Respublikasi raqamli




Download 482,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana03.09.2024
Hajmi482,72 Kb.
#270194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ind1

 



Kirish. 
Yerda odamning paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi 
oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari 
vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining 
tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson 
yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi 
ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan 
gʻam koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan 
tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, 
suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va 
texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan 
foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir 
necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud 
barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar 
tobora koʻproq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, 
antropogen landshaftlar koʻpaymokda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz 
foydalanish yoki inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning 
oxirlaridan 20-asrning 70y.larigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik 
turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80y.lardan boshlab xar yili oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 
50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 
dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 milliard t yoqilgʻi 
yoqiladi, atmosferaga yuzlab million t azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, 
chang va boshqa chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir 
necha milliard t), neft mahsulotlari (bir necha million t), mineral oʻgʻitlar (yuz 
million t ga yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi. 
Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni 
paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, 
sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy 
maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat 
boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish 



tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat 
yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda 
rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan 
jamiyatgina taraqqiyotga erishadi. 

Download 482,72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 482,72 Kb.
Pdf ko'rish