12
I BOB.
INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI
1. Informatika fanining kelib chiqish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
2. Informatika fani bizga nimani o‘rgatadi?
3. Informatika fani qanday yo‘nalishlarda o‘rganiladi?
4. Bu fanning kelajakda o‘rganiladigan yangi yo‘nalishlari haqida nimalarni bilasiz?
5. Informatika faniga o‘z hissasini qo‘shgan buyuk allomalar haqida gapirib bering.
1. Nuqtalar o‘rnini tushirib qoldirilgan so‘zlar bilan to‘ldiring:
a) Informatika atamasi … va … so‘zlaridan kelib chiqqan.
b) Informatika fani … izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va …
usullarini o‘rgatuvchi fan.
d) Informatika fanini o‘rganishda ...
asosiy ashyo hisoblansa, ...
asosiy quroldir.
2. Insonning kompyuterda ish bajarish jarayoni bilan informatika
fani yo‘nalishlarini bog‘lang.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
UYGA VAZIFA
1 Antivirus o‘rnatish
Kompyuterning
texnik qismi
2 Hujjatni chop etish
3 Rasmlarni qayta ishlash
4 Dastur tuzish
Kompyuterning
dasturiy qismi
5 Diskga video, o‘yin
yozish
6
Kompyuter yordamida
hisob-kitob amallarini
bajarish
7 Kompyuterni
sozlash
Insonning aqliy
mehnati
8 Klaviaturada matn terish
9 Sayt yaratish
10
Sichqoncha bilan
boshqarish
13
3-DARS.
AXBOROT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Informatika fanining asosiy ashyosi axborot ekan, demak,
uni yanada
mukammal o‘rganishimiz hamda “Axborot nima?”, “Inson axborotni
qanday qabul qiladi?”, “Axborotning qanday turlari mavjud?”, “Axborot
ustida qanday amallar bajarish mumkin?”
degan savollarga javob
topishimiz zarur.