14
III BOB: Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha xalqaro
hamkorlik va ekota’lim.
3.1 Atrof-muhit muhofazasining huquqiy asoslari
Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasid.a o'z aksini topgan. Konstitutsiyaning 50,54,55 va 100-moddalarida
fuqarolarning ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari, atrof-muhitga munosabat va
boshqaruv tizimi bo'g'inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan, 50-moddada
«Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir» lar
deyiladi. 100-moddada atrof-muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimlik organlari
vazifasiga kirishi ta'kidlangan. Respublikamiz o'z mustaqilligini qo'iga kiritgandan
keyingi eng yirik voqealardan biri tabiatni muhofaza qilish faoliyatining huquqiy
ta'milanganligi bo'idi. 1992-yil 9-dekabrda O'zbekiston Respublikasining “Tabiatni
muhofaza qilish to'g'risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun tabiiy muhit
sharoitlarini saqlab qolishni, inson va tabiat o'rtasidagi munosabatlarning bir tekis
rivojlanishini, ekologik tizimlarning tabiiy majmualarini va ayrim obyektlarni
muhofaza qilish maqsadida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy,
iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi va insonlarning yashash sharoitlarini
yaxshilash huquqini ta'minlaydi. Hozirgi vaqtida O'zbekistonning ekologik
munosabatlarini tartibga solishda konstitutsiya va tabiatni muhofaza qilish
to'g'risidagi qonunidan tashqari, O'zbekiston Respublikasining «Alohida himoya
qilinadigan tabiiy hududlar to'g'risida»gi qonuni mavjud. (7-may 1993-yil). Bu
qonun Respublika hududidagi umummilliy boylik hisoblangan tabiiy majmualar,
sog'lomlashtirish maskanlari, madaniy, ilmiy, iqtisodiy ekologik nuqtai nazardan
takrorlanmas va noyob hududlarni himoya qilishning huquqiy, ekologik, iqtisodiy
va tashkiliy asoslarini ta’minlaydi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining
«Sanitar nazoratlar to'g'risida»gi qonuni (1992-yil 3-iyuJ), 1989-yil 20-iyun oyida
esa O'zbekiston Respublikasining «Yer to'g'risida»gi qonuni qabul qilingan.
O'zbekiston respublikasi Oliy Majlisining 1991-yil 20-noyabr va 1993-yil 7-may
15
hamda 1994-yil 23-sentabr oylarida bu qonunga o'zgartirishlar va qo'shimchalar
kiritilib, takomillashtirilgan variantlarida yerlardan foydalanishni tartibga solish,
yerdan oqilona foydalanish va ularni himoya qilish, tuproqlar unumdorligini
oshirish, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilash kabi vazifalarni amalga oshirish
huquqini ta'minlash ko'zda tutilgan. 1993-yil 6-mayda O'zbekiston Respublikasining
«Suv va suvlardan foydalanish to'g'risida»gi qonuni qabul qilingan. Bu qonunning
vazifasi suvga bo'igan munosabatlarni tartibga solish, aholi va xalq xo'jalik
obyektlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvlarni ifloslanishdan, sifatini
buzilishidan va kamayib borishidan himoya qilish, ularga zararli ta'sir ko'rsatuvchi
omillardan ogohlantirish va bunga yo'l qo'ymaslik, suv manbalari holatini yaxshilash
borasida korxonalarning huquq va majburiyatlari belgilab berilgan. 1994-yil 23-
sentabrda O'zbekiston Respublikasining «Yer osti boyliklari to'g'risida»gi qonuni
qabul qilingan. Qonun 10 ta bo'lim va 51 ta moddadan iborat. Ushbu qonunning
vazifalari mineral xomashyolarga, shuningdek, yer osti suvlariga bo'lgan
ehtiyojlarni qondirish uchun yer osti boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanishni,
ulardan foydalanish vaqtida atroftabiiy muhitni muhofaza qilish va bu boradagi
ishlarni bexatar olib borishni, davlat va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish
maqsadida yer osti boyliklariga egalik qilishda, ulardan foydalanishda va ularni
tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek,
yer osti boyliklaridan foydalanuvchining haq-huquqlarini himoya qilishdan iborat.
1996-yil 27-dekabrda O'zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza
qilish to'g'risida»gi qouuni qabul qilingan. Qonun 30 ta moddadan iborat bo'lib,
atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari, fuqarolarning
huquq va majburiyatlari, standartlar va me'yoriy hujjatlar, havo muhitiga zarar
yetkazganlik uchun javobgarlik kabi moddalar mavjud. 1999-yil 14-aprelda
O'zbekiston Respublikasining «O'rnon to'g'risida»gi qonuni qabul qilingan. Unda
respublika hududidagi o'rmonlarni himoya qilish, ulardan foydalanishni tartibga
solishning huquqiy asoslari ishlab chiqilgan. Shuningdek, «Hayvonot va o'simliklar
dunyosini himoya qilish to'g'risidagi» qonunning to'ldirilgan varianti qabul qilingan.
Unda respublikada noyob yo'qolib borayotgan o'simlik va hayvonlarni himoya
16
qilishni va ulardan foydalanishni tartibga solishning huquqiy asoslari belgilab
berilgan. 2000-yilda O'zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza
to'g'risida»gi qonuni qabul qilingan. Ushbu qonunda O'zbekiston Respublikasi
hududida joylashgan tashkilot va muassasalarni qayta qurish va kengaytirish
loyihalarini ekologik nuqtai nazardan baholash tartibi, muddatlari, uni amalga
oshirishda tomonlarning huquq va burchlari belgilab berilgan. 2001-yil 6-dekabrda
O'zbekiston Respublikasining «Chiqindilar» to'g'risidagi qonuni qabul qilingan.
Ushbu qonunda respublika hududida chiqindilardan foydalanish, ularni qayta
ishlash, eksport qilish tartibi, bu borada korxona va tashkilotlarning huquq va
majburiyatlari o'z ifodasini topgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining
ikkinchi chaqiriq 7- sessiyasida O'zbekiston hududida «Biologik rang-baranglikni
saqlash» konvensiyasi ham qabul qilingan. O'zbekiston hududida ov qilish va baliq
ovlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 3- sentabrdagi
937-XIII sonli va Vazirlar Mahkamasining 1993- yil IS-dekabrdagi 600-sonli
qarorlariga ko'ra amalga oshiriladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida ov va
baliqchilik xo'jaliklari to'g'risidagi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan
1991-yil 10-aprelda tasdiqlangan 95-sonli ko'rsatmasiga ko'ra hamda O'zbekiston
Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasining 1992-yil 8-iyun va 1993-
yil 8-yanvardagi buyrug'iga binoan amalga oshiriladi. Huquqiy dalolatnomalar bilan
birga O'zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish sohasini tartibga solishga yo'naltirilgan qator huquqiy
asoslangan me'yoriy dalolatnomalar qabul qilinganki, ularning barchasi bu sahadagi
ishlarni tartibga solish uchun xizrnat qiladi. Bularga quyidagilar misol bo'la oladi:
xususiy mulk to'g'risidagi, kooperatsiya to'g'risidagi, ijara to'g'risidagi, korxonalar
to'g'risidagi, olinadigan soliqlar to'g'risidagi, birlashmalar, tashkilotlar, joylardada
viloyatlar hokimiyati organlari to'g'risidagi, fuqarolarni o'zini-o'zi boshqarish
organlari to'g'risidagi, standartlashtirish to'g'risidagi huquqiy-me'yoriy huijatlar
shular jumlasidandir. O'zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va
maxsus muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to'g'risidagi qonunlarning qabul
qilinishi munosabati bilan ishlab turgan huquqiy asosga ega bo'lgan
17
dalolatnomalarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan. Bundan maqsad, ularni
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko'rsatib o'tilgan qonunlar talablariga
rnuvofiqlashtirishdan iborat. Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlarni
hayotga tatbiq etish birinchi navbatda Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari,
maxsus mas'ul organlar, yuridik va fizik shaxslar tomonidan kompintensiya va
qoidalarga asosan amalga oshiriladi. Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi
qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortish masalalari O'zbekiston
Rcspublikasining ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksida tabiiy muhitni
muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik uchun ma'muriy
javobgarlik me'yorlarida belgilangan. Ma'muriy kodeksda jinoyat turiga qarab turli
miqdorda jarimalar to'lash va ma'lum huquqdan mahrum qilish jazolari ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi jinoyat kadeksining 4-bo'limi «Ekologiya sohasidagi
jinoya tlar» deb yuritiladi. Jinoyat kodeksida ekologiya sohasidagi turli jinoyatlar
uchun jarima to'lash, muayyan huquqdan mahrum qilish, mol-mulkni musodara
qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq va ozodlikdan mahrum qilish choralari
belgilangan. 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan yangi «Ma'muriy javobgarlik
to'g'risida»gi jinoiy va jinoiy protsessual kodekslar respublikada tabiatni muhofaza
qilish va undan oqilona foydalanish ishlarida muhim rol o'ynaydi, Respublikada
tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar xalqaro huquqiy me'yorlarni hisobga
olib tuzilgan va xalqaro tashkilot ekspertlari tomonidan baholangan. Bu qonunlar
respublikada ekologik barqarorlikni ta'minlash talablariga javob bera oladi
.
|