|
Tuzni aniqlashning argentometrik usuli
|
bet | 47/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #100605 |
Bog'liq portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUATuzni aniqlashning argentometrik usuli.
Buning uchun kuchsiz rangli mahsulotdan 25 g namuna olib uni 100 sm3 hajmli issiq suv bilan 250 sm3 hajmli kolbaga solinadi, uni doimiy aralashtirib suv hammomida 15 daqiqa davomida qizdiriladi. Sо‘ngra sovitib kolbani chizig‘igacha distillangan suv quyib filtrlanadi. To‘q rangli mahsulotlarni esa 25 g olib tigelga solib ehtiyotkorlik bilan ko‘mirlantiriladi va u qo‘l bilan yengil uqalanadigan bо‘lishi kerak.
100 sm3 namuna issiq suv bilan aralashtirib 250 sm3 kolbaga solinadi. Yaxshilab aralashtirib suv hammomida 15 daqiqa qizdiriladi, sо‘ngra sovitib chizig‘igacha distillangan suv quyib, filtrlab olinadi. Pipetka yordamida filtrdan 20 sm3 bо‘lgan kolbaga solib 0.1 n ishqor NaOH eritmasi yordamida fenolftalein ishtirokida unga 0.5 sm3 10 % li kaliy xromat tuzi solib 0.1 n li kumush nitrat tuzi solib, 0.1 n li nitrat tuzi eritmasi bilan gisht qizg‘ish ranggacha titrlanadi. Osh tuzi miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
X=V1*K*0,005845 *V2*100/m*V3
Bunda: V-0,1 n kumush nitrat tuzining eritmasini titrlash uchun sarflangan hajmi;
V1-0,1 n kumush nitrat tuziga beriladigan tuzatish koeffitsiyenti;
0,005845-osh tuzini titrlash uchun kumush nitratga bо‘lgan ekvivalenti
V2- namunadan olingan eritmaning hajmi;
V3 – titrlash uchun sarflangan filtrat miqdori.
6-LABORATORIYA ISHI
OZIQ-OVQAT SANOATIDA ISHLATILADIGAN FERMENTLAR FAOLLIGINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Fermentlar faolligini aniqlashni о‘rganish.
Kerakli jihoz va reaktivlar: Termostat, suv hammomi, etalon, o‘lchov kolbasi, fermentlar va ularni aktivligini aniqlash.
Pektolitik ferment faolligini aniqlash:
Sharbat ishlab chiqarishda pektolitik fermentlar ko‘p ishlatiladi. Ular pektinni gidroliz qiladi. Ularni qo‘llashga sabab mevalarda sharbat ajralishiga va tiniqlashishiga pektin moddalari qarshilik qiladi. Pektin moddalar ta’siri natijasida ular past molekulyar moddalarga parchalanadi va sharbat qovushqoqligi pasayib meva qattiq qismi tez ajraladi. Xom-ashyoni pektolitik kompleks borligini bilish uchun fermentlarni atsetonli preparatdan foydalanish mumkin. Undan fenol moddalari chiqarib tashlangan.
Pektin estereazani faolligini aniqlash uchun atseton preraratidan 0.20-0.25 g tortib reaksion aralashma bilan aralashtiriladi. Reaksion aralashma 15 sm3 bufer eritma, 1 m3 10 % li NaCl, 5 sm3 0,5 % li olma yoki tsitrus pektindan iborat.
Aralashmani 300 C da bir soat davomida termostatda inkubatsiya qilinadi. Bunda pH ni kuzatib turish kerak. Ferment faolligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
YE=25000 v/m
|
| |