14
I BOB.
INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI
Axborot — bu inson sezgi organlari
orqali atrof-muhitdan olingan turli
ma’lumotlar.
Kim yoki nima haqidagi ma’lumotlar ham
axborot hisoblanadi.
BUNI BILASIZMI?
Inson axborotning:
90 % ini — ko‘rish,
9 % ini —
eshitish,
1 % ini — his qilish, ta’m va hid bilish
orqali qabul qilar ekan.
Axborotning turlari:
Analog (uzluksiz) axborot:
Tovush, nur, kamalak ranglari,
tabiat
manzarasi, havo harorati, vaqt, rasm.
Bunday axborotlar uzluksiz axborotlarga
misol bo‘la oladi.
Diskret (uzlukli) axborot:
Olingan axborot turli foto, musiqa,
film, video orqali ifoda etiladi. Bunday
axborotlar uzlukli axborot hisoblanadi.
Agar axborot: aniq,
tushunarli, ishonchli, dolzarb, foydali kabi sifatlarga ega bo‘lmasa,
unga qimmatli vaqt va kuchingizni sarflashdan nima foyda?
Eng muhimi, milliy tarbiyamizga, tafakkurimizga, milliy g‘oyamizga
zid axborotdan
saqlanishdir.
• xabar;
• bilim;
• radio va video;
• gazeta va jurnal;
• internet sayti;
• mobil ilova.