi, asosan, yig‘ish-
payvandlash ishlarining hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Kuzov
detallari, payvandlash bilan yig‘iladigan yig‘ma
birliklarning
soni qancha kam, mexanizatsiyalashgan va robotlashtirilgan
payvandlash uskunalaridan foydalanish
darajasi yuqori,
yoysimon va gaz payvandlash ishlari hajmi minimal bo‘lsa,
ishlab chiqarish samarasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Kuzov detallarining o‘zaro almashuvchanligi, konstruksiyani
rostlash
mumkinligi, o‘lchash asboblari yordamida kuzov
va kabinalar geometrik o‘lchamlarini payvandlash-yig‘ish
jarayonida nazorat qilib turish katta ahamiyatga ega.