7
1-DARS. KOMPYUTER XONASIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
QOIDALARI VA SANITARIYA–GIGIYENA TALABLARI
16
30
KO‘Z MASHQLARI
Olimlarning ta’kidlashicha, kompyuterda uzoq vaqt ishlash jarayonida ko‘z nurining
pasayishi va ko‘rish qobiliyatining susayishi tezroq sodir bo‘lishi mumkin. Buning asosiy
sababi monitorga uzoq tikilib o‘tirish va ko‘zlarni namlab turuvchi
qovoqlarning kam ochilib-
yumilishidir. Bunday holatning oldini olish uchun har kuni maxsus mashqlarni bajarib turish
kerak bo‘ladi.
• o‘rindiqda bukchaymasdan, umurtqa pog‘onasini to‘g‘ri
tutgan
holda o‘tirish kerak;
• kompyuterda ishlaganda monitorga to‘g‘ri yuzlanish, noutbukda
ishlaganda esa boshni biroz pastga egib o‘tirish lozim;
• ish stoligacha bo‘lgan masofa 20 cm dan kam bo‘lmasligi kerak;
• monitordan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 50–60
cm dan kam
bo‘lmasligi kerak;
• qo‘llarni ish stoliga qo‘yganda, tirsaklar tashkil etgan burchak
90–120
gradus oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofiq;
• kompyuterda 1 kun davomida 2 yoki 3 soatdan ortiq ishlamaslik,
har 20 daqiqada ko‘zga
dam berib turish;
• dam olish daqiqalarida ko‘z va tana mashqlarini bajarib turish
foydali, buni odatga aylantiring;
• ish o‘rniga faqat toza yuvilgan
yoki maxsus antiseptik
salfetkalarda artilgan qo‘llar bilan o‘tirish, shuningdek, kompyuter
xonasida doimiy ravishda tozalik va tartibga e’tibor
berib turish
zarur;
• ishni to‘xtatgach, qo‘llarni albatta sovunlab yuvish yoki antiseptik
moddalar bilan zararsizlantirish muhimdir.