• Quruq moddalari oshirshgan sut zardobi.
  • Quyultirilgan sut zardobi
  • Quruq zardob.
  • Sut zardobidan tayyorlangan mahsulotlar




    Download 2,52 Mb.
    bet26/53
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,52 Mb.
    #100605
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUA

    Sut zardobidan tayyorlangan mahsulotlar. Novvoylik va qandolatchilik sanoatida xom ashyo sifatida sut zardobi va undan tayyorlangan turli xil mahsulotlar foydalaniladi. Sut zardobidan tayyorlanadigan non va qandolat mahsulotlarining retseptlari hamda ularni ishlab chiqarish uchun texnologik yo‘riqnomalari yaratilgan.
    Sut zardobi tvorog va pishloq ishlab chiqarishning ikkilamchi mahsuloti hisoblanadi. U yashil rangga, o‘ziga xos nordon ta’m va hidga ega bo‘lgan suyuqlikdir.
    Sut zardobi tarkibida 5 % ga yaqin quruq moddalar mavjud bo‘lib, ularning 3,5 - 4 % ni sut qandi (laktoza), 1 % ni oqsillar, 0,3 % ni kislotalar, mineral va boshqa moddalar tashkil qiladi. Sut tarkibida 95 % suv va ko‘pgina mikroorganizmlar mavjud bo‘lganligi tufayli, u tez buziluvchan hisoblanadi. Shuning uchun tabiiy sut zardobi o‘rniga ko‘pincha undan tayyorlangan mahsulotlardan foydalaniladi. Novvoylik va qandolatchilik sanoatida foydalanish uchun sut zardobining quyidagi turlari ishlab chiqariladi: quruq moddalari oshirilgan sut zardobi, quyultirilgan sut zardobi, shakar bilan quyultirilgan sut zardobi, bijg‘itilgan quyultirilgan sut zardobi, quritilgan sut zardobi.
    Quruq moddalari oshirshgan sut zardobi. Bu zardob quyidagi turlarga bo‘linadi: quruq moddalarning miqdori 13, 20, 30 % bo‘lgan pishloq va tvorog zardobi. Uning sifatiga ushbu talablar qo‘yiladi: ta’mi va hidi toza sut kislotasiga xos, biroz sho‘r, ranggi, yashil och-sariq, konsistensiyasi oquvchan suyuqlik. Zardobda quruq moddalarning miqdori va kislotalilik me’yorlanadi.
    Quyultirilgan sut zardobi. Bu zardob to‘rt turda ishlab chiqariladi: quyultirilgan pishloq sut zardobi, quyultirilgan tvorog sut zardobi, quyultirilgan bijg‘itilgan pishloq sut zardobi, shakar bilan quyultirilgan sut zardobi. Shakarsiz bijg‘itilgan zardobning barcha turlarida quruq moddalarning miqdori 40 va 60 % ni, shakar bilan quyultirilgan zardobda esa - 75 % ni tashkil qiladi. Quruq moddalar miqdori 40 % bo‘lgan zardobning konsistensiyasi oquvchan, 60 % bo‘lgan zardobniki - quyuq, shakar bilan quyultirilgan zardobniki esa - cho‘ziluvchan bir jinsli massa bo‘ladi.
    Quruq zardob. Bu zardob foydalaniladigan xom ashyoning turiga qarab ikki turga bo‘linadi: quruq pishloq sut zardobi va quruq tvorog sut zardobi. Quruq pishloq sut zardobi uni ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan jihozning turiga qarab ikki xilga bo‘linadi: purkab va plyonkali usulda quritilgan. Quruq tvorog sut zardobi faqat purkab quritish usuli bilan ishlab chiqariladi.

    Download 2,52 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




    Download 2,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sut zardobidan tayyorlangan mahsulotlar

    Download 2,52 Mb.