|
Tuxum mahsulotlari va tuxum sifatiga qо‘yiladigan talablar
|
bet | 30/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #100605 |
Bog'liq portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUATuxum mahsulotlari va tuxum sifatiga qо‘yiladigan talablar.
Saqlash usuli va muddatiga ko‘ra, tuxumlar parhezbop, yangi, sovitgichda saqlangan va ohaklangan turlarga bo‘linadi.
Parhezbop tuxumlar deb massasi kamida 44 g, tovuq tuxum qilgan kundan tashqari 7 kundan kechikmasdan iste’mol qilinadigan va sovitgichda saqlanmagan tuxumlarga aytiladi.
Yangi tuxumlarga 1 0C dan 2 0C da 30 sutkagacha saqlangan tuxumlardir. Sovitgichda saqlangan tuxumlar shu haroratlarda bir oydan ortiq saqlangan tuxumlardir.
Ohaklangan tuxumlarga ohak eritmasida saqlangan tuxumlar hisoblanadi; ularning po‘chog‘i yupqa, nozik bo‘ladi, qaynatilishidan oldin tuxum yorilib ketmasligi uchun o‘tmas tomonidan igna bilan teshib ko‘yish kerak.
Kuvlanganda mustahkam va ko‘p ko‘pik hosil qiladigan, mustahkam oqsilga ega bo‘lgan parhezbop va yangi tuxumlar kuvlatilgan oqsilli yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi. Sovitgichda saqlangan va ohaklangan tuxumlar qandolat bulochka mahsulotlari tayyorlashda qo‘llaniladi.
1. Parhezbop tuxumlarni massasiga ko‘ra, qolgan tuxumlarni massasi va sifatiga ko‘ra I va II kategoriyalarga bo‘lish mumkin.
Tuxum sifatini baholash. qabul qilishda tuxumning turi va kategoriyasini aniqlash uchun har bir o‘ninchi yashik ochilib, 50 donadan tuxum olinadi. Kategoriyasini aniqlash uchun har 10 tuxumdan bittasi o‘lchanadi, ovoskopda yoritish bilan tuxum sarig‘ining ko‘rinuvchanligi, harakatlanishi va holati, oqsilning holati, havo kamerasining o‘lchami aniqlanadi.
Quyidagi nuqsonlar: oqi sarig‘i bilan aralashib ketgan; ovoskopda yoritilganda qizil halqa shaklidagi qon tomirlariga ega bo‘lgan; po‘choq ostida tuxumning 1/8 dan kattaroq qismini tashkil qiladigan mog‘or dog‘ga ega bo‘lgan; o‘tkir qo‘lansa hidli tuxumlar ishlatilmaydi. Bu tuxumlar texnik maqsadlarda ishlatiladi.
Sanoatda qayta ishlashda og‘irligi 43 g dan kam bo‘lgan, ifloslangan, havo kamerasining balandligi 13 mm. dan yuqori, po‘chog‘i shikastlangan, oqi va sarig‘i qisman aralashgan, po‘choq ostida o‘lchami 1/8 gacha qismini tashkil qiladigan mog‘or dog‘lariga ega bo‘lgan, sarig‘i po‘chog‘iga yopishgan, havo kamerasida ko‘chib yuruvchi tuxumlar ishlatiladi. Bunday nuqsonli tuxumlar noto‘liq qimmatli hisoblanadi.
Parhezbop tuxumlarning po‘chog‘i toza, butun, mustahkam, havo kamerasi balandligi 4 mm. gacha qo‘zg‘almas bo‘lishi shart. Ularning sarig‘i qattiq, chegaralari sezilmas, markazda joylashib qo‘zg‘almas holatda bo‘ladi. Oqsili zich, yorug‘lik o‘tadigan bo‘ladi. I kategoriyadagi bitta tuxumning massasi 54 g, II kategoriyadagi tuxumlarning massasi 44 g. dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yangi, sovitgichda saqlangan va ohaklangan I kategoriyadagi tuxumlarning po‘chog‘i toza, qattiq, butun. Yangi tuxumlarning havo kamerasi 7 mm. gacha, harakatsiz, sovitgichda saqlangan va ohaklangan tuxumlarniki - 9 mm. gacha, biroz harakatlanuvchan. Sarig‘i mustahkam sezilmas, markazda joylashgan yoki biroz chetga chiqqan. Yangi tuxumlarning oqi zich, sovitgichda saqlangan va ohaklangan tuxumlarning mustahkamligi kam, yoritiladigan bo‘ladi. Bitta tuxumning massasi 48 g. dan kam bo‘lmasligi kerak.
II kategoriyadagi yangi tuxumlarning po‘chog‘i toza, tabiiy, qattiq, alohida nuqtalar holidagi iflosliklar bo‘ladi. Yangi tuxumlarning havo kamerasi bir oz qo‘zg‘aluvchan, sovitgichda saqlangan va ohaklangan tuxumlarniki qo‘zg‘aluvchan, ko‘chib yuruvchi balandligi 13 mm. gacha. Sarig‘i kuchsizlangan, aniq ko‘rinadigan, oson ko‘chadigan bo‘ladi. Oqsili kuchsiz, yoritiladigan, suvsimon bo‘lishi mumkin. Bitta tuxumning massasi 43 g. dan kam bo‘lmasligi darkor.
|
| |