• TARIXIY MA’LUMOT TARIXIY MA’LUMOT
  • -DARS.  INFORMATIKA FANI HAQIDA




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/77
    Sana06.01.2024
    Hajmi35,55 Mb.
    #131067
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
    Bog'liq
    Informatika 5 uzb 2020 www.idum.uz

    2-DARS. 
    INFORMATIKA FANI HAQIDA
    Informatika fanini o‘rganishda axborot asosiy ashyo hisoblansa, kompyuter asosiy 
    quroldir.
    Informatika yosh fan hisoblansa-da, uning kelib chiqish ildizlari uzoq 
    tarixga borib taqaladi. Bu fanning yaratilishiga ko‘plab yillar va buyuk 
    allomalarning mashaqqatli mehnatlari sabab bo‘lgan. Uning birlamchi 
    ilmiy asoslari bilish, mantiq va algoritm tushunchalari ustiga 
    qurilgan.
    Elektron hisoblash mashinalarining paydo bo‘lishidan xiyla avval 
    buyuk olim Platonning o‘quvchisi, qadimgi yunon faylasufi Arastu 
    (Aristotel) formal mantiq va mulohaza tushunchalariga asos solgan 
    bo‘lib, ular kompyuter texnikasi ishlash prinsiplari nazariyasining 
    yaratilishida muhim rol o‘ynadi. 
    TARIXIY MA’LUMOT
    TARIXIY MA’LUMOT
    ARASTU
    MUSO
    AL-XORAZMIY
    AL-FAROBIY
    Arastu ilmining davomchisi, Markaziy Osiyolik faylasuf, IX asrda 
    ko‘plab ilmiy asarlari bilan mashhur bo‘lgan alloma Abu Nasr Farobiy 
    o‘zining asarlarida mantiq ilmining bilish bilan bog‘liqligi haqida 
    tushunchalar bergan. U “Aql ma’nolari haqida” nomli risolasida 
    shunday deydi: “Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular o‘tkir 
    mulohazali, foydali ishlarga sodiq, zarur narsalarni ixtiro qilish 
    iste’dodiga egadirlar va aksincha, o‘z aqli va zehn-zakovatini yomon 
    ishlarga sarflaydiganlarni aqlli deb bo‘lmaydi”.
    Markaziy Osiyoning yana bir faylasufi, Muso al-Xorazmiy IX asrda 
    Xorazmda yashab o‘tgan. Uning 20 dan ziyod asari matematika
    astronomiya, geografiya kabi ilmlarning rivojlanishiga ulkan 
    hissa qo‘shgan. Al-Xorazmiy, shuningdek, matematikadagi to‘rtta 
    amalning bajarilish ketma-ketligi qoidasi, algoritm va algoritmlash 
    tushunchalari asoschisi bo‘lgan, bu tushunchalar hozirgi kunda ham 
    kompyuterga buyruq va ko‘rsatmalar berish ketma-ketligini (dastur) 
    tuzish jarayonida ishlatiladi. 

    Download 35,55 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish