O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi




Download 5,57 Mb.
bet38/69
Sana27.08.2024
Hajmi5,57 Mb.
#269907
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69
Bog'liq
BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)

Biologiya fanining muammolari. Biologiya fanida hali o‘z yechimini
topmagan bir qancha muammolar mavjud. Hayotning, odamning paydo
bo‘lishi, bosh miya faoliyati mexanizmlarini o‘rganish orqali tafakkur va
xotira qonuniyatlarini anglash, embrional taraqqiyotda genetik axborot asosida
to‘qima, organlar va organizm rivojlanishini o‘rganish shular jumlasidan.
Dunyo aholisining soni yildan yilga ortib bormoqda. Binobarin, biologiya
fani oldida turgan muhim vazifalardan biri insonlarning oziq-ovqatga bo‘lgan
ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan
iborat. Bu sohada seleksiyada ko‘p yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan
duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, gen muhandisligi – genlarni
sintez qilish, ko‘chirib o‘tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen –
organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali
bo‘ladi.
Insonlardagi irsiy kasalliklarni o‘rganish, ularning oldini olish choralarini
ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish nihoyatda muhim sanaladi. Bu
muammoni ijobiy hal etish gen muhandisligi va biotexnologiya sohalarining
rivoji bilan uzviy bog‘liq.
Hozirgi vaqtda eng xavfl i hodisalardan biri ekologik muhitning
yomonlashayotganligi hisoblanadi. Bu ayniqsa, inson uchun nihoyatda foydali
bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining yildan yilga kamayib ketayotganligida
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biologiya fani oldida turgan muammolardan biri hayvonlar, o‘simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish va
amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi va shaxsiy hayotda turli
kimyoviy moddalardan foydalanish natijasida tobora ortib borayotgan sanoat,
transport va maishiy chiqindilarni qayta ishlash, tabiat ifl oslanishining oldini
olish muhim vazifa hisoblanadi.
Tayanch so‘zlar: tibbiyot, seleksiya, agronomiya, psixologiya, farmokologiya,
biotexnologiya, mikrobiologiya, mikologiya, gidrobiologiya, paleontologiya,
bionika, ekologiya, kuzatish, taqqoslash, tarixiy, eksperimental, modellashtirish.
Savol va topshiriqlar:
1. Zamonaviy biologiya fanining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
2. XXI asrda biologiya fani hal etishi lozim bo‘lgan muammolarni sanang.
3. Biologiya fanining asosiy maqsad va vazifalarini tushuntiring.
4. Biologiya rivojida taqqoslash va kuzatish metodining ahamiyati nimalardan
iborat?
5. Tarixiy metodning ilmiy ahamiyati nimada?



Download 5,57 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69




Download 5,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi

Download 5,57 Mb.