• FOYDALI MASLAHATLAR
  • -dars. KLAVIATURA TRENAJYORLARI VA




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/77
    Sana06.01.2024
    Hajmi35,55 Mb.
    #131067
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
    Bog'liq
    Informatika 5 uzb 2020 www.idum.uz

    9-dars. KLAVIATURA TRENAJYORLARI VA 
    “YUMUQ KO‘ZLAR USULIDA MATN TERISH”
    Solo.exe
    Typing Master
    Rapid Typing


    37
    9-DARS. 
    KLAVIATURA TRENAJYORLARI VA “YUMUQ KO‘ZLAR USULIDA MATN TERISH” MASHQLARI
    1. Barcha barmoqlar quyida keltirilgan holatda turishi va tugmachalar rangiga mos 
    harakat qilishi lozim.
    2. Avval biror matn yoki uning parchasini klaviaturaga qarab turib, qayta-qayta terishga 
    harakat qiling. Bunda qanchalik ko‘p mashq qilsangiz, klaviaturadagi harflar joylashuvini 
    shunchalik tez eslab qolasiz. Ko‘nikma hosil qilgach, ko‘zlarni monitordan uzmay harf 
    terishga o‘ting.
    O‘ng qo‘l. Bosh barmoq “probel” ustida, ko‘rsatkich barmoq «j», o‘rta barmoq «k», nomsiz 
    barmoq «l» harflari, jimjiloq esa «;» belgisi ustida turishi kerak. 
    Chap qo‘l. Bosh barmoq “probel” ustida, ko‘rsatkich barmoq «f» harfi, o‘rta barmoq «d», 
    nomsiz barmoq «s», jimjiloq esa «a» harfi ustida turishi kerak.
    3. Barmoqlarni shu holatda turishga o‘rgatish va boshqa harflarni tergandan keyin yana 
    “asdf – jkl;” holatga qaytish.
    4. Matn terganda harflarning joylashish o‘rnini ko‘z oldingizga keltiring.
    5. Avval sekin, bir maromda harflar ustiga bosing va bu mashqni barmoqlar o‘rgangunga 
    qadar takrorlang.
    6. Matn terganda barmoqlarni ko‘tarmasdan, tugmachalar ustida sirpantirib harakatlantiring.
    Yuqoridagi mashqlarni klaviatura trenajyorining barcha bosqichlaridan o‘tib, MS Word yoki 
    Bloknot dasturlarida bajaring.
    FOYDALI MASLAHATLAR
    1. “Smart texnologiyalar” mavzusida elektron diktant yozish.
    2. Ko‘zlarni boylag‘ich bilan berkitib, so‘zlar ketma-ketligini yozish.
    3. Yordamchi klaviaturadan foydalanib, sonlar ketma-ketligini hamda arifmetik amallarni 
    yozish. Masalan:
    567, 909, 1002, 454, 820, 34781, 10926, 277+55=…
    4. “Kim chaqqon?” mavzusida marafon o‘tkazish. MS Word yoki Bloknot dasturida kim eng 
    ko‘p sinfdoshlar ismini yozish (Sharti: ism qaysi harfga tugallansa, keyingi ism shu harfdan 
    boshlanishi lozim).
    Masalan: Anvar – Rashid – Dilmurod …

    Download 35,55 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish