• Oqsil miqdorini nefelometrik uslub bilan aniqlash
  • Oqsilni byuret uslubi bilan aniqlash




    Download 2,52 Mb.
    bet43/53
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,52 Mb.
    #100605
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUA

    Oqsilni byuret uslubi bilan aniqlash.
    Byuret reaktsiyasini hamma oqsil, peptonlar va polipeptidlar va tetra peptidlarni beradi. Bu reaktsiya uzoq vaqt oqsilga sifat reaktsiyasi sifatida qo‘llanilgan. Hozirda turli obyektlarda oqsilni miqdorini aniqlash uchun qo‘llanilgan.
    Bu metod modifikatsiyada biz byuret uslubini D ning modifikatsiyasi bilan undagi oqsil miqdorini aniqlashni ko‘rib chiqamiz.
    Byuret reaktsiyasi-15 sm3 10n KON eritmasi va 25 g segnet tuzi 0.01 g aniqlikda o‘lchab olib, 900 sm3 distillangan suvda 1000 sm3 li kolbaga eritib olamiz. Doimiy tik turgan holatda 30 sm3 4 % li mis sulfat eritmasi qo‘shamiz va kolbani o‘lchov chizigigacha distillangan suv bilan to‘ldiramiz.
    Aniqlash texnikasi 1.5 g namunadan 0.001 g aniqlikda tortib olamiz va probirkani 250-300 sm3 sig‘imli quruq konussimon kolbaga solamiz. Namunadan yog‘ni ajratib olish uchun SS14 dan 2 sm3 olib, pipetka bilan 100 sm3 byuret reaktivi qo‘shamiz, qopqoq berkitilgach kolba 60 min davomida mexanik chayqatgichda chayqatiladi, keyin 10 min davomida 4500 aylanish/min chastotasida sentrifuga qilinadi, shaffof sentrifuga fotoelektrokalorimetr 5mm qalinlikda kyuveytiga joylaymiz.
    Optik zichlikni aniqlash 550 nm to‘lqin uzunlikda olib boriladi. Kalibrlovchi chiziq yordamida namunadagi oqsilni eritma optik zichligi ko‘rsatgichiga qarab oqsil miqdori aniqlanadi. Quruq moddalar miqdoriga nisbatan oqsilning miqdori foizda hisoblanadi (%).
    N- uning massasi,
    D-optik zichlikdagi kattaligi,
    -un namunasidagi oqsil miqdori,
    M-undagi oqsilning umumiy miqdori 100 % g quruq moddadagi oqsilning umumiy miqdori (m) %.
    Oqsil miqdorini nefelometrik uslub bilan aniqlash
    Bunda eksperimental tekshiruvda sulfosalitsil kislotasi bilan nefelometrik uslubi tezligi, yuqori aniqligi, oddiyligi va Keldal uslubi bilan yaxshi korrelyatsiyada bо‘lishi bilan ajralib turishi aniqlangan.
    Aniqlash texnikasi. 0.5 g tekshirilgan, un 0.001 aniqlikda tortib olinadi va qopqoqli 250-300 sm3 sig‘imli konussimon kolbaga joylanadi, kolbaga byuretka yordamida 50 sm3 0.05 n NaOH qо‘shiladi. Kolba 15 min davomida mexanik chayqatuvchida chayqatib turiladi, sо‘ngra 6000 min/ayl chastotasida 10 min davomida sentrifuga qilinadi 5 sm3 shaffof sentrifugat pipetka bilan 50 sm3 o‘lchov kolbasiga solingach qolgan qismiga ya’ni uning chizigigacha sulfo salitsil kislotasi quyiladi. Nefelometrik tahlilda to‘g‘ri natija olish suspenziya olish uslubiga, eritmalarni aralashtirish tartibi va aralashtirish tezligiga bog‘liq shuning uchun kolbaga sulfosalitsil kislotasi qо‘shilgandan sо‘ng darhol 2-3 marotaba aylantiriladi. Eritma 5 mm qalinlikdagi kyuvetaga quyiladi va eritmani to‘lqin uzunligi 550 nm bо‘lgan optik zichlikda kattaligi aniqlanadi. Aniqlashni kislota quyilgandan sо‘ng tezda o‘tkaziladi, sо‘ngra oqsil zarralari agregat oqsilning umumiy miqdori kalibrlash orqali aniqlanadi. Jadvalni tuzish Byuret uslubidagidek tuziladi va laboratoriya jurnaliga yozib, olingan ma’lumotlar orqali xulosa qilinadi.



    Download 2,52 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




    Download 2,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oqsilni byuret uslubi bilan aniqlash

    Download 2,52 Mb.