• 3.9. Shtamplangan detallarni nazorat qilish
  • Tayyorlash aniqligiga ta’sir etuvchi omillar




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/49
    Sana27.07.2024
    Hajmi11,87 Mb.
    #268799
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
    Bog'liq
    588741de0bdbf

    Tayyorlash aniqligiga ta’sir etuvchi omillar
    Shtamplangan kuzov va kabina detallarining aniqligiga quyida- 
    gi ishlab chiqarish faktorlari ta’sir etadi:
    1) detalning chiziqli o‘lchamlari o‘zgarishiga ta’sir etuvchi me- 
    talning plastik xususiyatlari;
    2) metall qalinligining har xil bo‘lishi (standart talablari chega- 
    rasida);
    3) detalning chiziqli o‘lchamlari (detal o‘lchami ortishi bilan 
    o‘lchamlarning o‘zgarishi ortib boradi);
    4) detalni shtampda o‘rnatish usuli;
    5) operatsiyalar soni va ularning ketma-ketligi (operatsiya soni 
    oshgan sari o‘lchamlarni o‘zgarish darajasi ortib boradi);
    6) egish jarayonida detalning deformatsiyalanish darajasi;
    7) shtamplarning konstruksiyasi va sifati (maksimal erishiladi- 
    gan aniqlik shtampning sifati bilan chegaralanadi);
    8) shtampning ishchi yuzalari yeyilishi;
    9) pressning texnik holati.
    Har bir faktorning detal o‘lchamlari aniqligiga ta’sirini ajratib 
    olish juda qiyin. Yuqorida keltirilgan faktorlarning o‘zaro ta’siri va 
    ayrim faktorlar xatolarni kompensatsiya qilishlari detalning o‘l



    54
    chamlariga beriladigan qo‘yimlarni hisob yo‘li bilan aniqlashda 
    katta muammolar yaratadi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi 
    zavodlar shtamplanadigan detallarning o‘lchamlariga qo‘yimlarni 
    tajriba asosida belgilashga majbur bo‘ladilar.
    3.9. Shtamplangan detallarni nazorat qilish
    Kuzov va kabina detalini tayyorlash texnolgik jarayonini loyi- 
    halash bilan bir vaqtda detalning o‘lchamlarini nazorat qilish usullari 
    ham loyihalanadi.
    Nazorat usulini ishab chiqishda detalning ishchi chizmasi va 
    uning master modeli asos qilib olinadi. Bundan tashqari, detalning 
    vazifasi, o‘rnatilish joyi va qaysi detallar bilan birikishi va detalning 
    qaysi joyi baza bo‘lib xizmat qilishi hisobga olinadi. Nazorat 
    usulini loyihalash jarayonida detal geometriyasini o‘lchash ketma- 
    ketligi, tekshirish jihozlari tarkibi (nazorat moslamalari, shab- 
    lonnlar, detallardagi guruh bo‘lib joylashtirilgan teshiklarning 
    o‘zaro joylashishini nazorat qilish kalibrlari, tiqinlari va b.) 
    aniqlanadi.
    Nazorat qilish jihozlari va moslamalari shtamplarni tayyor- 
    lashdan avval ishlab chiqariladi va tayyorlanayatgan 
    shtamplarning sifati ular yordamida tekshiriladi.
    Nazorat moslamalari po‘latdan yoki plastmassadan, shtamplarni 
    tayyorlash uchun qabul qilingan usul bilan ishlanadi. Nazorat 
    moslamalarining aniqligi master-model yordamida teshiriladi va 
    ularnig orasidagi tirqish 0,5 mm dan katta bo‘lmasligi, boshqa 
    o‘lchamlar orasidagi farq 
    ± 
    0,25 mm dan katta bo‘lmasligi talab 
    qilinadi.
    Yangi kuzov va kabina detallarini ishlab chiqarishga, 
    qo‘yish jarayonida yangi shtamplar komplekti yordamida 50–60 
    ta detal shtamplangandan so‘ng ularning sifati nazorat qilinib 
    ichidan bitta detal tanlab olinadi va etalon sifatida ishlatish 
    uchun rasmiylashtiriladi.


    55
    Detalning etaloni detal sifatini solishtirib, nazorat ishlarini 
    o‘tkazish uchun ishlatiladi va detalga qo‘yiladigan talablar 
    mezoni bo‘ladi. Bunda detalning tashqi ko‘rinishi, detal 
    elementlarining nazorat moslamasiga mos bo‘lishi va u bilan 
    tirqishlar hosil qilmasligi tekshiriladi.
    Detal etalonlari o‘lchash usullari ko‘p vaqt talab qilganda 
    yoki o‘lchash usuli bilan detal sifatiga baho berish mumkin 
    bo‘lmaganda ishlatiladi, masalan:
    – murakkab shaklli detallar sifatini aniqlashda;
    – yuza sifatiga baho berish vaqtida.

    Download 11,87 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorlash aniqligiga ta’sir etuvchi omillar

    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish