|
Oziq-ovqat sanoati xom ashyosi
|
bet | 46/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #100605 |
Bog'liq portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUAReaktivlarni tayyorlash: 11 % li K3 Fe (CN)6 + eritmasini tayyorlash.
Tuzatishlar koeffitsiyenti yodometrik usul bilan aniqlanadi. Zich berkiladigan kolbaga 50 ml 1 % li K3 Fe (CN)6 + eritmasi solib, unga 3 g kaliy yodid va 1.5 g rux sulfat solinadi. Sо‘ngra aralashtiriladi, hamda ajralib chiqadigan yodni titrlanadi, 1 ml 0.1 n yod eritmasi 0.0328606 g K3 Fe (CN)6 +miqdoriga to‘g‘ri keladi.
1.2.5 n NaOH eritmasini 45 % li NaOH eritmasidan tayyorlanadi. Hosil bо‘lgan loyqani 10 min davomida cho‘ktirib tiniq eritmadan 10 li eritma tayyorlanadi. Eritma konsentratsiyasini HCl yoki H2SO4 yordamida metil qizil indikatori ishtirokida aniqlanadi, buning uchun 10 % li NaOH eritmasini 1 n NS1 yoki 1 n H2SO4 bilan titrlash shunday amalga oshiriladiki, 1 n li kislotalarning aniq 25 ml miqdori sarflansin. Agar kislotalar eritmalari oz yoki kо‘proq sarflansa bunda NaOH konsentratsiyasini oshirish yoki kamaytirish lozim bо‘ladi.
5-LABORATORIYA ISHI
OZIQ OVQAT XOM-ASHYOSI VA TAYYOR MAHSULOTLARI TARKIBIDAGI OSH TUZINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Konserva mahsulotlari tarkibidagi osh tuzi miqdorini aniqlashni о‘rganish.
Kerakli jihoz va reaktivlar: kolba, gorelka, suv hammomi, analitik tarozi, kumush nitrat tuzi.
Konserva sanoatida oziq-ovqat mahsulotga osh tuzi ta’m beruvchi hamda konservant sifatida qо‘shiladi. Osh tuzi (NaCI) ning miqdori standartlar bo‘yicha chegaralangan.
Sabzi ikrasi 1.2 % -1.6 %
Yashil nо‘xat 0.8 % -1.5 %
Konservalangan kabachki 1,5 % - 2,5 %
Birinchi ovqatlar 1,8 % - 2,3 %
Borsh zapravkasi 2,8 % - 3,9 % dan oshmasligi kerak.
Osh tuzini aniqlash kumush nitrat tuzi yordamida xlor ionlarini titrlashga asoslangan. Bunda mahsulotning suvli aralashmasi tarkibidagi osh tuzini kumush nitrat ishtirokida titrlantirib kumush xlorid tuzini tushirishga asoslangan titrlash kaliy xromat tuzi eritmasi yordamida kumush nitrat bilan reaksiyaga kirish natijasida qizil qo‘ng‘ir rangga kirishga asoslangan (cho‘kma kumush xromat).
|
| |