3.2 Xalqaro ekologik hamkorlik
Yer sayyorasi va uning o'ziga xos tabiati insoniyatning urnumiy yashash rnakoni,
yagona uyi hamda yashash vositasi hisoblanadi. Shuning uchun yuz berayotgan
ekologik tangliklarni bartaraf etish yer yuzidagi barcha xalqlar va davlatlarning
umuminsoniy vazifasidir. Sayyoramizda Xalqaro ekologik harnkorlikning zarurligi
quyidagi hollar bilan belgilanadi:
• Yer sayyorasi va uning o'ziga xos tabiatini insonga ma 'lum bo'lgan olarnda yagona
ekanligi.
18
• Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud bo'Jib, inson va jamiyat uning
tarkibiy qismi ekanligi.
• Insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatining moddiy negizi tabiat ekanligi.
• Tabiatdagi salbiy o'zgarishlar va atrof-muhitga antropogen ta'sir ko'lami jihatidan
butun sayyoraga tazyiq ko'rsatuvchi jarayonlar ekanligi.
• Hozirda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga ko'p hollarda bir
yoki bir nechta davlatlarning imkoniyatlari yetarli emasligi.
• Barcha insoniyatning birgalikdagi harakati sayyoramizdagi ekologik vaziyatni
yaxshilashning eng maqbul yo'li ekanligi. Xalqaro ekologik hamkorlik (XEH)
deyilganda - yer yuzidagi barcha mamlakat (xalq)lar tomonidan tabiat muhofazasiga
doir xalqaro kelishuv-shartnoma, konvensiyalar tuzish, xalqaro ekologik me'yorlarni
ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat qilish, umumsayyoraviy
va hududiy ekologik muammolarni birgalikda hal etish, ilmiy tadqiqotlar va turli
xalqaro anjumanlar o'tkazish kabi keng ko'lamli tadbirchoralar kompleksi
tushuniladi.
XEH quyidagi tamoyillarga asoslangan bo'lishi lozim:
• sayyoramizdagi har bir inson sog'lom ekologik sharoitlarda yashash huquqiga ega
ekanligi;
• har bir mamlakat atrof-muhit va tabiiy resurslardan o'z fuqarolari manfaatlari
yo'lida foydalanish huquqiga ega ekanligi;
• bir davlatning ekologik muvaffaqiyati boshqa davlatlar hisobiga bo'lmasligi yoki
ularning manfaatlariga zid bo'lishiga yo'l qo'ymaslik;
• har bir davlat hududidagi ishlab chiqarish faoliyati shu davlatdagi va undan
tashqaridagi tabiiy muhitga zarar yetkazmasligini ta'minlash;
• ekologik oqibatlarni bashorat qilib bo'lmaydigan har qanday xo'jalik va boshqa
turdagi faoliyatlarni amalga oshirilishiga yo'l qo'ymaslik;
• tan olingan xalqaro me'yorlar va andozalar asosida atrofmuhit, tabiiy resurslar va
ulardagi o'zgarishlar ustidan nazorat o'rnatish;
• atrof-muhit muhofazasi bo'yicha erkin, keng qo'lamli xalqaro ilmiy-texnik
axborotlar almashish va tabiatni asraydigan ilg'or texnologiyalarni joriy etish;
19
• sayyoramizning biror-bir hududida favqulodda ekologik holat ro'y berganda
davlatlar bir-birlariga o'zaro yordam ko'rsatishi:
• atrof-muhit muammolari bilan bog'liq barcha kelishmovchiliklarni tinchlik yo'li
bilan hal etish. Hozirgi paytda XEH asosan ikki xii shaklda namoyon bo'lmoqda: I.
Atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki
yoki ko'p tomonlama davlatlararo bitim, shartnoma va konvensiyalar tuzish. 2. Turli
xalqaro tabiatni muhofaza qiluvchi uyushma, komissiya va tashkilotlar faoliyatida
ishtirok etish. XEH umumbashariy qadriyatlarning muhim tarkibiy qismi' sifatida
so'nggi yuz yildan ko'proq vaqtdan beri shakllanib, takomillashib bormoqda. Vning
dastlabki ko'rinishlari XIX asr oxirlaridan boshlab hayvonotlardan foydalanishni
tartibga solishga qaratilgan davlatlararo harakat tarzida namoyon bo'la boshladi. XX
asrning birinchi yarmida XEH bimlUncha taraqqiy etib, mukammaHashib bordi.
1913-yilda Bern (Shveysariya)da 18 ta davlat ishtirokida «Tabiatni muhofaza qilish»
bo'yicha xalqaro konferensiya o'tkazildi. 1923-yilda esa Parijda birinchi xalqaro
tabiatni muhofaza qilish kongressi bo'lib o' tdi. 1925-yilda Bryussel (Belgiya)da
«Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi» ochildi. O'tgan asrning 40-yillari oxiriga
kelib, XEH ma'lum darajada shakllangan bo'lsa ham, ammo haqiqiy ta'sirchan
xalqaro ekologik harakatni barpo etilishiga to'laligicha erishilmadi. Hamkorlik turli
davlatlardagi ekologik qonunlar va amalga oshirilayotgan tadbirlar haqidagi
ma'lumotlarni yig'ish, umumiy axborotnomalar va tavsiyalar tuzish bilan
chegaralanib qoldi. 1945-yilda Birlashgan Millatiar Tashkiloti (BMT) tashkil etilishi
munosabati bilan ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot
faoliyatinillg muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshladi. BMT xalqaro
ekologik hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish yo'lida ko'p ishlarni amalga oshirdi.
Dastlab 1945-yilda BMT tashabbusi bilan «Tabiatni himoya qilish xa lqaro byurosi»
«Tabiatni muhofazalash xalqaro ittifoqi»(TMXI)ga aylantirildi. Hozirgi kunga kelib
ushbu ittifoq faoliyatida dunyoning 118 mamlakatidan 636 tadan ziyod davlat va
jamoatchilik tashkilotlari ishtirok etmoqdalar. TMXI 217 tarkibida 6 ta doimiy
hay'at bo'lib, ular atrof-muhit muhofazasining eng dolzarb masalalari bilan
shug'ullanib kelmoqdalar. Bir qator hayvonotlarni muhofazalash borasidagi xalqaro
20
konvensiya va kelishuvlar, turli xayrli tadbirlar, «Qizil kitob» va «Yashil kitob»
larning tashkil etilishi kabi ishlar mana shu ittifoqning faoliyati bilan bog'liqdir.
Hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlaridan 6 tasi atrof-muhit
muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug'ullanadi. lumladan, YUNESKO -
ta'lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkilot faoliyatining
asosiy yo'nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar
tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha ijobiy tajribalarni
ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o'tkazishga qaratilgan. FAO - oziq-ovqat va
qishloq xo'jaligi bo'yicha tashkilot. U yer, suv, o'simlik va hayvonlardan kompleks
foydalanish, hosillarning unumdorligini oshirish muammolari bilan shug'ullanadi.
VOZ - xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti. Atrof-muhit muhofazasining sanitar-
gigiyenik masalalari bilan shug'ullanadi. VMO - xalqaro meteorologik tashkilot.
lqlimdagi umumsayyoraviy o'zgarishlar bilan shug'ullanadi. IMKO - dengizlar
bo'yicha davlatlararo maslahat tashkiloti. Bu tashkilot dunyo dengiz va okeanlaridan
foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug' ullanadi. Yuqoridagilardan tashqari
BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bilan shug'ullanuvchi kengashi - EKOSOS
faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e'tibor beriladi. 1962-yilda
YUNESKOning 12-bosh konferensiyasida «Ekologik taraqqiyot va tabiiy
resurslarni, flora va faunani muhofazalash» rezolyutsiyasi qabul qilindi. 1968-yilga
kelib, XEH faoliyati sezilarli darajada kengayib, mustahkamlangan bo'lsa-da, bu
borada xalqaro harakatni aniq va talab darajasida tashkil etish hamda
muvofiqlashtirishga erishilmadi. Ekologiyaga doir turli amaliy tadbirlar o'tkazish
ko'pincha bir yoki sanoqli ixtisoslashgan Xalqaro tashkilot (YUNESKO, TMXI)
larning faoliyati doirasida cheklanib qolindi. Ekologik masalalarga ko'proq xususiy
muammo sifatida qarashlar davom etdi. Bu hol ekologik muammolarni bir davlat
yoki alohida olingan mintaqa miqyosida, alohida biror-bir aniq, tor doiradagi
tadbirlar yordamida hal etish mumkin degan yuzaki qarashlarning davom etishiga
sabab bo'ldi. Aslini olganda. bu davrga kelib (1970) ko'plab ekologik muammolar
allaqachon bir davlat yoki milIat chegarasi doirasidan chiqib umumbashariy xarakter
kasb etgan cdi. 1970-yildan boshlab insoniyat ekologik muammolar umumbashariy
21
xarakterga ega ekanligini va ularni hal etish uchun XEH ni yanada rivojlantirish va
takomillashtirish zarurligini anglab yeta boshladi. Natijada shu davrdan boshlab
XEH da yangi rivojlanish bosqichi boshlandi. To'rt yillik tayyorgarlikdan so’ng
1972-yilda Stokgolm (Shvetsiya)da 113 mamlakat, turli davlatlararo va nodavlat
tashkilotlari ishtirokida BMTning atrof-muhit muhofazasi bo'yicha konferensiyasi
o'tkazildi. Uning natijalari asosida «Atrof-muhit to'g'risida deklaratsiya» qabul
qilindi, uning qisqacha mazmuni quyidagicha edi:
• Taraqqiy etgan mamlakatlar rivojlanayotgan davlatlarga atrof-muhit muhofazasi
uchun aniq sharoit va ehtiyojini e'tiborga olib mablag'lar ajratishlari zarur.
• Tabiiy resurslarni hozirgi va kelajak avlodiar uchun saqlab qolish zarue. Barcha
mamIakatIar XEH ni samarali rivojlantirishda faol hamkorlik qilishlari lozim.
• Har bir inson ozod, teng huquqli va qulay bo'lgan atrofmuhit sharoitida yashashga
haqlidir.
• Insonlarni ezishning apparteid, irqiy kamsitish, mustamlaka qilish va boshqa
shakllari tugatilishi lozim.
• Yadro qurollari sinovini to'xtatish zarur. Stokgolm konferensiyasi qarorlari
BMTning 32-Bosh Assambleyasida ko'rib chiqildi va ular asosida II ta rezolyutsiya
qabul qilindi. Bu rezolyutsiyalarda BMTning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi
tadbirlarining tashkiliy, ma'muriy va huquqiy asoslari yoritib berildi. BMT
lomonidan biosferaning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni saqlab
qolish masalalarini ilmiy jihatdan asoslashga katta e'tibor berila boshlandi.
YUNESKO ning 16-(1970-y.) sessiyasida atrof-muhit muhofazasi bo'yicha yangi
«Inson va biosfera» - MAB dasturini amalga oshirishga qaror qilindi. Dasturni
amalga oshirish uchun 25 ta 219 davlat vakillaridan iborat Xalqaro
muvofiqlashtiruvchi Kengash (XM K) tuzildi. MAB ning dastlabki faoliyatida
tashkiliy masalalarga kengroq o'rin berilgan bo'lsa, 70-yillar oxiridan boshlab atrof-
muhit muhofazasining 5 ta yetakchi mavzui, ya'ni nam tropik o'rmonlar; qurg'oqchil
yerlar; biosfera qo'riqxonalari; shahar ekotizimlari; kadrlar tayyorlash bo'yicha ilmiy
tadqiqotlarni kengaytirishga e'tibor qaratila boshlandi. Hozirgi kunda MAB
dasturining 973 ta loyihasini amalga oshirishda 80 dan ortiq davlatlarda ilmiy-
22
tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Atrof-muhit muhofazasi masalalariga dunyo
jamoatchiligi e'tiborini yanada kuchaytirish maqsadida 1972- yil BMTning I-jahon
kongressida har yili 5 iyunni «Xalqaro tabiatni muhofazalash kuni» deb e'lon qilindi.
Shu yili BMT Bosh Assambleyasining 27-sessiyasida davlatlararo hamkorlikning
tashkiliy va moliyaviy tadbirlarini belgilovchi «Tashqi muhit bo'yicha BMTning ish
dasturi» (YUNEP) va uni boshqaruvchilari Kengashi ta'sis etildi. 1973-yil
(Stokgolm) mazkur kengashning l-sessiyasida «Atrof-muhit sohasidagi harakat
dasturi» muhokama qilinib, unda XEH ning 7 ta eng asosiy Yo'nalishlari belgilab
berildi. Bu dastur (YUNEP)ga binoan atrof-muhit muhofazasiga oid tadqiqotlarni
tashkil etish, muvofiqlashtirish va biosfera holatini kuzatuvchi (monitoring)
stansiyalarini tashkil etish ishlari avj oldirildi. 1974-yil BMTning alrof-muhit
muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga bag'ishlangan maxsus Bosh
sessiyasi o'tkazildi. Unda «Yangi xalqaro ekologik tartiblarni o'rnatish haqida
deklaratsiya» va bu tartiblarni o'rnatishning harakat dasturidan iborat 2 ta muhim
xalqaro hujjat tasdiqlandi. Bu hujjatlarda oziq-ovqat mahsulotIari ish lab chiqarishni
ko'paytirish muammosiga katta e'tibor berildi, jumladan, sahrolashish va yerlarning
sho'rlanishining oldini olish, tabiiy va oziq-ovqat resurslariga zararli ta'sirlarni
kamaytirish, ifloslanishga qarshi kurash, resurslarni muhofazalash va qayta tiklash
bo'yicha zudlik bilan choralar ko'rishga chaqirildi. XEH ning yanada rivojlanishiga
BMTning 29-Bosh Assambleyasida (1974-yil) qabul qilingan davlatlarning
iqtisodiy huquq vaa majburiyatlari to'g'risidagi hujjat katta ta 'sir ko'rsatdi. Unda
yalpi va to'liq qurolsizlanish, bo'shagan resurslarni iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga
yo'naltirish; tinch-totuv yashash tamoyillarini tushunib yetish va unga amal qilish:
davlatlarga chet el monopoliyalari faoliyati ustidan nazorat o'rnatish va o'z milliy
resurslariga mustaqil egalik qilish huquqini berish kabi muhim masalalarga asosiy
e'tibor qaratildi. 1974-yili Buxarestda BMTning aholi nufuziga bag'ishlangan
umumjahon konferensiyasi o'tkazildi. Unda 36 davlat vakillari ishtirok etdilar.
Konferensiyada tez o'sib borayotgan dunyo aholisi ehtiyojini tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish orqali qondirish imkoniyati mavjudligi haqida ma'lumotlar
keItirildi. Konferensiya ishtirokchilarining tan olishlaricha, agar mavjud mineral va
23
energetik resurslardan oqilona foydalanilsa, ular hozirda o'sib borayotgan aholi
ehtiyojini to'la qondirishga yetarlidir. Ekspertlarning baholashicha, sayyoramizning
mavjud tuproq qatlami 76 millard aholi ehtiyojini minimal yoki 38-48 milliard
aholini talab darajasida ozuqa bilan ta'minlashi mumkin ekan. Dunyo aholisini oziq-
ovqat bilan ta'minlash muammosiga bag'ishlangan Umumjahon oziq-ovqat
konferensiyasi Rimda (1974-y.) bo'lib o'tdi. Unda 133 davlat va turli tashkilotlarning
vakillari qishloq xo'jaligini rivojlantirish, aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash
darajasini yaxshilash, ocharchilik va qahatchilikka barham berish kabi muammoli
masaialarga e'tibor qaratdilar. Shu jumladan, bu muammolarni hal etishda XEH
zarur omillardan biri ekanligi ta'kidlandi. Taraqqiyotning aniq va samarador
dasturlarini ishlab chiqish BMT ning 1975-yildagi maxsus sessiyasida davom
ettirildi. Sessiyada xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish, energiyaning yangi
manbalarini topish va atrof-muhit ifloslanishining oldini olish zarurligi ko'rsatib
o'tildi. 1976-yili Vankuverda (Kanada) BMTning aholi yashash joylari
muammosiga bag'ishlangan konferensiyasida har bir davlat o'z tabiiy resurslaridan
biosferani ifloslamagan holda oqilona foydalanishi zarurligi, militarizatsiya
maqsadida resurslar isrofgarchilik bilan sarflanayotganligi e'tirof etildi. BMTning
31- va 32- (1976-77) sessiyalarida bu masalalar bo'yicha Xalqaro hamkorlikning
asosiy tamoyillari va tashkiliy jihatlari o'zaro kelishib olindi. Sayyoramizdagi,
ayniqsa rivojlanmagan mamlakatlardagi millionlab aholining hayoti, sog'lig'i suv
muammosi bilan bog'liq bo'lib qolmoqda. BMTning 28- (1973), 29- (1974) va 6-
(1974)- maxsus sessiyalari jahon bo'ylab kuzatilayotgan suv tanqisligi muammosi
masalalariga qaratildi. 1977-yilda Mardel-Plata (Argentina) shahrida ushbu
muammo bo'yicha Xalqaro konferensiya o'tkazildi. Unda 116 davlat va turli
tashkilotlar qatnashdilar. Bu sessiya va konferensiyalarda suv ta'minotini yaxshilash,
suvlardan oqilona foydalanish masalalari Xalqaro darajada tahlil etildi:
Quruqlikning 1/3 qismidan ko'prog'i qurg'oqchil hududlar hisoblanadi, bunday
yerlarning maydoni so'nggi yillarda antropogen tazyiq ostida yanada kengayib
bormoqda. Hozir dunyoning 628 mIn. (14%) aholisi shu tufayli zarar ko'rmoqda,
ya'ni yerlarni «cho'llashuvi» insoniyat oldidigi umumsayyoraviy ekologik
24
muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Ushbu muammoga bag'ishlangan
konferensiya 1977-yilda Nayrobida (Keniya) bo'lib o'tdi. Unda 95 mamlakatdan
vakillar ishtirok etdilar. Konferensiyada yerlarning «cho'llanish» muammosi
keskinlashib borayotganligi, buning asosiy sababi yer resurslaridan nooqilona
foydalanish ekanligidir deb e'tirof etildi. Konferensiyaning asosiy natijalari
BMTning 33- (1977) sessiyasida ma'qullandi. Yerlarni cho'llashishi bilan kurashish
harakatini amalga oshirish YUNEP va Atrof-muhit muhofazasi bo'yicha
muvofiqlashtiruvchi kengash zimmasiga, keyinchalik BMT ning ma'muriy
muvofiqlashtiruvchi kengashiga yuklatildi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik
Xelsinki (Finlandiya) kengashida ham ekologik masalalarga keng o'rin berildi.
Kengash xulosalarining katta bir bo'limi atrof-muhit muhofazasiga bag'ishlandi.
Unda Yevropa va Shimoliy Amerikaning siyosiy arboblari «Xalqlarning farovon
yashashi va iqtisodiy taraqqiyotida, hozirgi va kelajak avlod manfaatlari yo'lida
atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari muhim
o'rin tutadi. Bu masalalarning hal etilishiga esa faqat Xalqaro hamkorlik yo'Ii
bilangina erishish mumkin» degan xolisona fikrga keldilar. BMTning 35- (1980)
sessiyasida Yer tabiatini saqlab qolish bo'yicha «Davlatlarning hozirgi va kelajak
avlod oldidagi tarixiy mas'ulyati haqida»gi rezolyutsiya loyihasi ko'rib chiqildi va u
ko'p davlatlar tomonidan ma'qullandi. 80-yillarda ham BMT tomonidan atrof-
muhitning muhim masalalariga bag'ishlangan bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, 1981-yilda Nayrobida energiyaning yangi va qayta tiklanadigan
manbalari bo'yicha 125 davlat va 56 ta Xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida
konferensiya o'tkazildi. Unda energetik tanglikning sabablari keng muhokama
qilindi va ochib berildi. Energiya olishning yangi va qayta tiklanuvchi manbalarini
kashfetish va ulardan foydalanish bo'yicha Harakat dasturi qabul qilindi. BMTning
atrof-muhit muhofazasiga bag'ishlangan tadbirlari orasida qariyb o'n yil (1973-82-
yillar) davom etgan dengiz suvlaridan foydalanish huquqlari bo'yicha o'tkazilgan 3-
konferensiya muhim ahamiyatga ega. Fantexnikaning shiddatli rivoji okean va
dengiz resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi va shu bilan birga
insonning Dunyo okeaniga tazyiqining kuchayishiga olib keldi. 1982-yilda Monteo-
25
Bey (Yamayka)da konferensiyaning yakuniy hujjati imzolandi. Dengiz huquqlari
bo'yicha konvensiya davlatlar tomonidan imzolash uchun tavsiya etildi. 120 dan
ziyod davlatlar bu muhim hujjatni tasdiqladilar. Ushbu konvensiya dengiz va
okeanlardan foydalanishning xalqaro huquq va tartiblariga doir 500 dan ortiq
moddalar va bo'limlarini o'z ichiga olgan. Jumladan, unda birinchi marta hududiy
suvliklar uchun 12 milli chegara va 200 milli ekologik mintaqa chegaralari
belgilanib, undan tashqaridagi dengiz resurslari barcha insoniyatga tegishli ekanligi
ko'rsatib o'tilgan. I 982-yilda BMT «Umumjahon tabiat Hartiya»sini tasdiqladi. Uni
insonning tabiatga munosabatini belgilovchi o'ziga xos kodeksi deyish mumkin.
1985-yilda Venada (Avstriya) BMT rahnamoligida ozon qatlamini muhofazalash
bo'yicha konvensiya qabul qilindi. Ushbu konvensiyadan kelib chiqib dunyoning bir
qator mamlakatlari ozon qatlamini yemiruvchi moddalar ishlab chiqarishni to'liq
to'xtatish yoki qisqartirish bo'yicha ixtiyoriy 223 majburiyatlar oldilar.
Konvensiyada bundan tashqari ozon qatlamini muhofazalashning turli jihatlariga
qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni rivojlantrish va amalga oshirish ko'zda kutilgan. 1986-
yilda BMT yadro va radiatsion falokatlar holatlarida Xalqaro yordam berish
yuzasidan konvensiya qabul qildi. 1989-yilda Moskvada BMTning ekologik
vaziyatlar haqida axborotlar ayirboshlash masalalari bo'yicha konferensiyasi
o'tkazildi. Hozirgi paytda YUNEP ning axborot xizmati o'zida dunyoni 99%)
aho'lisini qamrab olgan 135 mamlakatini birlashtirgan. 1989-yilda Gaagada
atmosferani himoyalash bO'yicha Xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi, unda 24 davlat
boshliqlari iqlimning umumsayyoraviy isishi va ozon qatlamini yemirilishi ekologik
holatga eng ko'p xavf solayotgan jarayon ekanligini va uning oldini olish uchun
BMT rahnamoligida Xalqaro tashkilot tashkil etish zarurligini ta'kidladilar.
Konferensiya yuqoridagi jarayonlarning oldini olishga chaqiruvchi Gaaga
deklaratsiyasini qabul qildi. Bundan tashqari, deklaratsiyada davlatlar va tashkilotlar
tomonidan ekologik majburiyatlarni buzganligi uchun Xalqaro BMT Sudi haqida
ham fikrlar bildirildi. 1989-yilda Nayrobida atrof-muhit holatini nazorat qilib turish
maqsadida kosmik laboratoriya barpo etish bo'yicha qaror qabul qilindi.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, o’tgan asrning 70-80- yillarida BMT ning
26
barcha muassasa, hay’at va tashilotlari atrof-muhit muhofazasiga yo'naltirilgan
faoliyatlarini qayta ko'rib chiqdilar va sezilarli kuchaytirdilar. O'zbekistonning
mustaqillikka erishishi, yangi demokratik jamiyatni qurila boshlagani bir qator
muhim, jumladan, atrofmuhit muhofazasi sohasidagi Xalqaro hamkorlik
masalalarini hal etilishiga yangicha yondashishni taqozo etadi. O'zbekistonning
1992-yi12-martda BMTga teng huquqli a'zo bo'lib kirishi tabiat muhofazasi
sohasidagi Xalqaro hamkorlik uchun ham keng yo'l ochib berdi. 1992-yili Rio-de-
Janeyroda o'tkazilgan BMTning 2-jahon tabiatni muhofaza qilish kongressida
Respublikamiz birinchi bor mustaqil davlat sifatida 124 qatnashdi. Hozirgi vaqtda
O'zbekistonda BMTning atrof-muhit muammolari bilan shug'ullanuvchi 7 ta
missiyasi faoliyat ko'rsatmoqda, ayniqsa, Orol va Orol bo'yidagi ekologik
muammolar Xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida bo'lib. ushbu yo'nalishda
turli tadbirlar o'tkazilmoqda. Xalqaro hamjamiyatning tarkibiy qismi hisoblangan
Markaziy Osiyo mintaqasini barqaror rivojlanishini ta'minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy
va ekologik muammolarni yechishda O'zbekiston XEX masalalariga katta e'tibor
bermoqda. Respublikada tabiatni muhofaza qilish ishlari boshqa davlatlar va
Xalqaro tashkilotlar bilan har tomonlama hamkorlik qilish orqali amalga
oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanishning turli jihatlarini tartibga soluvchi ko'plab Xalqaro
shartnomalar va bitimlar tuzildi. Respublikamiz XEXning turli Yo'nalishlari
bo'yicha amalga oshirilayotgan Xalqaro tadbirlarda faol ishtirok eta boshladi.
O'zbekiston Respublikasi 1985-yilda bo'lib o'tgan ozon qatlamini himoya qilish
(Vena) konvensiyasi, 1987-yilgi ozon qatlamini yemiruvchi birikmalar bo'yicha
Protokol (Monreal), 1989-yilgi (Bazel) xavfli chiqindilarni chegaralararo tashishni
nazorat qilish konvensiyasi, 1992-yilgi (Rio-de-janeyro) biologik rang-baranglikni
saqlash konvensiyasi, 1992-yilgi (Nyu-York) iqlim o'zgarishi to'g'risidagi
konvensiyalarga qo'shildi. Ushbu Yo'nalishlarda faol harakatlar amalga
oshirilmoqda. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi har qanday
davlatlararo hamkorlik ekologik vaziyatni mahalliy, regional va umumbashariy
darajada yaxshilashning asosidir. O'zbekiston 1992-yilda imzolangan MDH
27
Davlatlararo Ekologiya Kengashining teng huquqli a'zosi hisoblanadi.
Respublikaning XEH borasidagi faoliyati, ayniqsa Orol muammosiga qaratilgan
masalalarda yanada yaqqolroq namoyon bo'lmoqda. O'zbekistonning faol ishtiroki
va sa 'y-harakatlari tufayli Orol dengizi muammolari bo'yicha Davlatlararo Kengash
va uning ishchi organi Ijro qo'mitasi, Orolni qutqarish Xalqaro fondi tashkil etildi va
faoliyat ko'rsatmoqda. Insoniyatni uchinchi ming yillikda nimalar kutmoqda,
insoniyat ekologik tanglik xavfi, inson salomatligini saqlash va mustahkamlash kabi
murakkab muammolarni hal eta oladimi? Yuqoridagi va boshqa umumbashariy va
mintaqaviy xarakterdagi muammolar Republikada 1992-yili tashkil etilgan
ekologiya va salomatJik Xalgaro jamg'armasi “Ekosam” ning diqqat markazida
turibdi. Hozirgi kunda bu jamg'armaniog chet ellarda bir nechta vakolatxona va
bo'linmalari faoliyat ko'rsatmoqda. U BMT, OBSE, YUNISEF, VOZ, YUNESKO
va boshqa yetakchi Xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlikda ish olib bormoqda.
O'zbekistonning tashabbusi bilan 1995-yili Toshkentda Markaziy Osiyodagi
mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag'ishlangan Xalqaro seminar o'tkazildi.
Unda 20 ta Xalqaro tashkilot va 30 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdilar.
1995-yilda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xalqaro tashkilotlarning Orol
dengizi havzasini barqaror rivojlantirish masalalari bo'yicha Deklaratsiya qabul
qilindi. Insoniyat boshiga ko'lanka solib turgan ekologik falokatiarning oldini olish
bo'yicha Xalqaro hamkorlik ma'lum darajada shakllangan va muhim tadbirlar
amalga oshirilgan bo'lsa-da, hali bu boradagi ishlarni yanada izchil faollashtirish
zarur. Chunki hozirgacha atrof-muhit muhofazasi va insoniyatga yetarli, qulay
yashash sharoitlarini yaratish masalalarini boshqarib turuvchi tom ma'nodagi keng
ko'lamli, ta'sirchan, xolis, yagona Xalqaro tizim vujudga kelgani yo'q. Ko'rinib
turibdiki, XEH takomillashib borishi insoniyat taraqqiyotining bundan keyingi
bosqichlarida ham muhim hayotiy zaruratlardan biri bo'lib qolaveradi.
|