|
-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
|
bet | 41/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #100605 |
Bog'liq portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUA1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TARKIBIDAGI QURUQ MODDALAR MIQDORINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: - oziq-ovqat mahsulotlarining xom ashyolari tarkibida quruq modda miqdorini hisoblash.
Ishlash tartibi: Barcha oziq-ovqat mahsulotlari, ularning xom ashyolar tarkibi suv va quruq moddalardan tashkil topgan. Mahsulot quruq moddalari tarkibiga uglevodlar, klechatka, oqsillar, organik kislotalar, mineral moddalar kiradi. Quruq moddalar miqdori mahsulot sifatining universal ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun barcha xom ashyo va tayyor konserva mahsulotlaridagi quruq moddalar miqdori GOST va texnik shartlar (TU) bilan belgilanadi. Mahsulotlardagi quruq moddalar miqdori fizik-kimyoviy, kimyoviy va fizik usullar bilan aniqlanishi mumkin. Ko‘p hollarda quruq moddalar miqdorini aniqlashning eng ko‘p tarqalgan usullari mahsulotlarni doimiy og‘irlikkacha quritish va mahsulotdan suvni haydash usullaridan qo‘llaniladi. Fizik usullardan refraktometrik usul va zichlikni aniqlash usullari ko‘p tarqalgan.
Quruq moddalarni aniqlashning salmoqli usuli
Bu usulda mahsulotni quritish shkafida doimiy og‘irlikka kelguncha 105 0С haroratdagi atmosfera bosimi ostida yoki 70 °С haroratdagi past bosim ostida quritishga asoslangan (1-rasm).
1-rasm. Quritish shkafi.
10-12 g toza qizdirilgan qumni toza va quruq byuksga solinib, byuksni shisha tayoqcha bilan birgalikda doimiy og‘irlikka kelguncha quritiladi. Byukslar eksikatorda sovutilib, 0,001 g aniqlikgacha o‘lchab olinadi. So‘ngra byuksga 5 g miqdorda quritiladigan mahsulot namunasi solinadi. Shisha tayoq yordamida qum bilan aralashtiriladi va 0,001 g aniqlikkacha o‘lchanadi. Quritilgan mevalarning quruq moddalarini aniqlashda namunani qumsiz tortiladi.
Qopqog‘i ochiq byuks quritish shkafiga qo‘yilib, 4-soat davomida 105 °С haroratdagi muhitda quritiladi. Shundan so‘ng byukslarning qopqog‘i yopiladi, eksikatorda 30 minut davomida sovutiladi va o‘lchanadi. O‘lchangan byukslar yana 1 soat davomida quritiladi, sovutilib o‘lchanadi. Bu jarayon ketma-ket quritilgan ikkita byukslar og‘irliklari o‘rtasidagi farq 0,002 g ni tashkil qilguncha davom ettiriladi. Quruq moddalarning ulushini (X) quyidagi tenglama orqali aniqlanadi.
%
Bu yerda:
M - byuksning qum va shisha tayoqcha bilan birgalikdagi og‘irligi, g;
M1 - byuksning qum, shisha tayoqcha va mahsulot namunasi bilan birgalikdagi quritishdan oldingi og‘irligi, g;
M2 - byuksning qum, shisha tayoqcha va mahsulot namunasi bilan birgalikdagi quritishdan keyingi og‘irligi, g.
Birgalikda quritilgan mahsulotlar quruq moddalarning miqdori orasidagi farq 0,2 % dan oshmasligi kerak.
-
|
Topshiriqlar:
1. Don mahsulotlarini tarkibidagi quruq moddasini hisoblash
2. Meva tarkibidagi quruq moddasini hisoblash
3. Sabzavot tarkibidagi quruq moddasini hisoblash
4. O‘simlik xom ashyolarini tarkibidagi quruq moddasini hisoblash
|
|
| |