36
II BOB.
KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI
Matnni tez va xatosiz yozish yozuv ixtiro qilingan davrdan boshlab barcha zamonlarda
savodxonlik muammosi bo‘lib kelgan. Kompyuterlar davriga kelib esa bunga bo‘lgan talab
yanada kuchaydi. Mashqlarni mustaqil bajarish maqsadida ko‘plab kompyuter dasturlari
yaratilgan. Ular klaviatura trenajyorlari deb ataladi.
Quyida klaviatura trenajyorlari bilan tanishib chiqamiz:
1. To‘liq bepul trenajyor dasturlari:
• Klavtren, StarBoom; • Ak, Stamina; • My simula.
2. Windows uchun sinovdan o‘tgan dasturlar:
• Typing Master; • Соло на клавиатуре.
3. OnLine trenajyorlar va musobaqalar:
• https://solo.nabiraem.ru -
• http://urikor.net — kirill alifbosi bo‘yicha chempionat
• http://typingzone.com
• http://klava.org/
• http://typeracer.com — ingliz tilida yozish
• http://typeracer.com — ingliz tili bo‘yicha onlayn musobaqa
• (http://klavogonki.ru) – matn terish bo‘yicha onlayn musobaqa
“Yumuq ko‘zlar” yoki “Tezkor terish” darajasiga qanday erishish mumkin?
Tez harf terishni o‘rganish uchun maxsus trenajyorlardan boshqa ham ko‘plab usullar
mavjud. Bunday usullardan biri “Yumuq ko‘zlar” holatida klaviaturada ishlashdir. Bu usul “10
ta barmoq” usuli deb ham yuritiladi va u foydalanuvchidan sabr va mashaqqatli mehnatni
talab etadi. Bu usulda klaviaturaga nazar solmasdan barmoqlarni ishlatishni, ko‘zlar esa faqat
monitordagi matnni kuzatib borishni tushunishimiz kerak. Bu mashqlar yordamida 1 daqiqada
150–200 tagacha belgini terish ko‘nikmasini hosil qilish mumkin.