• II BOB. KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI
  • -DARS.  KOMPYUTERNING QO‘SHIMCHA QURILMALARI




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/77
    Sana06.01.2024
    Hajmi35,55 Mb.
    #131067
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77
    Bog'liq
    Informatika 5 uzb 2020 www.idum.uz

    7-DARS. 
    KOMPYUTERNING QO‘SHIMCHA QURILMALARI
    Ko‘p funksiyali
    Matritsali
    Lazerli
    Purkagichli
    Skanerlarning ham bir necha turi mavjud:
    Shuningdek, printerlar rangsiz va rangli turlarga bo‘linadi. Kompyuterda yaratilgan yoki 
    uning xotirasida saqlangan ma’lumotlarni chop etish uchun printer va plotterlardan 
    foydalanilsa, aks jarayon, qog‘ozdagi rasm yoki matnlarni kompyuterga ko‘chirish uchun 
    skaner deb nomlangan qurilmadan foydalaniladi.
    Planshetli
    Printerning bir necha turi mavjud: 
    1) purkagichli;
    2) lazerli; 
    3) matritsali;
    4) ko‘p funksiyali (printer, skaner, kseroks).
    Kompyuter turli ko‘rinishdagi axborotni qayta ishlovchi qurilma ekanligini avvalgi darslardan 
    bilib oldik. Demak, kompyuter faqat matn, rasm va chizmalarnigina emas, balki tovushli 
    axborot: musiqa, video va filmlarni ham uzatuvchi texnologiya hisoblanadi. Ammo bunday 
    turdagi axborotni uzatishni ovoz kuchaytirgich, mikrofon yoki quloqchinlarsiz amalga oshirib 
    bo‘lmaydi.
    Ovoz kuchaytirgich, mikrofon, quloqchin, musiqa aksessuarlari video yoki film shaklidagi 
    axborot tovushlarini uzatish yoki yozib olish uchun qo‘llaniladi.
    1) barabanli; 2) planshetli; 3) qo‘l skaneri. 
    DIQQAT
    Skaner qog‘ozdagi matn yoki tasvirni kompyuter xotirasiga kiritadi. Kompyuter esa 
    xotirasiga olingan axborotni maxsus dasturlar yordamida qayta ishlashga yordam 
    beradi.
    Qo‘l skaneri
    Barabanli


    30
    II BOB. 
    KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI
    Rang-barang reklama, gazeta va jurnallar, yer landshafti xaritalari, muhandislik chizmalari 
    kabilarni oddiy printerda chop etishning imkoniyati yo‘q. Buning uchun maxsus chop etish 
    uskunalari yaratilgan bo‘lib, ular plotter, 3d printer va keng formatli printerlar deb yuritiladi.
    Ular katta hajmdagi rasm va tasvirlarni chop etish qurilmasi hisoblanadi.
    3d-printer
    Keng formatli printer
    Plotter
    Mikrofon
    Quloqchin
    Ovoz kuchaytirgich
    ichki modem
    USB modem 
    tashqi modem 
    Kundalik hayotimizda muhim o‘rin egallagan internet xizmatlarini MODEM deb ataluvchi 
    qurilmasiz tasavvur etish qiyin. Uning asosiy vazifasi uzoq masofada joylashgan kompyuter-
    larga ma’lumotlarni telefon tarmog‘i orqali tez uzatish va qabul qilishdan iborat.
    MODEM — tovushli (analog) signallarni raqamli signallarga va aksincha, raqamli signallarni 
    tovushli signallarga o‘girib beruvchi qurilma.
    Modemning ham bir necha turi mavjud:
    simsiz, WiFi - modem
    Kompyuter universal mashina hisoblanib, har qanday yangi qurilmani tushunishi uchun uni 
    qaytadan yaratishning hojati yo‘q, ular faqat qurilmalarga sozlanadi, xolos. Hozirgi kunda 
    kompyuterning deyarli 50 dan ziyod qo‘shimcha qurilma va vositalari ta’lim, iqtisod, fan, 
    tibbiyot, avtomobilsozlik, kosmonavtika, robototexnika kabi sohalarda keng va samarali 
    qo‘llanilib kelmoqda. 


    31

    Download 35,55 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -DARS.  KOMPYUTERNING QO‘SHIMCHA QURILMALARI

    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish