D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab




Download 11,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/49
Sana27.07.2024
Hajmi11,87 Mb.
#268799
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
Bog'liq
588741de0bdbf

Mexanik qo‘l: 
1 – shtamplangan detal; 2, 7 – 
qisqichlar; 3 – prujina; 4 – o‘q; 5, 19 – pnevmosilindrlar; 
6 – tayanch; 8 – skalka; 9, 14 – karetkalar; 10 – kronshteyn; 
11 – shtanga; 12 – bolt; 13 – teleskopik richag; 15 – rolik; 16 – 
yo‘naltiruvchi sterjen; 17 – kopir; 18 – korpus; 20 – amortizator


62
Skalka (8)da ushlash uzelining qisqichlari (pastki 2 va yuqo- 
ridagi 7) va pnevmosilindri (5) joylashtirilgan. Yuqoridagi qisqich 
(7) karetka (9)ga qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan. Pastki qisqich 
(2) o‘q (4) yordamida karetkaga mahkamlangan va prujina (3) bilan 
tortib turiladi. Boshlang‘ich holatda ushlash uzeli tayyor detal (1) 
yaqinida turadi.
Pnevmosilindr (19)ning porsheni yuqoriga harakatlanganda
shtok karetka (14) yuqoriga ko‘tariladi. Bunda rolik (15)lar detalni 
ko‘tarib avval kopirning vertikal qismi bo‘yicha, so‘ng egri chiziqli 
qismi bo‘yicha harakatlanib, teleskopik richagni ushlash uzeli bilan 
birga shtampdan uzoqlashtiradi.
Mexanik qo‘l quyidagicha ishlaydi. Polzun yuqoriga 
harakatlanganda ushlash uzeli pnevmosilindri (5)ning shtoki 
karetka (9)ni qisqichlari bilan skalka (8) bo‘yicha cheklagich (6)
gacha siljitadi. Yurishning oxirida qisqichlar detalning flanesini 
ushlab siqiladi. Siqilgan havo pnevmosilindr (19)ning pastki 
bo‘linmasiga uzatiladi va karetka teleskopik richag, ushlash uzeli 
(detal bilan) bilan birga yuqoriga ko‘tariladi, so‘ng shtampdan 
uzoqlashadi.
Harakatning oxirida qisqichlar bo‘shatiladi va detal 
transportyor ustiga tushadi. Pnevmosilindrdan havo tashqariga 
chiqaziladi va mexanik qo‘l amortizator (20)ning qarshiligini 
yengib, ravon boshlang‘ich holatga keladi.
Mexanik qo‘l avtomatik rejimda ishlaydi. Boshqa detalni 
shtamplash kerak bo‘lganda, mexanik qo‘lning ushlash uzeli 
almashtiriladi.
Detalni birinchi operatsiyadan ikkinchisiga uzatish 
transportyorlar yordamida bajariladi. Ko‘p hollarda, detalni 
nafaqat uzatish, balki 180° ga ag‘darish talab qilinadi. Buning 
uchun kombinatsiyalashgan qurilmalar – transportyor-
ag‘dargichlar ishlatiladi.


63
4.5-rasmda transportyor-ag‘dargichning sxemasi 
ko‘rsatilgan. Transportyor tarkibiga karkas (1), to‘rtta ponasimon 
tasma va ag‘daruvchi vilka (3) kiradi. Vilka (3)ning ishchi 
elementlari tasmalarning o‘rtasida joylashtirilgan. Karkas (1)
ga uchlariga shkivlar o‘rnatilgan vallar mahkamlangan.
4.5-rasm. 

Download 11,87 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Download 11,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab

Download 11,87 Mb.
Pdf ko'rish