• Birlashtirilgan shtampning sxemasi (qirqib olish va teshik urub chiqarish)
  • To‘g‘rilash shtamplari.
  • To‘g‘rilash shtampining sxemasi
  • Teshik ochish.
  • D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/49
    Sana27.07.2024
    Hajmi11,87 Mb.
    #268799
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
    Bog'liq
    588741de0bdbf

    Qirqib olish shtamplari 
    quyidagi uch xil turda bo‘ladi:
    1. Shtampning pastki va yuqori qismlarida qirqish seksiyalari 
    joylashtirilgan sodda shtamplar.
    2. Ponali murakkab shtamplar. Qirqish seksiyalari 
    harakatlanuvchi polzunlarda joylashtirilgan bo‘lib ponalar 
    yordamida harakatga keltiriladi; ponalar o‘z navbatida harakatni 
    pressning polzunidan oladi.
    3. Qirqib olish va teshik ochishni bir vaqtda bajaradigan, 
    birlashtirilgan shtamplar.


    38
    3.3-rasm. 
    Birlashtirilgan shtampning sxemasi (qirqib olish va 
    teshik urub chiqarish): 
    1 – urib chiqaruvchi puanson; 2 – siquvchi 
    element; 3 – yuqorigi plita; 4 – yuqorigi qirquvchi seksiya; 5 – pastki 
    qirquvchi seksiya; 6 – pastki plita; 7 – urub chiqaruvchi matritsa
    To‘g‘rilash shtamplari. 
    Kuzov detallarining o‘lchamlari qirqib 
    olish, egish va shakl hosil qilish operatsiyalarida detal chizmasida 
    berilgan o‘lchamlardan farq qilishi mumkin. Shuning uchun, 
    ko‘pincha, ushbu operatsiyalardan so‘ng to‘g‘rilash operatsiyasi 
    bajariladi.
    To‘g‘rilash shtampining sxemasi 3.4-rasmda ko‘rsatilgan.
    3.4-rasm. 
    To‘g‘rilash shtampining sxemasi: 
    1 – yuqoridagi plita;
    2 – matritsa; 3 – puanson; 4 – pastki plita


    39
    To‘g‘rilash operatsiyasi yordamida quyidagilarga erishiladi:
    – detalga turg‘un shakl berish va o‘lchamlarini detal chizmasida 
    berilgan o‘lchamlarga maksimal yaqinlashtirish;
    – boshqa detallar bilan tutashadigan yuzalarni va flaneslarni
    to‘g‘rilash;
    – botirish operatsiyasidan so‘ng botirish radiuslarini kalibrlash 
    va chizmadagi radiuslarga maksimal yaqinlashtirish;
    Teshik ochish. 
    Kuzov detallarining yuzasida turli shakl va 
    o‘lchamga ega bo‘lgan va har xil tekisliklarda joylashgan teshiklar 
    bo‘ladi. Teshiklar teshikni urib chiqarish shtamplarida ochiladi. 
    Teshiklarni joylashishiga qarab shtamplar quyidagi turlarga bo‘- 
    linadi:
    1) oddiy, teshiklar gorizontal tekislikda urib chiqariladi;
    2) oddiy, ponali-teshiklar vertikal tekislikda, gorizontal yo‘na- 
    lishda, ponalar yordamida harakatga keltiriladigan polzunchalar 
    yor damida urib chiqariladi;
    3) murakkab-teshiklar turli tekisliklarda urib ochiladi.
    Teshiklarning koordinatalari shakl hosil qiluvchi operatsiyalar 
    natijasida o‘zgarmasliklari uchun teshiklar barcha shakl hosil qi- 
    luvchi operatsiyalardan so‘ng urib chiqariladi.
    Gardish hosil qiluvchi (flanes hosil qiluvchi) shtamplar. Deyarli
    barcha kuzov detallarida bikrlikni oshirish yoki boshqa detal bilan 
    biriktirish uchun flaneslar ishlanadi. Flaneslar eshik, yuk 
    bo‘lmasi, deraza, kapot darchalarida yopiq kontur bo‘yicha 
    ishlanadi. 3.5-rasmda ponali flanes hosil qiluvchi, ponasimon 
    shtampning soddalashtirilgan sxemasi keltirilgan.
    Shtampninig pastki plitasi (10)da prujina bilan siqib turiladigan 
    polzuncha (7) joylashtirilgan bo‘lib, unda bort chiqaruvchi seksiya 
    (9) joylashtirilgan. Polzun (7)da yo‘naltiruvchi bo‘yicha 
    prujinalangan ponasimon polzuncha (4) harakatlanadi. 
    Polzuncha (4) bilan bort chiqaruvchi seksiya (8) bog‘langan. 
    Polzun pastga harakat langanda, polzuncha (7)ni pona (6) ishchi 


    40
    holatga siljitadi. Shunda seksiya (9) detalga taqaladi va qisgich 
    (3) detalni siqadi, pona (5) ponasimonni polzuncha (4) siljitadi 
    va detalning old qismida flanes tayyor bo‘ladi.
    Yuqoridagi seksiya (2) pastki seksiya (1)ga nisbatan siljiganda, 
    orqa tomondagi flanes hosil qilinadi. Polzun yuqoriga harakat-
    langanda ponalar (4) va (7) prujinalarning ta’sirida boshlang‘ich ho- 
    latga qaytadi.
    3.5-rasm. 

    Download 11,87 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab

    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish