|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|
bet | 40/69 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 5,57 Mb. | | #269907 |
Bog'liq BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)Moddalar va energiya almashinuvi. Barcha tirik organizmlar va tashqi
muhit o‘rtasida doim moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘ladi. Moddalar
va energiya almashinuvi oziqlanish, nafas olish, ayirish kabi jarayonlarni o‘z
ichiga oladi. Moddalar va energiya almashinuvi tufayli o‘zgaruvchan tashqi
muhit sharoitida tirik organizmlar kimyoviy tuzilishi va tarkibining doimiyligi
ta’minlanadi.
O‘z-o‘zini yangilash. Organizmda sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvi
jarayonida biomolekulalar, hujayra va to‘qimalarning doimiy yangilanishi
sodir bo‘ladi.
O‘ziga o‘xshaganlarni yaratish – ko‘payish xossasi. Tirik organizmlarning
ko‘payishi nuklein kislotalarda mujassam bo‘lgan irsiy axborot asosida sodir
bo‘ladi.
O‘sish va rivojlanish. Ontogenezning ma’lum bosqichlarida tirik
organizmlar genetik axborotlar asosida o‘z tuzilishini saqlagan holda miqdoriy
jihatdan ortadi, ya’ni o‘sadi hamda ularda yangi belgi va xususiyatlar shakllanishi – rivojlanish kuzatiladi. Rivojlanish tirik organizmlarning ma’lum
qonuniyatlar asosida o‘zgarib borishidir. Individual rivojlanish – ontogenez va
tarixiy rivojlanish – fi logenez kuzatiladi. Organik olamning tarixiy rivojlanishi
evolutsiya deb yuritiladi.
O‘z-o‘zini idora qilish. Tashqi muhit sharoitlarining muntazam o‘zgarishiga
qaramay, tirik organizmlar tashqi va ichki tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fi ziologik
jarayonlarning doimiyligini saqlash, ya’ni gomeostaz xususiyatiga ega.
Ta’sirlanish. Ushbu xususiyat tirik organizmlarning tashqi muhit ta’sir-
lariga javob reaksiyalari orqali amalga oshadi.
Irsiyat va o‘zgaruvchanlik. Tirik organizmlarning o‘z belgi va xususiyat-
larini nasldan naslga o‘tkazish xossasi irsiyat, yangi belgi-xususiyatlarni
namoyon qilishi o‘zgaruvchanlik hisoblanadi. O‘zgaruvchanlik tufayli esa
tashqi muhit ta’sirlariga tirik organizmlarning moslanuvchanligi ortadi.
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarning ayrimlari notirik tabiat uchun ham
xos bo‘lishi mumkin. Masalan, tuzli eritmalarda kristallarning hajmi va
massasi ortadi, yonayotgan shamdan energiya ajraladi. Lekin bu jarayonlarda
gomeostaz kuzatilmaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|