I BOB: Atrof muhit muhofazasi




Download 482,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana03.09.2024
Hajmi482,72 Kb.
#270194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ind1

I BOB: Atrof muhit muhofazasi. 
1.1 Atrof-muhit muhofazasini tashkil etish. 
O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini e'lon qilgunga qadar tabiiy atrof-
muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bo'yicha ishlab chiqilgan 
qonun va me'yoriy hujjatlarga sobiq ittifoq manfaatlari doirasida amal qilinar edi. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha boshqaruv va nazorat ishlari bir necha 
tashkilotlar vakolatiga yuklatilgan bo'lib, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bir 
tizimga birlashmagan, aksariyat hollarda bir-birlari funksiyalarini takrorlashar, 
kuch va mablag'lardan foydalanish tarqoq holda edi. Natijada tabiatni muhofaza 
qilish ishlarining samaradorligi pasayib ketdi. O'zbekiston Respublikasining 
mustaqillikka erishishi va respublikaning ijtimoiy yo'naltirilgan bozor 
munosabatlariga o'tishi munosabati bilan tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni 
boshqarish tizimi va uning huquqiy asoslarini kafolatlovchi qonunlar va me'yorlar 
ham tubdan o'zgardi. O'zbekiston Respublikasi hududida atrof-muhit muhofazasini 
tashkil etish Respublika Vazirlar Mahkamasi, Respublika va viloyatlardagi tabiatni 
muhofaza qilish Davlat qo'mitalari, Davlat boshqaruvining tegishli mahalliy 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari 
quyidagilardan iborat:
• Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish.
• Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish.
• Tabiiy resurslarni baholash va respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslar 
zaxiralarini tasdiqlash.
• Ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oIdini olish 
yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
• Tabiiy ofatlar va yirik halokatlar oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga 



oshirish.
• Tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof-muhitni ifloslantirganlik, chiqindilar, 
zararli ta'sir etuvchi moddalarni joylashtirib tashlaganlik uchun haq to' lash 
tartibini, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilarni joylashtirish, 
chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilash.
• Ekologiik ta'lim-tarbiya tizimini yaratish va uning amal qilishini ta'rriinlash. 
• Tabiatdan maxsus tartibda foydalaniladigan hududlarning chegaralarini va 
xo'jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash. 
• Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo 
munosabatlarni rivojlantirish. 
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi
O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashiga bo'ysunadi hamda vazirIiklar, Davlat qo'mitalari, 
idoralar, korxonalar, muassasalar 'va tashkilotlar, shuningdek, ayrim shaxslar 
tomonidan yer, yer osti boyliklari, suv, o'rmon, hayvonot va o'simliklar 
dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga doir 
qonunlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Shunday qilib, 
O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi O'zbekiston 
hududida faoliyat kO'rsatadigan barcha tashkilotlar ustidan ish ko 'ruvchi organ 
bo'lib, tabiatni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanish bo'yicha 
tarmoqlararo boshqaruv va davlat nazoratini amalga oshiradi. U o'z funksiyasini 
mahalliy boshqaruv organlariga bog'liq bo'lmagan holda bajaradi va tabiatdan 
oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish korxonalari holati 
va tabiiy resurslarni himoya qilish bo'yicha texnik va iqtisodiy masalalarni hal 
etishga ko'maklashadi. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo'mitasining vakolatlari, O'zbekiston Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangan 
nizom bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo'mitasi o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar davlat idoralari, 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi. 
Davlat hokimiyati va boshqaruv mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish 
bo'yicha quyidagi vakolatlarga ega:



• o'z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo'nalishlarini belgilash, 
mintaqaning ekologiya dasturini tasdiqlash;
• tabiiy resurslarni hisobga olish va baholash, ekologik jihatdan zararli bo'lgan 
obyektlarni ro'yxatga olish;
• tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnik tomondan ta'minlash; . 
• tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi, sanoat va uy-ro'zg'or 
chiqiildilarini to'plash yoki ko'mib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda 
berish yoki ularni bekor qilish; 
• tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to'lovlar undirish;
• tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat o'rnatish, atrof-muhitga zarar 
yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki 
butunlay to'xtatish yoki qayta ixtisoslashtirish to'g'risida qarorlar qabul qilish.

Download 482,72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 482,72 Kb.
Pdf ko'rish