Tekislikda chiziq uzunligi va shakl yuzi. ko‘pyoklik va aylanish jismlari
hajmini kiritish va o‘qitish
metodikasi
. Uzunlik o’lchovlarini o’rganish. Bolalar
uzunlik jismining davomiyligini, narsaning o’lchamlarini tavsiflaydigan xossasi
ekanligini hakidagi tasavvurlarni maktabgacha bo’lgan davrdayoq hosil qilganlar.
Bolalar uzunroq – qisqaroq, keng – tor, baland – past, yo’gon – ingichka
munosabatlarini tugri aniqlay oladilar. O’qitishning navbatdagi vazifasi – o’lchash
ishining mohiyatini ochib berish, uzunlikning turli o’lchov birliklarining
ahamiyatini ko’rsatish va o’lchov asboblarini foydalanishga o’rgatishdan iborat.
Tayyorgarlik bosqichining birinchi darslaridayoq o’kituvchi «miqdor»
tushunchasini rivojlantirish imkoniyatiga ega.
Amaliy ish. Gorizontal tortilgan ipga eni bir xil, lekin rangi va uzunligi
turlicha bo’lgan lentalar ilingan. Bolalar qaysi lenta uzunroqligini, qisqaroqligini
bir xil uzunlikda ekanligini ko’z bilan aniqlaydilar. Lentalarni ip ustida siljitib,
o’qituvchi ularni ustma- ust tushiradi. Bolalarning e’tiborini shunga qaratadi:
lentalarning uchlari ustma – ust tushgan bo’lsa, endi ularning oxirlariga qaraymiz
va qaysi holda «uzinroq», «qisqaroq», «bir xil uzunlikda» deb aytishimini aniqlab
olamiz. Mustahkamlash kuchi frontal amaliy ish o’tkaziladi.
Bolalarga uchtadan qog’oz tasmalar (paloskalar) tarqatiladi (ikkitasi bir
xil, uchinchi tasma uzunligi bo’yicha bu ikkitasiga teng emas). Bu qog’oz
tasmalarining uzunligi bo’yicha qanday taqqoslash mumkin?
Tasmalarni bir – birining ustiga shunday qo’yingki, qaysi tasmalar bir xil,
qaysi tasma esa uzunroq ekani ko’rinib tursin. Keyin tasmalarni ustma – ust
211
tushirish mumkin bo’lmagan xolat yaratiladi. Buning uchun uzunligi turlicha
bo’lgan ikkita tasma doskaning turli qismlarida turli balandliklarda o’rnatiladi.
Uchinchi tasmani o’qutivchi qo’lida ushlab turadi. Qaysi tasma uzunroq? Bolalar
bilin birgalikda o’qituvchi bunday xulosaga keladi: uchinchi tasmani birinchi
tasmaning ustiga kuyish kerak, ular ustma – ust tushdi, demak, bu tasmalar teng.
Keyin uchinchi tasmani ikkinchi tasmani ustiga qo’yiladi, u uchinchi tasmadan
uzunroq ekan. Qaysi tasma uzunroq, ikkinchi tasmami yoki birinchi tasmami?
Bunday xulosa chiqariladi: agar birinchi tasmaning uzunligi uchinchi
tasmaning uzunligiga teng bo’lsa. Ikkinchi tasmaning uzunligiga esa uchinchi
tasmaning uzunligidan katta bo’lsa, u xolda birinchi tasmaning uzunligi ikkinchi
tasmaning uzunligidan kichikdir. Shunga o’xshash ish va xulosaning uzunligi
bo’yicha bir xil. Biroq rangi bo’yicha uchta chap ustida ham bajaramiz.
So’ngra frontal ish o’tkaziladi. Bolalarga bir nechta bir xil kanop kesmalari
tarqatiladi (I variyant – 3 ta kesma, II variyant – 4ta kesma). Bolalar kesmalarning
uzunliklari bir xil ekaniga ishonch hosil qiladilar. Keyin kesmalar tugun qilib
bog’lanadi. Bolalar hosil bo’lgan kesmaning uzunligi bog’langan kesmalar uzunlik
esa uzunroq ekanini payqaydilar. Chunki bunda kalta kesmalar ko’proq edi. I va II
variyantdagi kesmalarni ustma – ust qo’yib, bu xulosa tekshiriladi.
Bolalar darslikdagi vagonlar ulangan poyezd tasvirlangan mashq ustida
ishlab shunga o’xshash xulosaga keldilar. O’qituvchi bolalarning e’tiborini
vagonchalar bir xilligiga qaratadi. Shuning uchun vagonchalarni sanash va qaysi
poyezd uzunroqligini aytish kifoya.
Bu o’quvchilar sekin mustaxkamlashishi sababli bunga o’xshash mashqlarni
darslarga muntazam kiritib borish kerak. Masalan, «Miqdor» so’zining o’zi
ko’pchilik bolalarga tushunarli emas, chunki bu so’zni ular kam eshitadilar.
O’qituvchining vazifasi narsalarning xossasi taqqoslanayotganda bu taqqoslashni
miqdor jixatdan ifodalash mumkinligini, miqdor haqida so’zlash mumkinligini har
doim ko’rsatib borishdan iborat. «uzun. Qisqa » mavzusi bo’yicha dars parchasini
keltiramiz.
212
Darsning
maqsadi.
Uzunlik
tushunchasini
jismning
o’lchamlarini
tavsiflaydigan xossasi sifatida shakllantirish.
Ish narsalarining uzunliklarini ko’z bilan chamalab va ustiga qo’yish usuli
bilan taqqoslashdan boshlanadi.
Amaliy ish. Gorizontal tortilgan ipga eni bir xil. Lekin rangi va uzunligi
turlicha bo’lgan lentalar ilingan. Bolalar qaysi lenta uzunroqligini, qisqaroqligini
bir xil uzunlikda ekanligini ko’z bilan aniqlaydilar. Lentalarni ip ustida siljitib,
o’qituvchi ularni ustma- ust tushiradi. Bolalarning e’tiborini shunga qaratadi:
lentalarning uchlari ustma – ust tushgan bo’lsa, endi ularning oxirlariga qaraymiz
va qaysi holda «uzinroq», «qisqaroq», «bir xil uzunlikda» deb aytishini aniqlab
olamiz. Mustaxkamlash uchun kuchi frontal amaliy ish o’tkaziladi.
Bolalarga uchtadan qog’oz tasmalar (paloskalar) tarkatiladi (ikkitasi bir
xil, uchinchi tasma uzunligi bo’yicha bu ikkitasiga teng emas). Bu qog’oz
tasmalarining uzunligi bo’yicha qanday taqqoslash mumkin?
Tasmalarni bir – birining ustiga shunday qo’yingki, qaysi tasmalar bir xil,
qaysi tasma esa uzunroq ekani ko’rinib tursin. Keyin tasmalarni ustma – ust
tushirish mumkin bo’lmagan holat yaratiladi. Buning uchun uzunligi turlicha
bo’lgan ikkita tasma doskaning turli qismlarida turli balandliklarda o’rnatiladi.
Uchinchi tasmani o’qutivchi qulida ushlab turadi. Qaysi tasma uzunroq? Bolalar
bilin birgalikda o’qituvchi bunday xulosaga keladi: uchinchi tasmani birinchi
tasmaning ustiga qo’yish kerak, ular ustma – ust tushdi, demak, bu tasmalar teng.
Keyin uchinchi tasmani ikkinchi tasmani ustiga qo’yiladi, u uchinchi tasmadan
uzunroq ekan. Qaysi tasma uzunroq, ikkinchi tasmami yoki birinchi tasmami?
Bunday xulosa chiqariladi: agar birinchi tasmaning uzunligi uchinchi
tasmaning uzunligiga teng bo’lsa. Ikkinchi tasmaning uzunligiga esa uchinchi
tasmaning uzunligidan katta bo’lsa, u holda birinchi tasmaning uzunligi ikkinchi
tasmaning uzunligidan kichikdir. Shunga o’xshash ish va xulosaning uzunligi
buyicha bir xil. Biroq rangi bo’yicha uchta cho’p ustida xam bajaramiz.
213
So’ngra frontal ish o’tkaziladi. Bolalarga bir nechta bir xil kanop kesmalari
tarqatiladi (I variyant – 3 ta kesma, II variyant – 4ta kesma). Bolalar kesmalarning
uzunliklari bir xil ekaniga ishonch hosil qiladilar. Keyin kesmalar tugun qilib
bog’lanadi. Bolalar hosil bo’lgan kesmaning uzunligi bog’langan kesmalar uzunlik
esa uzunroq ekanini payqaydilar. Chunki bunda kalta kesmalar kuproq edi. I va II
variyantdagi kesmalarni ustma – ust qo’yib, bu xulosa tekshiriladi.
Bolalar darslikdagi vagonlar ulangan poyezd tasvirlangan mashq ustida
ishlab shunga o’xshash xulosaga keldilar. O’qituvchi bolalarning e’tiborini
vagonchalar bir xilligiga qaratadi. Shuning uchun vagornchalarni sanash va kaysi
poyezd uzunrokligini aytish kifoya.
Bu o’quvchilar sekin mustahkamlashishi sababli bunga uxshash mashqlarni
darslarga muntazam kiritib borish kerak. Masalan, darsda frontal amaliy ish
o’tkaziladi. Bolalar ichiga turli uzunlikdagi 5-6 ta kogoz tasma (chuplar, lentalar)
solingan konvertlar oladilar.
Kesma uzunligi tushunchasi predmetlarni uzunligi bo`yicha taqqoslash
asosida kiritiladi. Masalan, o`qituvchi bolalarga ikki bo`lak lentani ihtiyoriy
uzunlikdagi ikkita qog`oz poloskani va hokazolarni ustma-ust qo`yish yo`li bilan
taqqoslashni (qaysi lenta uzun, qaysinisi qisqa ekanini bilishni) taklif qilishi
mumkin. Amaliy ishlar bunda ularning so`zlar yordamidagi ifodalari bilan
kuzatiladi. “Uzun-liklari bo`yicha teng”, “Uzunliklari bo`yicha teng emas” so`z-
larining mazmunlari “bir xil”, “uzunroq”, “qisqarog” kabi tushunarliroq so`zlar
orqali aniqlanadi.
Shundan keyin, yana amaliy ishlar asosida, masalan, poloskalar yordamida
bolalar kesmalarni taqqoslashni, kesmalardan birini ikkinchisi ustiga bevosita
qo`yib bo`lmaydigan hollarda, o`rganadilar. Shu maqsadda o`quvchilar qog`oz
poloskaning chetiga qalam bilan bir kesmaning boshi va oxirini belgilaydilar,
so`ngra poloskani boshqa kesma yoniga qo`yadilar. Ko`pburchak tomonlarini
taqqoslashni shunday usul bilan bajarish maqsadga muvofiq.
214
Shunday mashqlarni bajarish natijasida bolalarda kesmalarni taqqoslashning
amaliy tajribasi to`planadi. Shunga asoslanib o`qituvchi konkret hayotiy misollar
asosida masalan, ma`lum uzunlikda lenta sotib olish kerak bo`lganda va shunga
o`hshash holatlarda kesmalarni taqqoslash uchun ma`lum uzunlikdagi o`lchov
birligidan foydalanish kerak, degan fikrga olib keladi. Bu yerda o`qituvchi
rahbarligida amaliy ish o`tqazish foydali: har bir o`quvchiga, masalan, sanoq
cho`pi uzunligini o`lchashni taklif qilish mumkin. Buning uchun oldin o`lchov
(birlik kesma) – qog`oz poloskani (bir bo`lajak kanop, tasma va h. k.) tanlab olish
kerak. Har qaysi o`quvchi o`zida bor poloskalardan o`z o`lchovini tanlaydi.
Natijada har hil sonlar hosil bo`ladi, chunki o`quvchilar bir miqdor qiymatini
ko’rish uchun har hil o`lchov tanlab oladilar. Bunday ishlar o`z-o`zidan foydali,
chunki bolalarga o`lchash protsessi haqida dastlabki tasavvurlarni beradi va ularni
uzunlik birligi sifatida har qanday kesma uzunligini olish mumkin, degan xulosaga
olib keladi. Shunga asoslanib o`qituvchi kesmalarni taqqoslash uchun aniq o`lchov
yordamida o`lchashlardan foydalanilishini aytadi. --
Oldin uncha katta bo`lmagan predmetlarning masalan, cho`plarning,
qalamning va boshqa narsalarning uzunliklarini topishni o`rganib olamiz. Buning
uchun aniq, umumiyat tomonidan qabul qilingan uzunlik birligi – santimetrdan
foydalanilishini o`qituvchi aytadi.
O’quvchilar santimetr haqida ayoniy tasavvur olishlari uchun, ular
o`qituvchi rahbarligida santimetrning bir qancha modelini tayyorlashlari lozim.
Buning uchun katakli qog`oz varag`idan eni bir katakka teng bo`lgan uzun poloska
qirqishlari va so`ngra undan 1 sm li poloska qirqishlari kerak. Poloskalarni ustma-
ust qo`yib, bolalar ular o`zaro teng ekaniga ishonch hosil qiladilar. Bunday
poloskalarning har biri santimetrning modeli ekanini o`qituvchi aytadi.
Santimetr modeli yordamida o`quvchilar: 1) berilgan kesmani o`lchash; 2)
berilgan uzunlikdagi kesmani yasash (chizish) masalasini hal qilishni o`rganib
olishlari kerak, Bu masalalarni yechishning ikkita usulini ajratish mumkin. Birinchi
usul ustiga qo`yish usuli. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, o`lchanayotgan
215
yoki ajratib o`lchab olinayotgan kesma santimetrning modellari bilan qoplanadi va
so`ngra ularning soni sanab chiqiladi. Bunday ish bolalarning har bir santimetrni
“payqashlariga”, “sezishlariga” yordam beradi. Bu metodni kiritishdan oldin ushbu
ko`rinishdagi mashqlarni bajartirish mumkin: santimetrning ikkita modelini ketma-
ket qo`ying. Qanday uzunlikda poloska hosil bo`ldi.
Ikkinchi usul – qo`yib ko’rish usuli. Yuqoridagi ikki masalani yechishda bu
usuldan qanday foydalanilishini ko`ramiz. Uqituvchi bolalarga berilgan kesmani
o`lchashni o`rgatar ekan, ularning har biri santimetr modeli oxirini o`lchanayotgan
kesmalardan biriga aniq qo`yilishini; o`lchanayotgan kesmaga qalam bilan
modelning ikkinchi uchini belgilashlarini; hosil bo`lgan nuqtaga model`
oxirlaridan birini yana qo`yish va kesmaga yanqa bitta belgi qo`yishlarini (ikkinchi
uchida) kuzatib boradi. Ikkinchi belgi 2 sm ajratib sanalganini bildiradi. Shunga
o`xshash ish (har gal belgi qo`yib) qo`yilayotgan belgilardan oxirgisi
o`lchanayotgan kesmaning borish uchi bilan ustma-ust tushmaguncha
bajarilaveradi. Bu holda o`quvchi kesmaga qo`yilgan santimetrlar sonini sanab,
santimetrlarning butun sonini topadi. Agar belgilar ustma-ust tushmasa, o`lchash
natijasi taqriban ifodalanadi: 5 sm cha, 5 sm dan biroz kam yoki biroz ortiq
Berilgan uzunlikdagi kesmani santimetr modeli yordamida yasashda, shuni kuzatib
borish kerakki, har qaysi o`quvchi oldin to`g`ri chiziq o`tkazsin; to`g`ri chiziqda
nuqta (kesma uchlaridan biri) belgilasin va bu nuqtadan boshdab biror yo`nalishda
santimetrlarni keragicha sonda qo`yib chiqsin (har gal qalam bilan belgilab); qalam
bilan kesmaning ikkinchi uchini belgilasin.
Shuni ta`kidlash kerakki, berilgan kesmani o`lchashda (1-masala) har doim
ozmi-ko`pmi sezilarli qoldiqlar chiqadi. Bu bajarilayotgan ish mohiyatini
tushunishni qiyinlashtiradi. Shu sababli, ishni berilgan uzunlikdagi kesmani
ko`rsatilgan ikki usul bilan yasashdan boshlash maqsadga muvofiq (2- ma-sala).
Kesmalarni o`lchashning puxta ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida bolalarni
faqat qog`ozga chizilgan kesmalarni o`lchash bo`yicha mashq qildirib qolmay,
balki bu maqsadda boshqa obektlarni, masalan, qalamdon, daftar va boshqa uncha
216
katta bo`lmagan predmetlarni o`lchash bo`yicha ham mashq qildirish kerak.
Ko`pburchakning tomonlari o`lchash obektlari bo`lishi ham juda muhimdir.
|