|
Quruq sut zardobining sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi
|
bet | 27/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #100605 |
Bog'liq portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUAQuruq sut zardobining sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi. Hidi va ta’mi shirin-sho‘r, biroz nordon, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz, ranggi oqdan sariqqacha. Purkab quritiladigan zardobning konsistensiyasi mayin quruq kukun, plyonkali usulda quritilgan sut zardobi esa maydalangan qumoqlardan iborat quruq kukun. Quritilgan zardobda quruq moddalar qismi va laktozaning miqdori, kislotaliligi va eruvchanlik me’yorlanadi.
Glyukoza galaktoza qiyomi. Asosiy qismi glyukoza va galaktozaning turli miqdorlaridan iborat bo‘lgan aralashmasi hisoblanadi.
Nazorat savollar:
1. Sut qanday moddalardan tarkib topgan?
2. Sutning ozuqaviylik qimmati tО‘chrisida qisqacha gapirib bering.
3. Sut konservalari qanday ishlab chiqariladi?
4. Sut mahsulotlari sifatiga qanday talablar qо‘yiladi?
5. Sut va sut mahsulotlari qanday qadoqlanadi?
6. Sut va sut mahsulotlari qanday sharoitlarda saqlanadi?
7. Sut kislotaliligining kattaligi qanday ahamiyatga ega?
8. Sutda qanday mineral moddalar mavjud?
9. Sutni qanday sharoitda va qancha muddat saqlash mumkin?
10. Sutda qaysi oqsillar mavjud va ular qanday ahamiyatga ega?
11. Sutning tarkibi qanday kimyoviy moddalardan iborat?
12. Sut qanday quyultiriladi?
13. Sut plyonkali usulda qanday quritiladi?
14. Sanoatda qanday quruq sut mahsulotlari ishlab chiqariladi?
15. Sut yog‘i qanday xususiyatlarga ega?
6-MA’RUZA
Tuxum mahsulotlari
Reja:
1. Tuxumning tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
2. Tuxumni saqlash usullari va muddatlari, massasi va sifati bo‘yicha klassifikasiyasi.
3. Tuxum mahsulotlari va tuxum sifatiga qo‘yiladigan talablar.
Tuxumning tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
Tuxum keng tarqalagan oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Tuxum qandolatchilikda, sifatli makaron mahsulotlari ishlab chiqarishda, nonvoychilikda va boshqa turli xil mazali taomlar pishirishda keng qо‘llaniladi. Tuxum tabobatda kamquvvatlikda hamda parhez taom sifatida iste’mol etiladi.
Tuxum parrandachilikning tabiiy mahsuloti hisoblanadi, ya’ni tovuq, kurka, g‘oz va о‘rdaklardan olinadi. Shundan eng ko‘p ishlatiladigani tovuq tuxumi hisolanadi. Suvda suzuvchi parrandalarning tuxumlari uncha kо‘p ishlatilmaydi. Chunki ularning tuxumlari kо‘pincha zararli salmonella bakteriyasi bilan zararlangan bo‘ladi. Kurka tuxumi esa asosan parranda gо‘shti yetishtirish uchun ochirma sifatida qо‘llaniladi.
|
| |