Respublikasi raqamli




Download 482,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana03.09.2024
Hajmi482,72 Kb.
#270194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ind1

 
 
3.3 Ekologik tarbiya va ta'lim 
Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha ta'lim berish - bu tabiatni m'uhofaza qilish 
masalalar~ning nazariy va amaliy jihatdan o'zlashtirishga yo'naltirilgan o'qitish 


28 
tizimidir. Umumiy va maxsus ekologiya asoslarini bilish har bir zamonaviy kishi 
uchun zarur bo'lgan madaniyat elementi hisoblanadi. Ekologik ta'lim berishdan 
maqsad, har bir kishiga kelajakda u qaysi sohada ishlashidan qat'i nazar, tabiat va 
jamiyatning o'zaro munosabatlari to'g'risidagi bilimlarni berishdir. Ekologik ta'limni 
shakllantirishda tabiatni muhofaza qilish, uning resurslaridan samarali foydalanish 
prinsiplarini o'zlashtirish birinchi darajali ahamiyatga ega. Buning uchun tabiatdan 
foydalanishda keng ommalashgan «Tabiatdan in'om-ehson kutib o'tirmaymiz, balki 
undan undirib olamiz» qabilidagi eskicha fikrlashdan, boshqacha qilib aytganda, 
«Bizning mamlakatimiz bitmas-tuganmas tabiiy boyliklarga ega va ulardan samarali 
foydalanishga hojat yo'q» degan fikrdan uzoq bo'lish kerak. (Ekologik 
savodxonlikka erishish yo'lida insonlarning ekologik bilim darajasini oshirish 
hamda mamlakat va regionlar bo'yicha atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalar 
to'g'risida ma'lumotlar berish muhim ahamiyatga ega) Chunki bunday ma'lumotlarga 
ega bo'lish, umumiy ekologik holatni ko'z oldiga kcltirish, tabiatga va insonlar 
salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarni cheklash va yo'qotish bo'yicha 
amaliy faoliyatda ishtirok etish uchun zarur. Ekologik ta'limda dunyoqarashni 
ekologiyalashtirish ham muhim yo'nalishlardandir. Bunga erishishning muhim 
vositasi insonlarning o'z ustida ishlashlari, tabiat sirlarini o'rganishga va ekologik 
bilimlarini doimo oshirib borishga bo'igan intilishlaridir. Dunyoqarashni 
ekologiyalashtirish, ekologiyaga doir fanlarni to'la o'zlashtirish bilan birga, 
iqtisodiy, siyosiy, texnikaviy, huquqiy va boshqa sohalarning ekologik 
munosabatlarini bilish orqali amalga oshiriladi. Ekologik ta'lim berishda ekologik 
falokatlar sabablarini to'g'ri baholash ham muhim ahamiyatga ega. Aholining 
ekologik savodsizligi yoki savodining kamligi, tashviqot-targ'ibot ishlari 
samarasining pastligi va bu ishlarni mutaxassis bo'lmagan kishilar tomonidan olib 
borilishi, shuningdek, insonning ekologik faoliyati asosiy diqqat markaziga 
qo'yilmasligi turli ehalkash fikrlarning paydo bo'lshiga sabab bo'ladi. Ekologik 
tarbiya va ta'lim jarayonlarini bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Ular doim o'zaro aloqada 
rivojlanadi. Shaxsning tabiatga bo'lgan insoniy munosabatlari oilada va maktablarda 
beriladigan ekologik tarbiya orqali shakllanadi. Oilada beriladigan ekologik tarbiya 


29 
asosan ota-onalarning oiladagi o'zaro munosabatlariga bog'liq. Oilalar va uning har 
bir a'zosi tabiiy muhitni saqlash masalasiga o'zieha yondashadilar. Oilaviy hayot, 
ota-onalarning ish joylari, ularning o'z fuqarolik burchlarini to'g'ri his etishlari, 
oilada 
o'zlarini 
tutishlari 
bolalarning 
tabiatga 
va 
insonlarga 
bo'lgan 
munosabatlarining shakllanishida ilk debocha hisoblanadi. Bolalarni oilada 
tarbiyalashda ota-onalar tarbiyaehi rolini o'ynaydilar. Ota-onalarning oilada o'zlarini 
tutishlari va ularning bolalarga ta'siri «Eng hal qiluvchi omildir». A.S.Makarenko
«Tarbiya to'g'risida ma'ruzalar» nomli kitobida shunday yozadi: «Siz bola bilan 
gaplashayotganingizda yoki unga biror narsani ko'rsatayotganingizda unga tarbiya 
berayapman deb o'ylamang. Siz unga o'z hayotingizni har daqiqasida, hatto uyda 
yo'qligingizda ham ta'lim berasiz. Bolalarni haqiqiy muallifligingiz ostida 
tarbiyalaysiz. Bolalarga ekologik tarbiya berishda ularning ko'z oldida sodir 
bo'layotgan jonli, chiroyli misollarni keltirish lozim. Oilada aytilayotgan har bir so'z, 
har bir ohang, har bir qilinayotgan ishni bola to'g'ri qabul qiladi va shu muhit bola 
uehun ideal holat hisoblanadi. Bu borada xalqimiz o'rtasida «qush uyasida ko'rganini 
qiladi» degan ibora bejiz aytilmagan. maktabgacha ta'lim muassasalarida hal etish 
uchun quyidagi ikki yo'nalishda ish olib borish maqsadga muvofiq:
• Bolalarda ekologik tarbiya madaniyatini shakllantirish, ularda tabiatga bo'lgan 
ijobiy munosabatni uyg'otish, dastlabki amaliy ko'nikmalarni ishlab chiqish.
• Maktab yoshigacha bo'igan bolalarga tarbiya beruvchi mutaxassislarni ekologik 
ongi va madaniyatini rivojlantirish. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ekologik 
ta'lim muammolarini hal etish yo'llari turlicha. Masalan, uslubiy dasturlar ishlab 
chiqish, zamonaviy o'quv-ko'rgazmali qurollardan foydalanish, turli o'yinlar, 
diafilmlar, kinofragmentlar va boshqa tasviriy va ovozli o'quv vositalarini qo'llash 
shular jumlasidandir. Maktab va oila bolalarda tabiatga nisbatan noyob moddiy va 
ruhiy boyliklar manbai sifatida qarash tuyg'usini shakllantiruvchi asosiy vositadir. 
Hozirgi kunda respublikamiz bo'yicha maktab dasturlari va o'quv rejalarida tarbiya 
va ta'limning ekologik aspektlari ancha kuchaytirilmoqda. Bu borada maktabdan 
tashqari olib borilayotgan ishlar samarasi ham ortmoqda. Ko'pchilik rivojlangan 
mamlakatlarda, bolalar turli xii ekologik harakatlarda faol qatnashmoqdalar. 


30 
Masalan, AQSH ning Nyu-York shtatida «Bolalar ifloslanishga qarshi» deb 
nomlangan tashkilot mavjud. Tashkilot a 'zolari bir qator ekologik tadbirlarni o'zlari 
amalga oshiradilar. Masalan, ular o'zlari o'qiyotgan maktab oshxonasida 
polistiroldan tayyorlanganbir marta ishlatiladigan stakanlarni qo'llashnijoriy etdilar. 
Bu stakanlar yengil va qog'ozdan afzal hamda ularni qayta ishlab, qurilish 
materiallari tayyorlashda foydalanish mumkin. Bolalar shu yo'l bilan chiqindilar 
chiqishini kamaytirishga o'z hissalarini qo'shadilar. Yana bir misol, Vashingtondan 
uncha uzoq bo'lmagan Virjiniya shtatida joylashgan xususiy maktablarning birida 
haqiqiy ferma tashkil qilingan. Unda ot, sigir, qo'y-echkilar, o'rdak va g'ozlar 
o'quvchilar tomonidan bo'sh vaqtlarida boqiladi. Sayyohlarning «Bu ferma nimaga 
kerak» deb bergan savollariga ular «saxiy va mehnatsevar bo'lib o'sishi uchun) deb 
javob bcradilar. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Maktab o'qituvchilari 
va bog'cha tarbiyachilari tomonidan sevimli uy hayvonlari haqida zavq-shavq bilan 
gapirishganlarini kim eshitmagan deysiz. Ayniqsa, itlar haqidagi suhbatlarda, ularni 
insonning do'sti ekanligi, ular uyni begona kishilardan qo'riqlashda, qo'y va 
echkilarni boqishda, ovda, davlat chegaralarni dushmanlardan qo'riqlashda, 
cho'kayotgan kishilarni qutqarishda insonlarning vafodor hamrohi ekanligi haqidagi 
suhbatlar ham bolalarda hayvonot dunyosiga nisbatan qiziqish uyg'otadi va ularda 
tabiatdagi bu kabi jonzotlarni himoya qilish lozimligi to'g'risida ilk tushinchalar 
shakllanadi. Maktab o'quvchilariga ekologik tarbiya berishda yoki ekologiya fanini 
o'qitishda o'qituvchilar tabiat mo'jizalari, tabiatning ajoyib go'shalari, hayvonot 
dunyosi va hasharotlar hayotining o'ziga xos jihatlarini jonli va qiziqarli qilib 
yozilgan jahon va milliy adabiyotimiz namoyondalari asarlaridan foydalanishga 
ko'proq e'tibor berishlari lozim. Shuningdek, maktablarda o'qitiladigan kimyo, 
astronomiya, biologiya, zoologiya, odam anatomiyasi kabi fan o'qituvchilari 
o'quvchilarga ushbu fanlardan bilim berishda o'z fanlarini ekologik nuqtai nazardan 
talqin qilib, fanlar bo'yicha umumiy xulosalar chiqarishda tabiatda kechadigan 
voqea va hodisalar mohiyatini ochib berishlari muhimdir. Bu hol o'quvchilarni 
ekologiya fani vazifalarini yanada yaxshi tushunib olishda yordam beradi. Zero, 
yosh avlodni tabiatga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash oila va 


31 
maktabning eng muhim vazifalaridan biridir. Chunki insoniy xarakter aynan shu 
muhitda shakllanadi. Bu maqsadlarga erishish uchun kutubxonalarda tabiat va 
umuman tirik jonzotlar to'g'risida chop etilgan adabiyotlar sonini ko'paytirish, shoir 
va yozuvchilar tomonidan maktab yoshdagi bolalar uchun ko'plab asarlar yaratish 
muhim ahamiyatga ega. Ekologik ta'lim bizning respublikamizda ikki yo'nalishda 
olib boriladi. Birinchi yo'nalish - har bir o'quv muassasasida ekologiya kursini 
o'qitish orqaIi umumiy ekologik ta'lim berishdir. Bundan tashqari, ekologiya 
yo'nalishidagi gimnaziyalar, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida ham 
ekologik to'garaklar ishlab turibdi. Shunga qaramasdan hozirgi kunda ekologiyani 
o'qitishni mantiqiy, ta 'limning uzluksizligini ta'minlovchi bir tizimga solish, yangi 
na'munaviy o'quv dasturlari va o'quv rejalari ishlab chiqish hamda adabiyotlar 
yaratish muhirn ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi yo'nalish - mutaxassis ekologlar 
tayyorlash. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha bir necha oliy o'quv 
yurtlarida «Atrof-muhitni muhofaza qilish» yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar va 
magistrlar tayyorlashga kirishilgan. Bundan ko'zda tutilgan maqsad atrof-muhitni 
muhofaza qilish bo'yicha yetuk kadrlar tayyorIash va bu sohadagi mutaxassis 
kadrIar yetishmovchiligiga barham berishdir. Xullas, ekologik tarbiya va ta 'limni 
takomillashtirish bo'yicha quyidagi rnulohazalarni aytish mumkin: butun dunyo 
bo'yicha, jumladan, mamlakatimiz hududida ekologik holatni ijobiy tomonga 
o'zgartirish uchun birinchi navbatda aholining ekologik bilimini oshirish lozim. 
Buning uchun nafaqat umumta'lim maktablarida, o'rta maxsus va oliy o'quv 
yurtlarining o'quv dasturlariga ekologiya fanini kiritish, balki barcha ishlab chiqarish 
korxonalari, muassasa va tashkilot rahbarlarining ham bu sohadagi malakalarini 
oshirish zarur hamma joyda ham ekologik jihatdan yetuk kishilar yetishmaydi. 
Hozircha joylarda «Ekologiya uchun kurashishni» xohlovchilar ham juda kam. Bu 
ishlarni tashkil qilish uchun sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish 
korxonalarining o'zaro munosabatlarini tartibga solish, texnika va qurilmalarini 
yaratish, qisqasi, ekologik xizmatni yo'lga qo'yish lozim. Bir so'z bilan aytganda, 
juda sertashvish va savobli ish bilan shug'ullanish lozim. Bilimni bir tizimli, uzluksiz 
ekologik tarbiya va ta'lim asosida qurish kerak. Bu holat avval oilada, so'ngra 


32 
maktabda davom etadi. Shuni ham ta'kidlash joizki, o'quv muassasalarida «Atrof-
muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish» maxsus kursini 
asosiy fan sifatida o'qitish lozim. Chunki o'quv muassasalarida o'qitiladigan boshqa 
fanlarni o'qitishda yer, suv, o'rmon va boshqa tabiiy resurslarning ayanchli holati 
to'la yoritib berilmaydi. Bu borada o'rta va oliy o'quv muassasalarining tabiiy va 
ijtimoiy fan o'qituvchilari ham yerlar hosildorligining pasayib, o'simlik va hayvonot 
dunyosining 
yo'qolib 
ketayotganligiga, 
ichimlik 
suvlari 
sifatini 
yomonlashayotganligiga va o'zimiz nafas olayotgan havoni ifloslanayotganligiga 
biz aybdor emasmiz, degan fikrdan uzoq bo'lishlari kerak. Kishilik jamiyati nafaqat 
moddiy boyliklarni ko'paytirish orqali rivojlanadi, balki tobora ortib borayotgan 
insonlar ehtiyojini aql-idrok bilan qondirish, bir qatar mamlakatlarda kuzatilayotgan 
ocharchilik, chuchuk suv va oziqovqat yetishmovchiligidari, bolalar o'limining ortib 
borishidan, havo va boshqa muhitlarni ifloslanishidan bartaraf etish kabi ijtimoiy 
muarnmolarni hal etish orqali rivojlanadi.

Download 482,72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 482,72 Kb.
Pdf ko'rish