|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|
bet | 37/69 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 5,57 Mb. | | #269907 |
Bog'liq BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)Taqqoslash metodi. Turli biologik tizimlarning tuzilishi, funksiyasi, tarkibiy
qismlardagi o‘xshashlik va farqlar taqqoslash metodi yordamida o‘rganiladi.
Mazkur metoddan sistematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya,
embriologiya fanlarida foydalaniladi. Taqqoslash metodi yordamida hujayra
nazariyasi, biogenetik qonun, irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar
qonuni kashf etilgan.
XVIII asrdan boshlab keng qo‘llanila boshlangan bu metod biologik
obyektlar, hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlarni aniqlash
orqali ularning mohiyatini ochishga imkon yaratdi.
Tarixiy metod. Mazkur metod turli sistematik guruhlarning evolutsion
jarayonda paydo bo‘lishi, takomillashishini dalillar yordamida tushunish va
ularni avvaldan mavjud bo‘lgan dalillar bilan qiyoslash, organizmlarning paydo
bo‘lishi va rivojlanishi, ularning tuzilishi va funksiyalarining murakkablashib
borish qonuniyatlarini bilib olishga imkon beradi. Shu orqali organizmlarning
paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini asoslab berish mumkin.
Tarixiy metod turli era va davrlarda organizmlarning paydo bo‘lishi va organik
olam evolutsiyasini o‘rganishda qo‘llaniladi. 6
Eksperimental (tajriba) metodi. Maxsus tashkil etilgan sharoitda tirik
organizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini o‘rganish eksperimental metod orqali
amalga oshiriladi. Bu metod organizmlar xatti-harakati, tuzilishi, xossalari
mohiyatini tajribalar yordamida chuqurroq tadqiq qilish imkonini beradi.
G. Mendelning irsiylanish qonu niyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlari
fanda tajriba usulini qo‘llashning yorqin namunasidir. Bio logik tadqiqotlar
uchun zamonaviy asbob-uskunalarning paydo bo‘lishi bu usuldan keng
foydalanish imkonini berdi.
Modellashtirish metodi. Biologik tadqiqotlarda tobora keng qo‘l la-
nilayotgan modellashtirish metodining mohiyati tirik tabiatdagi hodisalar va
ularning jihatlarini matematik belgilarga aylantirib, model tarzida qayta tiklab
o‘rganishdan iborat. Biologik jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini,
ekosistemalar hamda biosferaning rivojlanishini kompyuterda modellashtirish
orqali ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoni
yaratildi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|