40
III BOB.
KOMPYUTER DASTURLARI
Mening kompyuterim yorlig‘i ichki va tashqi xotiralarga murojaat qilish va tizimga
taalluqli masalalarni hal qilish uchun xizmat qiladi.
Mening hujjatlarim yorlig‘i kompyuterning ish dasturlarida
yaratilgan hamda
boshqa manbalardan ko‘chirib olingan hujjatlarni saqlashga mo‘ljallangan papkani
ishga tushirishga xizmat qiladi.
Internet Explorer
yorlig‘i internetga ulanish va unda ishlashni ta’minlovchi brauzer
hisoblanadi.
Kompyuter tarmoqlari yorlig‘i lokal tarmoqqa ulangan
kompyuterlar bilan aloqani
ta’minlash uchun xizmat qiladi.
“Savatcha” yorlig‘ining vazifasi ortiqcha yoki keraksiz ma’lumotlarni saqlab
turuvchi papkani ishga tushirish uchun xizmat qiladi.