• Aniqlash texnikasi
  • Oziq-ovqat sanoati xom ashyosi




    Download 2,52 Mb.
    bet50/53
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,52 Mb.
    #100605
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUA

    8-LABORATORIYA ISHI
    NON TARKIBIDAGI YOD MIQDORINI ANIQLASH.
    Ishning maqsadi: Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi yod miqdorini aniqlashni о‘rganish.
    Kerakli jihoz va reaktivlar: KON eritmasi, bromli suv, natriy tiosulfat, distillangan suv, sulfat kislota, natriy nitrat tuzi, fotoelektrometr, kolba, quritish shkafi.
    Yodning miqdorini aniqlash GOST 25832-89 bo‘yicha olib boriladi. Non tarkibidagi yod miqdorini aniqlash uchun KON eritmasida 12-24 soat ushlab turiladi va 7 soat davomida yod miqdori yо‘qotilmagan holda quritiladi va oksidlanishi uchun qo‘yib qo‘yiladi. Namuna to‘liq minerallashib bо‘lgandan sо‘ng K1 eritmasi qо‘shiladi, sо‘ngra K1 eritmasiga bromli suv ta’sir ettiriladi. Bunda yodad va ozod yod ajratiladi. Hosil bо‘lgan yod natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlanadi.
    Shuningdek tayyor mahsulotdagi yodni aniqlashni tezlashtiradigan usulni qo‘llaniladi. Uslubda namunani qo‘lga aylanishi yod ajralib chiqishi va uning miqdorini fotoelektrometr bilan aniqlashni o‘z ichiga oladi.
    Aniqlash texnikasi: 15 g maydalangan nonni o‘rta qismi 0.01 g aniqlikda tortiladi va chinni idishga joylanadi, namunani 18 g karbonat kaliy va 2-3 sm3 distillangan suv bilan yaxshilab yuviladi. Sо‘ngra namuna 50 daqiqa davomida quritish shkafida 105 0C da quritiladi. Quritilgandan sо‘ng namuna 2 soat davomida 200 0C dan yuqori bо‘lmagan haroratda keyingi kuydirish 45 daqiqa davomida 480-550 0C da olib boriladi. Olingan kul chinni idishga solinib, yaxshilab yuviladi. 50-60 sm3 distillangan suv bilan aralashtirib 2 daqiqa davomida chayqatiladi. Cho‘kma filtrlab olinadi. 150 sm3 gacha bо‘lgan sig‘imli issiq suv bilan filtrda bir necha marta yuviladi. Filtrat sovitib, 250 sm3 hajmli taqsimlash voronkasiga o‘tkaziladi. 25 sm3 SS14 o‘lchab olinib, undan 10 sm3 taqsimlash voronkasiga solinadi. 1/3 nisbatda suv bilan aralashtirilgan sulfat kislota bilan pH 2 ga keltiriladi. va SS14 ni universal indikator qog‘ozi yordamida nazorat qilinadi sо‘ngra voronkaga 5% li NaNO3 eritmasidan 2 sm3 qо‘shiladi va 5 daqiqa davomida to‘xtatiladi.
    SS14 bo‘yalgan yod eritmasi 25 sm3 li o‘lchov kolbasiga quyiladi. Yodni to‘la bо‘lish voronkasiga ajralishi uchun SS14 aralashtirib olinadi. 7.5 sm3 o‘lchov kolbasiga quyib 2 marta ekstrakt qilinadi. Kolbadagi eritma hajmiga kolba belgisigacha SS14 qо‘shiladi va aralashtirib qog‘oz filtr bilan quruq kolbaga filtrlanadi. Filtratning optik zichligi fotoelektrokolorimetr yoki spektrofotometrda 512-514 nm to‘lqin uzunligida aniqlanadi. Solishtirish eritmasi sifatida SS14 ishlatiladi. Mahsulot namunasidagi yod miqdori, toza yodga tuzilgan kalibrlash chizig‘i orqali aniqlanadi. Mahsulotdagi yod 100 g nonda, yod hisobida aks ettiriladi. Qo‘llanilgan uslub umumiy yodning 85- 100% miqdorini aniqlash imkonini beradi.

    Download 2,52 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 2,52 Mb.