|
-DARS.
AXBOROTNI KODLASH. AXBOROT O‘LCHOV BIRLIKLARIBog'liq Informatika 5 uzb 2020 www.idum.uz4-DARS.
AXBOROTNI KODLASH. AXBOROT O‘LCHOV BIRLIKLARI
Lashkarboshi Yuliy Sezar harbiy sirlarni yashirish
maqsadida boshqa usulni qo‘llagan. Bu usul
alifboni surish usuli deb ataladi.
TARIXIY MA’LUMOT
1 - rasm
A
B
D
E
F
G
H
I
J
K
L
M
N
O
P
Q
R
01 02 03 04 05 06 07 08 09 10 11 12 13 14 15 16 17
S
T
U
V
X
Y
Z
O‘
G‘
W CH SH Ng
(1-jadval)
18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30
Eng sodda kodlash usullaridan biri — harfli-raqamli tartiblangan kodlash. Bunda harflar
raqamlar bilan almashtiriladi. Masalan: 21 01 19 01 13 – sonlarni 1-jadvaldagi harflar
bilan almashtirsak, VATAN so‘zi kelib chiqadi.
TARIXIY MA’LUMOT
Ikkilik kodlash
Kompyuter inson tilini qanday tushunadi? U katta hajmdagi axborotni o‘zida qanday saqlay
oladi? Harflarni sonlardan, sonlarni esa belgilardan qanday farqlay oladi? Bu savollarga
javob berish uchun biz ba’zi ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak.
Kompyuter texnikasida barcha turdagi axborotni faqat 2 ta belgi: 0 va 1 orqali ifodalash
mumkin. Bu ikkita belgini binar sonlar deb ham atashadi va ularni 2 ta holatda ifodalash
mumkin:
0 – signal yo‘q holati;
1 – signal bor holati.
Kompyuter xotirasidagi holatlarning har biri bitlarda o‘lchanadi.
Bit — axborot o‘lchov birligining (kompyuter xotirasidagi) eng kichik qiymati.
Bu 2 holat bilan 4 ta turli kodlashni amalga oshirish mumkin. Masalan: 00, 01, 10 va 11
Agar bitlar sonini ko‘paytirsak, 8 ta har xil kod (kombinatsiya)ni hosil qilishimiz mumkin.
000, 001, 010, 011, 100, 101, 110, va 111
Mana shunday usullardan foydalangan holda alifbodagi harf va raqamlarni kodlashimiz
mumkin.
Ammo 2 va 3 bitli kodlash ingliz, rus alifbosi harflarini, turli belgilar va sonli alifbo
|
| |