|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|
bet | 36/69 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 5,57 Mb. | | #269907 |
Bog'liq BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)Biologiya fanining tarmoqlari. Biologiya fundamental va kompleks fan hisoblanadi. Fundamental fan deyilishiga sabab, biologiya tibbiyot, psixologiya, agronomiya, oziq-ovqat sanoati, farmokologiya uchun nazariy asos bo‘lsa, kompleks fan sifatida esa ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z ichiga oladi. Tekshirish obyektiga ko‘ra biologiya fani bir qancha sohalarga
bo‘linadi. Botanika – o‘simliklar, zoologiya – hayvonlar, mikrobiologiya –
mikroorganizmlar, mikologiya – zamburug‘lar, gidrobiologiya – suv muhitidagi
organizmlar, paleontologiya – qazilma holdagi organizmlar, ekologiya
esa organizm va muhit orasidagi munosabat to‘g‘risidagi fan hisoblanadi.
Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo‘yicha ham turli
fanlarga ajraladi. Anatomiya – organizmlar organlari tuzilishini, fi ziologiya
esa funksiyasini, embriologiya – murtak (embrion) rivojlanishini, sistematika –
organizmlarning sistematik guruhlarini, o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini,
etologiya – hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi. 5
Biologiyaning ba’zi sohalari boshqa tabiiy fanlar hamkorligida paydo
bo‘lgan. Biologik sistemalarda ro‘y beradigan fi zik jarayonlarni biofi zika,
organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlarni biokimyo,
tirik organizmlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini biogeografi ya fani
o‘rganadi. Bionika organizmlar hayot faoliyatining o‘ziga xos jihatlari va
tuzilishini asos qilib texnik sistemalar yaratishni, biotexnologiya esa tirik
organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llashni
maqsad qilib qo‘yadi. Hozirgi kunda insoniyat jamiyatining taraqqiyot darajasi biologiya fani rivojiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Biologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari. Biologiyada tirik orga-
nizmlarning hayotiy xossalarini o‘rganish uchun quyidagi metodlardan
foydalaniladi.
Kuzatish metodi. Organizmlar va ularni o‘rab turgan atrof-muhitda ro‘y
beradigan hodisalarni kuzatish, tasvirlash va tahlil qilish imkonini beradi.
Bu metod qadim zamonlardan boshlab olimlar tomonidan daliliy materiallar
yig‘ish va uni tavsifl ash uchun keng qo‘llanilgan. XVIII asrda bu metod
yordamida biolog olimlar hayvonlar va o‘simliklarni ta’rifl ash, tasvirlash va
to‘plangan materiallarni tartibga solish bilan shug‘ullangan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|