|
Oziq-ovqat sanoati xom ashyosi
|
bet | 44/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #100605 |
Bog'liq portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUA3-LABORATORIYA ISHI
O‘SIMLIK, HAYVON YOG‘ LARI, MARGARIN VA ULARNI XOM ASHYOLARI, KONSERVA MAHSULOTLARI TARKIBIDAGI MIQDORINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Yog‘ miqdorini aniqlashni о‘rganish.
Kerakli jihoz va reaktivlar: Sokslet apparati, quritish shkafi analitik tarozi, chinni idish, kolba. Yog‘larni mahsulotlar tarkibidan efir yordamida ekstraksiyalab ajratib olinadi: Sokslet apparatida etil efiri bilan 35.6 0C da yoki petroley efiri bilan 50-60 0C da ajratiladi. Yog‘ miqdorini og‘irligini o‘lchash orqali aniqlanadi.
Yog‘larni ekstraksiyalash uslubi bilan aniqlash: 0.001 g aniqlikda o‘lchangan 5 g namuna chinni idishga soling. (Unga 200 g gips soling) 1 g gips 0.2 g suvni tutib qoladi. Idish efirli paxta bilan artib patronga joylanadi. Namuna solingan gilza Sokslet apparatining sifon trubkasiga joylanadi, uning esa og‘irligi o‘lchangan, u yarmigacha efir bilan to‘ldirilgan kolbaga ulanadi. Efir dastavval SaS12 yoki Na2SO4 quritilgan bо‘lishi kerak.
Apparatninrg asosiy elementi ekstraktor qismi. U silindr ikki tomoni sosudlar bilan tutashtirilgan. Ular efir bug‘i xolodilnikdan chiqib, sovib silindrdagi namunaga tushib, yog‘ni eritib kolbaga oqadi. Efir to‘planib mahsulotdagi yog‘ni ekstraktsiya qiladi. Suyuqlik miqdori kolbani sifon qismdan ortib ketganda uni boshqa idishga solib quyiladi. Qabul qiluvchi kolbani qizdirilsa, undagi yog‘ bug‘lanib, xolodilnikda sovitib yana qaytib, namuna ustiga tushib, undagi yog‘ni ekstraksiya qilib, sо‘ngra qabul qiluvchi kolbaga tushadi.
Ekstraksiya tugagach kolba ekstraktordan olinadi, efirni bo‘sh kolbaga haydab, yog‘ni o‘zi kolbada qoladi. Yog‘ni quritih shkafida quritib, og‘irligi eksikatorda 30-35 min sovitib, sо‘ngra 0.001 g aniqlikda o‘lchanadi.
X= (a-b) 100/A
A-namuna ogirligi g . a- kolba massasi, yog bilan. b-bo‘sh kolba og‘irligi. Ohirgi natijani o‘rtacha arifmetik qiymatlarini olinadi.
Mahsulot tarkibidagi yog‘ miqdorini namunani yog‘sizlantirish orqali aniqlash
Bu uslub mahsulot namunasini quritilgandan sо‘ng Sokslet apparatida ekstraksiyalab yog‘sizlantirishga asoslangan.
Buning uchun 0.001 g aniqlikda tortilgan 5 g namunani chinni havonchaga solib, quritish shkafida 3-4 soat 98-100 0C da quritiladi. Sо‘ngra namunani 6x7 sm li qog‘ozga solinadi. Havoncha osti namlangan efir bilan tozalab, namuna va paxtani ikkita quritilgan qog‘ozga o‘raladi. Ularni byuksga solib, 10-15 min quritish shkafida quritib, sо‘ngra eksikatorda sovitib 0.001 g aniqlikda og‘irligi o‘lchanadi. Nomerlangan bir necha paket Sharbaslet apparatiga joylanadi va petroley yoki etil efiri bilan ekstraksiyalanadi. Ekstraktsiya jarayonini tugaganini soat oynachasiga tomizilgan tomchini bug‘latilganda dog‘ hosil bо‘lmagunicha davom ettiriladi. Sо‘ngra paketchalarni ekstraksiyagacha solingan byukslarga joylab, avval efirni bug‘latib yuborish uchun 20-30 min davomida so‘rish shkafida, keyin esa 1.5-2 soat davomida quritish shkafida 98-100 0C da quritib, sovitib, 0.001 g aniqlikda massasi o‘lchanadi. Dastlabki va oxirgi massalar orasida farqqa qarab mahsulot tarkibidagi yog miqdori aniqlanadi.
|
| |