15
3-DARS.
AXBOROT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Biz yashab
turgan olamni endi televizor, smartfon, internet,
kompyuterlarsiz tasavvur
etish qiyin. Axir olimlar XXI asrni axborot texnologiyalari asri, deb bejiz aytishmagan.
Chunki bu texnologiyalar jamiyatimizdagi asosiy masalalarni yechishda muhim ahamiyat
kasb etadi va bu jarayonga axborotli jarayon deyiladi.
O‘tgan
yuz yillikdan farqli ravishda, hozirgi kunda axborot ustida katta tezlikda izlash,
to‘plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish,
nusxa olish, bloklash, uni maxfiylashtirish,
chop etish kabi amallarni bajarish mumkin. Albatta, bunday
amallar kompyuterda qayta
ishlanadi, raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi va maxsus formatlarda saqlanadi.
Axborotli jarayonlar
BUNI BILASIZMI?
Insondan farqli, kompyuterlar axborotni bir necha milliard barobar tezlikda va aniqlikda
qayta ishlay oladi.
Masalan: 3 752 sonini 6 901 ga ko‘paytirish amaliga inson 1 minut vaqtini sarflasa,
zamonaviy telefon protsessori bu amalni sekundiga 100 milliard
marta tez bajarishi
mumkin.
Demak, kompyuterlar inson kabi matn, rasm, tovush, musiqa ko‘rinishidagi axborotlarni tez va
aniq
bajarar ekan, ularni boshqa kompyuterga uzatish yoki qayta ishlash uchun qo‘shimcha
texnik vositalar va kompyuter dasturlari kerak bo‘ladi. Ular qisqacha Axborot texnologiyalari
deb ataladi.
16
TOPSHIRIQLAR'>I BOB.
INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Axborot nima?
2. Inson axborotni qaysi sezgi organlari (retseptorlari) orqali qabul qiladi?
3. Insonlar qaysi sezgi organlari yordamida ko‘proq axborot qabul qiladi?
4. Axborot turlarini aytib bering.
5. Axborot qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak?
TOPSHIRIQLAR
1. Matndagi nuqtalar o‘rnini tushirib qoldirilgan so‘zlar bilan to‘ldiring.
Insonlar kundalik hayotda atrof-muhitdan turli ko‘rinishdagi … qabul qiladilar. Ular
axborotni …, …, …, …, ... kabi sezgi organlari yordamida qabul qiladi. Aniqlik, to‘liqlik,
tushunarli va ishonchlilik — bularga axborotning … deyiladi.
2. Quyidagi mulohazalarni axborotli jarayonlar bilan bog‘lang:
Sinf rahbarlari o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni jadvalga
kiritdilar.
izlash
Kamola uy vazifasini bajarish uchun internetdan foydalandi.
qayta ishlash
Matematika darsida biz avval yozilgan nazorat ishining xatolari
ustida ishladik.
to‘plash
Bugun do‘stimning tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga
telegram orqali tabriknoma yubordim.
uzatish
Maktabimizda bo‘lib o‘tgan bayram konsertini men
videokameraga yozib oldim va oila a’zolarimga ulashdim.
saqlash
Axborot texnologiyalari — Inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to‘plash,
saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayonida ishlatiladigan usullar va texnik vositalar.
Ularni, bajarilishiga ko‘ra, 4 yo‘nalishda o‘rganish mumkin:
1)
aloqa vositalari;
2) telekommunikatsiya vositalari;
3) internet;
4) kompyuterlar va ularning qo‘shimcha vositalari.