|
-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
|
bet | 42/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #100605 |
Bog'liq portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUA2-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
OZIQ-OVQAT XOM ASHYOSI VA TAYYOR MAHSULOTLARDAGI OQSILNI ANIQLASH USULLARI
Ishning maqsadi: Oqsilning umumiy miqdorini aniqlashni о‘rganish.
Kerakli jihoz va reaktivlar: NaOH, KOH, kolba, probirka, byuretka, sentrifuga, fotoelektrokalorimetr.
Oqsilning umumiy miqdori turli uslublarda aniqlanadi. (Keldal, byuret, nefelometrik louri). Hozirga paytda uch xil uslub keng qo‘llanilmoqda.
Keldal uslubi
Bu uslub katalizator ishtirokida konsentrlangan sulfat kislotasi bilan mahsulot namunasini qizdirib mineralizatsiya qilishga asoslangan. Bunda uglerod va vodorodni organik birikmalari CO2 gacha oksidlanadi suv va ammiak hosil bо‘ladi.
NH3, H2SO4 bilan kolbada reaksiyaga kirishib sulfat ammoniy hosil qiladi. Bu reaksiya quyidagicha bо‘ladi:
RCHNH2COOH+ H2SO4=CO2+SO2+H2O+NH3
2NH3+ H2SO4= (NH4)2SO4
Keyingi bosqichda sulfat ammoniy eritmasini distillash uchun konsentrlangan NaOH bilan ishlov beriladi, bunda ajralib chiqqan ammiakni titrlangan sulfat kislota eritmasi ushlab qoladi. Qolgan H2SO4 NaOH eritmasi bilan titrlab olinadi.
Keldal uslubi asosiy mineralizatsiya sharoitidan farq qilib bir necha modifikatsiyalarda qo‘llaniladi. Jarayonni tezlashtirish uchun bir necha katalizatorlar qo‘llaniladi. Mis oksidi, selen, qо‘rg‘oshin va boshqalar, kaliy sulfat yoki natriy sulfatni qaynash haroratini ko‘tariladi. Keldal uslubi bilan ixtiyoriy modifikatsiyadagi azotning umumiy miqdori aniqlanadi.
Oqsilning umumiy miqdori, olingan umumiy azot kattaligini o‘tkazish koeffitsiyenti 6.25 ga ko‘paytirib hisoblanadi. Bundan kelib chiqadigan oqsil tarkibida o‘rtacha 16 % azot bо‘ladi.
Olingan natijani shartli bunday hisoblashdan ko‘rinadiki, oziq-ovqat mahsulotlari ovqat mahsulotlarining tarkibidagi azotning hammasi oqsil ko‘rinishida emas, bundan tashqari, azotning oksildagi miqdori 16 % dan yuqori va past tomonlarga cheklangan holda bо‘ladi.
|
| |