• Shtamplarni almashtirish uchun presslarda siljuvchi stolni joylashtirilishi
  • Shtamplarni almashtirish va sozlash




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/49
    Sana27.07.2024
    Hajmi11,87 Mb.
    #268799
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
    Bog'liq
    588741de0bdbf

    Shtamplarni almashtirish va sozlash
    Pressdagi shtamplarni boshqa turdagi detallarni shtamplash 
    uchun almashtirish ko‘p vaqt talab qiladi. Masalan, eski turdagi 
    presslash liniyalarida, 10 xil detalni shtamplash uchun shtamplarni 
    almashtirish va sozlash, jami detallarni tayyorlashga sarflanadigan
    ish vaqtining 15–20 % ini tashkil qilar edi.
    Zamonaviy presslarda shtamplarni almashtirish mexanizatsiya- 
    lashgan va shtampni almashtirish uchun ko‘p vaqt sarflanmaydi.
    Bundan tashqari, shtampni almashtirish jarayonida press ishni 
    davom ettirib turadi.
    Hozirgi vaqtda presslar ikkita siljitiladigan stol bilan ta’min- 
    lanadi, stollardan biriga o‘rnatilgan shtamp ishlab turadi, ikkinchi 
    stol esa pressdan tashqariga siljitib chiqariladi va unga yangi 
    detalning shtampi press polzuniga tez mahkamlash uchun maxsus 
    plitaga o‘rnatiladi. Detal keraklicha nusxada shtamplangandan 
    so‘ng, shtamp o‘zinig stoli bilan birgalikda pressdan siljitib 
    chiqariladi va uning o‘rniga iikinchi stolga mahkamlangan yangi 
    shtamp o‘rnatiladi.
    Shtamplarni almashtirish sxemasi 3.7-rasmda ko‘rsatilgan. 
    Shtampni tez almashtirish uchun stolga va uning ikkinchi yarmi 
    pressning polzuniga o‘rnatishda tezkor gidravlik mahkamlovchi 
    qurilmalardan foydalaniladi.
    3.7-rasm.
    Shtamplarni almashtirish uchun presslarda siljuvchi
    stolni joylashtirilishi:
    a - press oldida;
    b - yon tomoniga va chetga; d - o‘ngga va chapga


    49
    Botirib shtamplash uchun ishlatiladigan surkov moylari
    Shtampning ishchi yuzalari va metall yuzasi o‘rtasidagi ishqala- 
    nishni kamaytirish, shu bilan shtampning resursini oshirish, shtamp- 
    lanayotgan detal yuzasining silliqligini ta’minlash uchun texnologik 
    surkov moylari ishlatiladi. Surkov moylariga quyidagi talablar qo‘- 
    yiladi:
    – surkov moyi xomaki yuzasida tekis plyonka hosil qilishi va 
    katta bosim ta’sirida xomaki yuzasidan sidirilmasligi;
    – xomaki va shtampning ishchi yuzalari o‘rtasidagi ishqala- 
    nish koeffisiyenti 0,1 dan katta bo‘lmasligini ta’minlashi;
    – detalning surkov moyidan yengil tozalanishi;
    – shtamp detallarini korroziyaga olib kelmasligi va ekologiyaga 
    zararsiz bo‘lishi;
    Surkov moylari shtamplashdan avval xomaki yuzalariga 
    maxsus purkagichlar orqali purkaladi.

    Download 11,87 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish