12
transport vositalari va ularni ishlatish vaqtida muhitga tarqatilgan zararli moddalari,
shovqin, elektromagnit to'lqin kabilar bilan ta 'sirni kamaytirish maqsadida maxsus
qurilmalar quriladi. Ekspertizalarning davlat va tashkilot turlari bor. Davlat
ekologiya ekspertizasini tabiatni muhofazalash Davlat qo'mitasi o'tkazadi. Ko'p
qirrali muhim qurilishlarni har tomonlama mukammal o'rganish maqsadida har xil
mutaxassislardan iborat ekspert komissiyalari tuziladi. Tashkilotlarning ekologiya
ekspertizasini vazirlik va tashkilotiarning tabiatni muhofazalash bo'limi va sanitar-
epidemiologiya bo'limi xodimlari o'tkazadilar. Ekspertiza davlatning ekologiyaga
oid qonun va qoidalariga asoslanib olib boriladi, chiqariladigan chiqindi va ularning
salbiy ta'sirlari me'yornomada ko'rsatiladi. Chiqindilar
ruxsat etilgan chegaraviy
me'yor RECHM dan oshib ketmasligiga alohida ahamiyat beriladi. Sanoatni yoki
unda ishlatiladigan asbob uskunani ekoIogik jihatdan xavfsizligi yoki sozligi ulardan
chiqadigan chiqindilar miqdori va ularning toksiklik xususiyatlari bilan belgilanadi.
Agar yangi texnologik jarayon oldingisiga nisbatan kamroq chiqindi chiqarsa, u
ekologik xavfsizroq hisoblanadi. Ekologiya ekspertizasida tabiiy muhitga shikast
yetkazish orqali xaIq xo'jaligiga yetqaziladigan zararlar ham hisoblanadi.
Zararlarni
quyidagi uch turga bo'lish mumkin: a) bo'lgan zararlar; b) bo'ladigan zararlar; d) oldi
olingan zararlarga ajratiladi. Bo'lishi mumkin zararlar tegishli choralar
ko'rilmagandagi zararlardir. Choralar ko'rilgandan so'ng ham xalq xo'jaligiga
yetkazilgan zararlar bo'ladigan zarar hisoblanadi. Bo'lishi mumkin bo'lgan zarardan
yana bo'ladiganini ayirsa oldi olingan zarar miqdori kelib chiqadi. Zararlarni
hisoblashda muhitning ifloslanish darajasi, muhitning ifloslanishining inson
salomatligiga, xalq xo'jaligiga yetkazadigan zarari, jumladan, qishloq xo'jaligi,
chorvachilik va sanoat korxonalari ko'radigan zarar, havo tarkibining o'zgarishi,
kislotali yomg'irlar ta'sirida inshootlarning, tarixiy obida va haykallarning buzilishi
tezlashishidan keladigan zararlar inobatga olinadi.
Zararlarning birlamchi va
ikkilamchi xillari bor. Birlamchisi ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog'liq,
ikkilamchisi chiqarilgan mahsulotni ishlatish, ishdan chiqqanlarini yo'qotish bilan
bog'liq. Tabiiy muhitga keltiriladiganlar iqtisodiy va ekologik bo'lishi ham mumkin.
Masalan, muhitning ifloslanishi natijasida biror xo'jalikning dehqonchiligi va
13
chorvachiligiga keltirilgan zarar iqtisodiy zarar bo'lib, uning o'mini pul bilan qoplasa
bo'ladi. Ekologik zarar esa biror shaxs yoki aniq tashkilotga tegishli bo'lmay, u tabiiy
muhitga zarar yetkazish orqali inson salomatligiga va faoliyatiga salbiy ta'sir
ko'rsatadi. Ekologik zarami o'z navbatida ikkiga bo'lish mumkin. Birinchisida
keltirilgan zararlarni yo'qotish
uchun qayta tiklash, ta'mirlash ishlari o'tkazilishi
mumkin, ikkinchi xil ekologik zararlarni esa tiklab bo'lmaydi. Bunga asosan qazilma
boyliklarni ishlatishda isrofgarchilikka yo'l qo'yish va ularni butunlay yo'qotib
yuborish kiradi. Bunday ishlardan keladigan zararni hisoblab bo'lmaydi. Xulosa
sifatida umumlashtirib, tabiiy muhitga keltiriladigan zararlarning quyidagi
guruhlarini ko'rsatish mumkin:
• Havoning tabiiy muhitga va inson salomatligiga zarar keltiruvchi moddalar bilan
ifloslantirish.
• Xo'jasizlik bilan suvni isrof etish va suv havzalarini ifloslantirish.
• Yerlarni sanoat, qurilish, maishiy chiqindilar bilan ifloslantirib, ularni qayta tiklash
(rekultivatsiya) choralarini ko'rmaslik.
• O'rmon, to'qay va cho'l o'simliklari yo'qolib ketishiga sababchi bo'ladigan ishlar.
• Ovchilik qoidalarini buzish va jonivorlar yashaydigan muhitni ifloslantirish.
• Dehqonchilikda zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish tartiblarini buzish.
• Qayta tiklanmaydigan qazilma konlardan xo'jasizlarcha bir tomonlama foydalanib,
kon va kon sanoati korxonalari atrofini zararli chiqindilar bilan shikastlab,
qayta
tiklash choralarini ko'rmaslik.
O'z ish faoliyati yoki layoqati tufayli tabiatga zarar keltirgan shaxslar tashkiliy,
iqtisodiy va hatto jinoiy javobgarlikka tortiladilar.