10
yomg'irlar yuzlab kilometrlarga tarqalib, o'simlik, tuproq va inshootlarni
shikastlashga olib keladi. Respublikamizda ham monitoring tizimi tashkil qilingan.
Hozirga qadar bu borada ma'lum yutuqlarga erishilganligiga qararnay hali bu sohada
amalga oshirlishi lozim bo'lgan ishlar talaygina. Mustaqillikka erishgan
respublikamiz AQSH va shu kabi taraqqiy etgan
boshqa davlatlardagidek
«Monitoring» tashkil etishiga ishonamiz. Amerikada ekologik monitoring keng
tarmoqli bo'lib, hukumatdan ajratilgan mablag' hisobiga faoliyat ko'rsatadi. Uning
ishlarini Virjiniyadagi Boston ilmiy markazi boshqarib turadi. Insonni xo'jalik
faoliyati ta 'sirida o'zgarishi mumkin bo'lgan hamma tabiiy elementlar nazorat qilinib
turiladi. O'lchov ishlari AQSH ning bamma yerida bir vaqtda avtomatik o'lchov
asboblari yordamida olib borilgan. Bir yoki bir necha shtatlardan olingan
ma'lumotlar bir axborot markaziga yig'iladi. Ular soha yaqinligiga qarab guruhlanib,
ekolog mutaxassislar tomonidan tekshirilib, umumlashtirilib,
tegishli chizma,
kesma, xaritalarni kompyuterda tuzib tabiiy muhitdagi o'zgarishlar aniqlanadi.
Zararlanish me'yoridan oshgan yerga tezda axborot markazidan mutaxasislar jalb
etilib tekshirish o'tkaziladi, natijalari asosida bildirishnomalar yozilib, unda tegishli
tavsiyalar beriladi. Uning bir nusxasi aybdor tashkilot rahbariyatiga yuboriladi.
Aybdor tabiatga keltirgan zararni tezda tuzatmasa, katta jarima to'lashga majbur
etilishini biladi.
Sbuning uchun, aksariyat bollarda aybdor o'z vaqtida bukumat
rahbarlari aralashmasidan tabiiy muhitni tiklovchi tadbirlarni o'tkazadi. Tabiatdagi
salbiy jarayonlarning, uning sababchisini vaqtida aniqlash, o'z
vaqtida tegishli
choralar ko'rish tabiiy muhitni shikastlanishdan aniqlash imkoniyatini beradi. Tabiiy
muhitdagj o'zgarishlarni o'rganish va bashoratlashda inson faoliyati ta'siridan
tashqari iqlimning tabiiy o'zgarib turishini ham inobatga olish zarur. Yerdagi harorat
va u bilan bog'liq bo'lgan iqlim o'zgarishlari kunlik, fasliy takrorlanishdan tashqari,
11, 22, 90, 170, 350 kabi ko'p yillar, asrlar va hatto geologik davrlar davomida ro'y
berishi mumkin bo'lgan o'zgariishlarni inobatga olish ham muhim ahamiyatga ega.
Markaziy Oiyo kabi quruq va issiq iqlimli sharoitda yozgi haroratning past kelishi
o'simlik kasalliklarini ko'paytirib, hosilning pishish muddatini kechiktirsa,
yog'ingarchilik kamligi esa suv tanqisligiga sabab bo'ladi, ayniqsa lalmikor yerlarda
11
dehqonchilik qilish va o'rmonchilikka katta salbiy ta'sir ko'rsatadi.