|
Oziq-ovqat sanoati xom ashyosi
|
bet | 28/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #100605 |
Bog'liq portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUATuxumning tuzilishi.
Tuxum ellipssimon shaklga ega, bir tomoni biroz uchliroq bо‘ladi. Tuxumning tuzilishi. Tuxumning о‘lchami va massasi parrandaning turiga va yoshiga, parvarish sharoitiga va oziqasiga bog‘liq. Tovuq tuxumining massasi 45 - 76 g (o‘rtacha - 52 g), о‘rdakniki 75 - 100 g, kurkaniki 80 - 100 g, g‘ozniki 160 - 200 g ni tashkil qiladi. Nonvoylik mahsulotlari retsepturasida 1 dona tuxum massasini 40 g ga, yoki 25 donasini - 1 kg ga teng deb qabul qilingan. U asosan uch qismdan iborat: tuxum puchogi (11 - 14 %), tuxum oqsili (54 - 60 %) va tuxum sarig‘idan (28 - 32 %) iborat. Tuxum puchog‘i parranda turi va zotiga qarab turlicha rangda (oq, sarg‘ish, qizgish va boshqa ranglarda) bo‘ladi. Tuxum qimmatli oqsil va yog‘ga, shuningdek biologik moddalarga boy. Tuxumda kо‘p miqdorda mineral tuzlar, mikroelementlar hamda barcha turdagi vitaminlar mavjud.
6-jadval
Parranda tuxumlari kimyoviy tarkibi.
Tuxum pо‘chog‘i kalsiy, uglerod va kisloroddan tarkib topgan. Tuxum pо‘chog‘i tarkibida 4 - 5 % gacha organik moddalar bо‘ladi. Tuxum oqi - chо‘ziluvchan, shaffof, qariyb rangsiz massadir. 55 - 60 0C gacha qizdirilganda tuxum oqi suyuq holatdan qattiq holatga о‘tadi. Quvlanganda tuxum oqi turg‘un kо‘pik hosil qilish qobilyatiga ega.
Tuxum sarig‘i oqidan yengil bо‘lib, tuxumning о‘tkir va о‘tmas uchlari о‘rtasida joylashgan bо‘ladi. U oqsildan iborat ipcha bilan mahkamlangan. Sarig‘lik parda bilan qoplangan tuxum sarig‘i navbat bilan keluvchi och va tо‘q rangdagi qatlamlardan iborat. Ajratib olingan tuxum sarig‘i balandligining diametriga nisbati tuxum sarig‘ining indeksi deb ataladi. Yangi tuxumda bu kо‘rsatkich 0,4 - 0,45 ga teng bo‘lib, saqlash vaqtida kamayadi, 0,25 ga yetganda tuxum sarig‘ining pardasi buziladi.
Sarig‘likning ustki qismida murtak joylashgan, u yangi tuxumda kam seziladi. Urug‘lantirilgan tuxumda murtagi yumaloq, tо‘q rangli, diametri 3 - 5 mm ni tashkil qiladi, urug‘lantirilmagan tuxumda (saqlashga ko‘proq chidamli) cho‘zinchoq, uzunligi 2,5 mm qora dog‘siz bо‘ladi.
Tovuq tuxumida pо‘choq, oqsil va sarig‘likning nisbati parrandaning yoshi va zoti, qо‘yilgan vaqti va tuxumning kattaligiga bog‘liq. Tuxum oqsili ovalbumin, ovomukoid, konalbumin, musin va lizosim moddalaridan iborat bо‘ladi. Sariqligida kо‘p miqdorda karotin va vitaminlar mavjud.
Tuxumlar omborxonalarda oddiy usulda, ya’ni xona haroratida, harorati 20 0C dan yuqori bо‘lmagan maxsus saqlagichlarda va sovutgilarda 4 - 6 0C haroratda saqlanadi, havoning nisbiy namligi 60 - 70 %. Tuxumlar saqlanish sharoitiga qarab 4 oygacha saqlanadi.
Tuxumlar saqlash davomiyligiga bog‘liq holda parhez va oshxona tuxumlariga bо‘linadi. Navga ajratilgandan sо‘ng 7 sutkagacha saqlangan tuxumlar parhez tuxumlar, 20 0C dan yuqori bо‘lmagan haroratda 25 sutkagacha saqlangan tuxumlar oshxona tuxumlariga kiradi. Sovutgichlarda 120 sutkagacha saqlangan tuxumlar ham oshxona tuxumlari hisoblanadi. Savdo tarmoqlarida parxez tarzida qabul qilingan, lekin sotish chog‘ida belgilangan muddatdan oshib ketgan tuxumlar oshxona tuxumlariga о‘tkazib yuboriladi.
Tuxum massasi uning navlarga ajratilishining asosiy kо‘rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Standartga muvofiq chiqarilganidan keyin bir sutkadan kechiktirilmasdan yetkazib beriladigan tovuq tuxumlariular massasiga qarab sara, birinchi va ikkinchi toifalarga navlanadi. Tuxum massasi kо‘p jihatdan undagi havo kamerasiga bogliq bo‘ladi. Havo kamerasi qanchalik katta bо‘lsa, uning og‘irligi shuncha kichik bo‘ladi.
7-jadval
|
| |