33
Xulosa:
Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro
taʼsirda boʻladi, undan oʻziga
kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi,
muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum
darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori,
ayrim foydali qazilmalari, mas.,
ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil
boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot
faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri
biologik
evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining
koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.
Xulosa qilib aytganda, XXI asr - ekologiya asri bo’lishi shubhasizdir. Har bir inson
ona sayyoramiz tabiatiga ziyon yetkazmasdan o’zgartirishi,
tabiiy boyliklardan
oqilona foydalanishi va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o’zining
munosib hissasini qo’shishi lozimdir. Buni tashkillashtirish esa bugun zamonaviy
davlatlarning asosiy vazifalaridan biridir. Biz yuqorida aynan vatanimiz
O’zbekistonning ayni mana shu jabhada olib borayotgan keng ko’lamli siyosatini
atroflicha tahlil qildik. Bunda ekologiya va atrof-muhitni asrash naqadar muhimligi
va bunda yuqori natijalarga erishishda xorij tajribasidan qanday foydalanish
muhimligini ko’rib o’tdik. Bu borada amalga oshirilgan
tadqiqotlar va ularning
natijalari, faktlar bilan tanishdik. Shuningdek ushbu chora- tadbirlarni amalga
oshirishning qonuniy-huquqiy asoslari bilan tanishdik. Zero, hech bir islohot qonun
ustuvorligisiz amalga oshmaydi. Bunda ushbu maqsadlarga erishish uchun
belgilangan strategiyalar va maqsadlarni ko’rib chiqdik va o’ylaymanki
agar har
birimiz ushbu maqsadlar yo’lida o’zimizning kichik hissamizni qo’shsak davlatimiz
oldiga qo’ygan maqsadlarga birgalikda erishamiz. Tabiatning o’zi zargarga
o’xshaydi. Uning bag’ridan unib chiqqan har bir giyoh, har bir daraxt, o’rmonlar,
hayvonot olami o’ziga xos bir olamdir. Bu tabiiy boylikka daxl qilinishining oldini
olish, muhofaza qilish faqat shu soha xodimlarining ishi emas, balki barchaning
burchidir. Chunki, biz
yashayotgan hudud musaffoligi, ekologik muvozanat
barchamizga birday daxldordir. Muxtasar qilib aytganda, ona tabiatga mehr-
muhabbatli bo’laylik.
Oilalarda, mahalla va qishloqlarda ekologik tarbiyani
kuchaytiraylik. Orastalikka rioya qilishimiz, gulu giyohlar maskani va
daraxtzorlarni avaylab parvarishlashimiz zarur. Agar biz tabiiy go’zalliklarga
ziyon
yetkazmaslikni odat qilsak, avlodlar kelajagi va xayotning davomiyligi uchun
shunchalik ko’p qayg’urgan bo’lamiz.