10
I BOB.
INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI
Vaqt o‘tishi bilan informatika fanini tashkil etuvchi bo‘limlar o‘zgardi. Hozirgi kunda bu fan
quyidagi yangi bo‘limlar asosida o‘rganilmoqda:
KIBERNETIKA (yun. kybernetile – boshqarish sanʼati) — axborotni qabul qilish, saqlash, uni
qayta ishlash jarayonlarni avtomatik tarzida boshqarish bilan shug‘ullanuvchi fan.
Kibernetika raqamli olamning malikasi hisoblanadi.
Hardware (qattiq qism yoki texnik ta’minot);
Software (yumshoq qism yoki dasturiy ta’minot);
Brainware (aqliy ta’minot yoki intellekt).
Ilmiy qarashlarning va kompyuter texnologiyalarning yuqori tezlikda rivojlanishi atrofimizdagi
olam va inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida ko‘p o‘zgarishlarga olib keldi.
1
2
3
Kompyuter injeneriyasi,
sun’iy
intellekt,
robototexnika,
golografik xotira,
optik kompyuterlar,
kvant kompyuterlar,
neyro kompyuterlar.
Ushbu yo‘nalishlarning rivojlanishi natijasida esa, yangi istiqbolli kasblar vujudga kelmoqda.
Bunda Informatika fanining ahamiyati beqiyosdir.
Olimlarning ta’kidlashicha: shaffof aqlli oynalar (smart glasses), gologrammalar,
shaffof
panellar, sun’iy intellekt, aqlli uy robotlari, dronlar,
hyperloop kabi innovatsion
texnologiyalar bizning hayotimizda oddiy hol bo‘lib qolgan. Ular, albatta, ixtirolarning
so‘nggisi emas.
O‘zbekistonga informatika fanining kirib kelishi 1970-yillarda O‘zbekiston
Fanlar Akademiyasi «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining
bosh direktori, kibernetika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan
matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining
akademigi Vosil
Qobulovich Qobulov nomi bilan bog‘liq. Uning ilmiy ishlari hisoblash
texnikasini fan, texnika va xalq xo‘jaligining turli sohalariga qo‘llash, ish
jarayonini avtomatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan.
1
2
3