• 10-DARS. KOMPYUTERNI BOSHQARUVCHI DASTURLAR
  • WINDOWS OYNACHALARI BILAN ISHLASH




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/77
    Sana06.01.2024
    Hajmi35,55 Mb.
    #131067
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
    Bog'liq
    Informatika 5 uzb 2020 www.idum.uz

    WINDOWS OYNACHALARI BILAN ISHLASH
    Windows muhitida bir vaqtning o‘zida bir necha oynacha bilan ishlash 
    imkoniyati mavjud va ular sichqoncha yordamida oson boshqariladi.
    Oynachalarni ochish, yopish, kichiklashtirish, kattalashtirish yoki siljitish 
    mumkin.
    Oynani butunlay yopish, ishni 
    tugallash.
    Oynani ekran bo‘ylab 
    kattalashtirish yoki kichraytirish.
    Oynani vaqtincha yopib turish.
    Oynachani ekran bo‘ylab siljitish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi uning sarlavha satriga olib 
    boriladi va sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda harakatlantiriladi. 
    Android OT: yashil robot deyarli hamma narsani qila oladi
    Android — mobil telefonlar uchun yaratilgan Googlening operatsion tizimi. Bu hozirgi 
    kunga qadar eng keng tarqalgan va mashhur operatsion tizim. Androidning tarixi yaqinda 
    boshlangan bo'lsa ham, 80 % dan ko'proq qurilmalarda aynan u ishlaydi. 2008-yilda 
    Kaliforniyada Android Inc. kompaniyasiga asos solindi. Biroz vaqt o'tgach, uni Google qidiruv 
    giganti sotib oldi va u Googlening operatsion tizimi sifatida tanildi. U bepul tarqatiladi va 
    mobil qurilmaning texnik parametrlariga qo'yiladigan talablar minimal bo‘lganligi sababli oson 
    yuklanadi.
    iOS OT: xavfsizlik va ishonchlilik
    iOS Apple tomonidan maxsus iPhone va iPad qurilmalari uchun ishlab chiqilgan. U 
    kompaniya tomonidan ishlatiladi va yopiq manbali OT hisoblanadi.


    41
    10-DARS. 
    KOMPYUTERNI BOSHQARUVCHI DASTURLAR
    Windows so‘zi … ma’nosini anglatadi
    Hardware
    Kompyuterni … deb ataluvchi dastur boshqaradi.
    Dastur
    … – kompyuterning texnik ta’minoti.
    Brainware
    … – kompyuterning dasturiy ta’minoti.
    oynalar, derazalar
    ... – aqliy ta’minoti.
    Operatsion tizim
    … – inson tomonidan kompyuterga beriladigan buyruq va 
    ko‘rsatmalarning tartibli ketma-ketligi.
    Software
    1. Kursor yordamida ish stolidagi biror papka yoki yorliqni oching va
    oynachadagi piktogrammalar bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qiling.
    2. Oynacha o‘lchamlarini o‘zgartirish va siljitish amallarini bajaring.
    3. Jadvalning chap ustunchasidagi nuqtalar o‘rniga o‘ng ustunchasidan mantiqan mos 
    javoblarni olib qo‘ying.

    Download 35,55 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish