25
6-DARS.
KOMPYUTER VA UNING TUZILISHI
Stol usti kompyuterlari desktop deb ham yuritiladi va boshqa kompyuter turlari orasida o‘zining
universalligi bilan ajralib
turishi bilan birgalikda, omma orasida eng ko‘p tarqalgan kompyuterlar
sirasiga kiradi.
Turli kompaniyalarda ishlab chiqarilgan kompyuterlar
bir-biridan dizayni, quvvati va ayrim qo‘shimcha
imkoniyatlari bilan farq qilgani bilan, ularning barchasi yagona arxitektura negizida yaratiladi.
Demak, kompyuterlar bir-biridan tashqi
ko‘rinishi, o‘lchami, ishlash tezligi
bilan farqlanadi. Lekin ular barchasi
yagona bir arxitektura (sxema) asosida
quriladi. Bu arxitektura asosida avvalgi
elektron
hisoblash mashinalari, hozirgi
kompyuterlar
va yangi smartfonlar
ishlab chiqarilmoqda.
Desktop
Monoblok
Laptop
Tablet
Monitor. Uning vazifasi ma’lumotlarni ekranda namoyish qilishdan iborat.
Foydalanuvchiga kompyuterning xotirasida saqlangan ma’lumotlarni matn, rasm,
piktogramma, yorliq va hokazolar ko‘rinishida namoyish etadi.
Foydalanuvchi, o‘z navbatida, kompyuter taqdim etgan ma’lumotlarni ko‘radi va o‘qiydi.
Tizim bloki
Monitor
Klaviatura
Sichqoncha
SHAXSIY KOMPYUTERNING TUZILISHI
Shaxsiy kompyuter murakkab tuzilishga ega
texnik vosita hisoblansa-da, uning ishlashini,
asosan, 4 ta qurilma ta’minlab beradi.
FOYDALANUVCHI KOMPYUTER BILAN QANDAY MULOQOTGA KIRISHADI?
Tashqi xotira
Markaziy protsessor
Arifmetik
mantiqiy
qurilma
Boshqaruv
qurilmasi
Operativ xotira
Ma'lumotlarni
kiritish qurilmasi
Ma'lumotlarni
chiqarish
qurilmasi