38
III BOB.
KOMPYUTER DASTURLARI
10-dars. KOMPYUTERNI BOSHQARUVCHI
DASTURLAR
Kompyuter ishlashi uchun biz tanishib chiqqan qurilmalarning o‘zi yetarli emas.
Har qanday
kompyuter foydalanuvchi tomonidan beriladigan buyruq va ko‘rsatmalar asosida ishlaydi.
Bunday buyruq va ko‘rsatmalarning ketma-ketligi dastur deb ataladi.
Interfeys tushunchasi
“SOFT” deb ataluvchi kompyuter dasturlari turli maqsadda yaratilgan va ular, albatta,
bir-biridan,
eng avvalo, interfeysi, ya’ni ko‘rinishi bilan ajralib turadi.
Interfeys — dastur ishga tushirilganda uning ekrandagi ko‘rinishi
va foydalanuvchiga berilgan
imkoniyatlar.
Dastur — kompyuter tushuna oladigan tilda yozilgan buyruq va ko‘rsatmalarning
tartibli ketma-ketligi.
ESLAB QOLING!
• tizimli (boshqaruvchi) dasturlar;
• amaliy (matn, rasm,
hisob kitobni
bajaruvchi dasturlar va h.k.);
• dasturlashga mo‘ljallangan
(dasturlash tillari) qismlarga bo‘linadi.
O‘z navbatida, kompyuterning dasturiy ta’minoti:
Operatsion tizim dasturlari nima uchun kerak?
BUNI BILASIZMI?
Kompyuter tarmoqqa ulanishi
bilan ishga tushadigan, foydalanuvchi va kompyuter
o‘rtasida muloqot o‘rnatadigan, barcha qurilma va dasturlarni
boshqara oladigan
maxsus dastur operatsion tizim (OT) deb ataladi.
Bular sirasiga DOS, UNIX, MS-DOS, MACOS, WINDOWS, LINUX, DOPPIX kabi dasturlar
kiradi.
39
10-DARS.
KOMPYUTERNI BOSHQARUVCHI DASTURLAR
Operatsion tizim faqat kompyuterning
asosiy qurilmalaridagina emas, shuningdek,
barcha
tashqi qurilmalardagi axborotni ham saqlash,
qayta ishlash, uzatish hamda boshqarish
uchun zarur. Bu tizimlarning tez-tez yangilanib turishi
bevosita yangi texnologiyalar, ya’ni yangi
qurilma hamda dasturlarning yaratilishiga bog‘liq.