Respublikasi raqamli




Download 482,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana03.09.2024
Hajmi482,72 Kb.
#270194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ind1

 
 
1.2 Tabiiy muhitning sifatini belgilovchi standartlar 
Hozirgi vaqtda texnika taraqqiyotining rivojlanish darajasiga qarab, inson, 
jonivorlar va o'simliklarning salomatligiga beziyon bo'lgan tabiiy muhit holatini va 
sifatini belgilovchi me'yornomalar mavjud. Ular sobiq ittifoq davrida ishlab 
chiqilgan bo'lib, Davlat standartlari(andozalari) - GOST sifatida hozirgacha 
mustaqil respublikalarda ham qo'llanilib kelinadi. Sobiq Ittifoq davlatlarida 
ishlatilayotgan ekologiya standartlari maxsus 17 sonli to'plamda o'z aksini topgan. 
Unda ko'rilayotgan masalalar majmualariga qarab alohida qo'shimcha sonlar 
berilgan va ulaming tuzilgan yili ko'rsatilgan. Masalan, suvni muhofazalash va 
undan samarali foydalanish GOST 17, I, 1.001-77, «Asosiy atamalar va 
tushunchalar» GOST 17, J .3.07- 82, «Suv va suv havzalari sifatini tekshirish 
tartibi» GOST 17.2.3.01-77, «Aholi yashaydigan joylami havo sifatini tekshirish 
tartibi» bir majmuada to'plangan. Mustaqillikka erishganimizdan so' ng ular qayta 
ko'rilib Xalqaro me'yorlarga tenglashtirilmoqda. Ekologiya standartlarida, tabiiy 
muhit komponentlari (suv havo. tog' jinslari) va iste'mol buyumlaridagj zararli 
rnoddalarning ruxsat etilgan chegara me'yorlari (RECHM) ishlab chiqilgan. 
RECHM ma’lum vaqt davomida inson va atrof-muhitga ta'sir etganda ham zararli 



oqibatlarga olib kelmaydigan moddalar konsentratsiyasidir. Moddalar 
konsentratsiyasi standartda ko'rsatilgandan kam bo’lsa sifatli hisoblanadi. Ulardan 
turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Standart bo'yicha iste'mol uchun 
yaramaydigan maishiy-texnik suv dehqonchilik va chorvachilikdagi talablarga 
javob berishi va ishlatilishi mumkin. Havodagi zararli moddalarning ruxsat etilgan 
chegara me'yorlari insonning zararlangan muhitda bo'lish davomiyligiga ham 
bog'liq. Shunga qarab, jadvalda zararli moddalarning ish joylaridagi (RECHM ish) 
shahar va qishloqlardagi qisqa muddatli (RECHMq) va o'rtacha sutkalik 
(RECHMs) me'yorilari 1-jadvalda keltirilgan. 
1-jadval 
Aholi yashaydigan hududlarda zararli moddalar miqdori RECHM dan oshib 
ketmasligi uchun sanoat korxonalarining cbiqindi chiqarish miqdorlari chegaralab 
qo'yiladi. Uning tartib va qoidalari GOST 17.2.3.03-78 da belgilangan bo'lib, 
havoning boshqa manbalaridan chiqarilayotgan chiqindilar bilan ifloslanishi, 
chiqindi chiqaradigan dudburonlarning balandligi, havoda aralashib ketish tezligi, 
undan zararli cho'kmalarning sutka davomida cho'kish miqdori kabi ko'p 
ma'lumotlar inobatga olinib hisoblanadi. Tabiatni musaffolashtirish maqsadida 
chiqindilar miqdorini kamaytirish maxsus qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. 
Inson iste'mol qilishi, ovqat tayyorlashi, yuvinishi kabi maqsadlarda foydalanishi 
mumkin bo'lgan suv havzalaridagi zararli moddalarning RECHMi 2-jadvalda 
ko'rsatilgan. 



2-jadval 
Suvning sifatini Davlat standarti bilan belgilashda ulardagi zararli moddalardan 
tashqari kislorod konsentratsiyasining me'yoriy miqdori ham inobatga olinadi. 
Kislorodning konsentratsiyasi 1 mg organik moddani 2, 5, 8, 10, 20 sutka davomida 
biokimyoviy oksidlanishiga ketadigan kislorod miqdori, biokimyoviy jarayonlarni 



to'liq ta'minlaydigan kislorod miqdori va suvning kislorodga bo'lgan umumiy 
kimyoviy zaruriyat miqdorlari bilan aniqlanadi. 

Download 482,72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 482,72 Kb.
Pdf ko'rish