• SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  • III BOB. KOMPYUTER DASTURLARI 11-dars. FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI
  • Va axborot texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/77
    Sana06.01.2024
    Hajmi35,55 Mb.
    #131067
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77
    Bog'liq
    Informatika 5 uzb 2020 www.idum.uz

    MASHQLAR
    UYGA VAZIFA
    1. Operatsion sistemalar haqida nimalarni bilasiz?
    2. Mobil telefonlar qanday dasturlar asosida boshqariladi? Ular haqida ma’lumot 
    yozing.
    1. Kompyuterning dasturiy ta’minoti haqida so‘zlab bering.
    2. Kompyuter ishlashi uchun qanday ta’minotlar zarur?
    3. Dastur deb nimaga aytiladi?
    4. Dasturchi kasbi haqida nimalarni bilasiz?
    5. Nima uchun operatsion tizim boshqarish dasturlari deyiladi?
     SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    Hozirgi vaqtda barcha smartfonlarning qariyb 20 foizi bu operatsion tizimda ishlaydi va yuqori 
    sifatli smartfonlarga qaramay asta-sekin bu raqam kamayib bormoqda.
    Windows Phone operatsion tizimi
    Windows kompaniyada yaratilgan o'ziga xos tizim bo'lib, unda barcha ma'lumotlar bo'limlarga 
    bo'linadi: fotosuratlar, musiqa + video, kontaktlar, o'yinlar, bepul dasturlarni va o'yinlarni yuklab 
    olish va sotib olish uchun mo'ljallangan Office dasturlari: Word, Excel, PowerPoint bilan 
    ishlash qobiliyatini ta'minlaydi.


    42
    III BOB. 
    KOMPYUTER DASTURLARI 
    11-dars. FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI
    Ma’lumki, foydalanuvchi kompyuterda nafaqat turli hujjatlarni, shuningdek, rasm, musiqa, klip, 
    film va taqdimotlar hamda turli o‘yin dasturlarini ham saqlab qo‘yadi. Inson xotirasidan farqli 
    ravishda, kompyuterlar bu qadar ko‘p ma’lumotni o‘z xotirasida qanday saqlay oladi? Buncha 
    ma’lumotni chalkashtirib yubormaydimi? Bu savolga javob topish uchun biz fayl tushunchasi 
    bilan tanishib olishimiz kerak.
    Faraz qiling, Siz kutubxonadasiz. U yerda kitoblar qanday ketma-
    ketlikda joylashgan? Kerakli kitobni zudlik bilan topishi uchun 
    qanday qidiruv tizimi o‘ylab topilgan? 
    Birinchidan, har bir kitobga raqamlar qo‘yilgan;
    ikkinchidan, kitoblar sohasiga (fanlarga) ko‘ra alohida tokchalarga 
    ajratilgan;
    uchinchidan, “katalog” deb nomlanuvchi qutichalar yaratilgan. Bu qutichalarda shu 
    kitoblarning raqami va qaysi tokchada joylashgani yozib qo‘yilgan. Demak, kitoblarni tez 
    qidirib topish uchun ularni tartiblangan holda saqlash zarur ekan. Kompyuter xotirasidagi 
    ma’lumotlar ham tartiblangan holda saqlanadi va ular fayllar deb ataladi.
    Fayl — kompyuterning biror tashqi xotirasida umumiy bir nom bilan saqlangan har 
    qanday ma’lumot.
    Tashqi xotiralarga: yumshoq (magnit) disklar, qattiq disk (Vinchester), Flesh-disk, CD-disk, 
    DVD-disklar, memory-card va flesh-xotiralar kiradi. 
    Fayl nomi 2 qismdan iborat bo‘lib, bir-biridan nuqta bilan ajralib turadi. 1-qism uning nomi
    2-qism esa uning kengaytmasi hisoblanadi. Masalan: Referat.docx yoki ro‘yxat.txt.
    Fayl nomini foydalanuvchu o‘z xohishiga ko‘ra nomlasa, kengaytmani dasturning o‘zi 
    avtomatik tarzda belgilaydi. Chunki har bir dasturning o‘z kengaytmasi (formati) mavjud.
    Fayllar, shuningdek, bir-biridan atribut va parametrlari bilan farqlanishi mumkin.
    Atributlar: • Arxivlangan • Tizimli • Yashirilgan • Faqat o‘qish uchun
    Parametrlar: • O‘lchami • Yaratilgan sanasi • Oxirgi o‘zgartirilgan vaqti

    Download 35,55 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va axborot texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020

    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish