8
I BOB.
INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI
Aziz o‘quvchiIar, bloklar orasidan Robotchaga to‘g‘ri javobni topishga yordam bering:
1. Kompyuterda ishlash jarayonida nimalar qilish mumkin emas?
2. Kompyuter xonasiga kirganda har bir o‘quvchi qanday qoidalarga rioya qilishi shart?
3. Elektr toki bilan bog‘liq qanday qoidalarni bilasiz?
4. Nima uchun kompyuterda to‘g‘ri o‘tirish qoidasiga amal qilish lozim?
5. Monitor oldida me’yoridan ortiq o‘tirish inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi
mumkin?
6. Inson o‘z salomatligini asrashi uchun nimalar qilishi kerak?
BILIMINGIZNI TEKSHIRIB KO‘RING !
UYGA VAZIFA
Ko‘rish qobiliyati
susayadi
Ovqatlanish,
suv ichish,
baland ovozda
gapirish
Gimnastika mashqlari
6, 7-qoidalar
Qoidalarga rioya
qilish
Xavfsizlik va
sanitariya qoidalari
Umurtqa pog‘onasini
zo‘riqtirmaslik
1. So‘zlar qatoridan kompyuter xonasida xavfsizlik qoidalari
va gigiyena talablariga mos
kelmaydigan so‘zlarni olib tashlang.
а)
gigiyena,
xavfsizlik, darslik, tozalik;
b)
kompyuter,
elektr toki, ulagich, parol;
d) darslik, soat, telefon, printer;
e) darslik, ovqat,
salqin ichimlik, ortiqcha kiyim.
2. 50–60 cm, 90–120 gradus, 2–3 soat sonlari bilan bog‘liq qoidalarni eslang va yozib oling.
MUSTAQIL BAJARING