• Hayotning asosiy xossalari
  • Strukturaviy tuzilish birligi.
  • -Mavzu : Hayot mohiyati va tiriklikning xususiyatlari




    Download 5,57 Mb.
    bet39/69
    Sana27.08.2024
    Hajmi5,57 Mb.
    #269907
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69
    Bog'liq
    BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)

    2-Mavzu : Hayot mohiyati va tiriklikning xususiyatlari
    1.Hayotning mohiyati
    Reja : 2.Hayotning asosiy xossalari
    3.Hayotning tuzilish darajalari
    Hayot mohiyati. Biologiya fani taraqqiyoti davomida juda ko‘p olimlar
    hayotga ta’rif berishga harakat qilishgan: hayot – biosferani hosil qiladi va
    o‘zgartiradi, hayot – tirik organizmlarda hayotiy jarayonlarning sodir bo‘lishi,
    hayot – bu tirik organizmlarning irsiy axborotni avloddan avlodga o‘tkazish orqali o‘z-o‘zini barpo etadigan jarayon. Hayotning mohiyati juda keng tushunchadir. M. V. Volkenshteyn ta’rifi nbo‘yicha: «Yerda mavjud bo‘lgan tirik organizmlar, biopolimerlar: oqsil va
    nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o‘z-o‘zini idora etadigan, yarata oladigan
    ochiq sistemalardir». Mazkur ta’rifga ko‘ra, tirik organizmlar tashqi muhitdan kerakli oziq moddalarni qabul qiladi, keraksiz mahsulotlarni ayirib chiqaradi, nuklein kislotalarda kodlangan irsiy axborot asosida oqsillar sintezini amalga oshiradi, ekologik muhitda o‘sib rivojlanadi va ko‘payadi.
    Hayotning asosiy xossalari. Har bir tirik organizm bir-biri bilan
    chambarchas, tartibli munosabatda bo‘lgan tuzilmalardan tashkil topgan yaxlit
    tizim (sistema) bo‘lib, o‘ziga xos, ya’ni anorganik tabiatdan farq qiluvchi
    xossa va xususiyatlarga ega.
    Kimyoviy tarkibning birligi. Barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi
    kimyoviy elementlarning 90% dan ortig‘i asosan to‘rt xil: uglerod, kislorod, vodorod va azot elementlaridan tashkil topgan. Bu elementlar barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi organik birikmalar, masalan, oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlarni hosil qiladi.
    Strukturaviy tuzilish birligi. Barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilgan
    bo‘lib, hujayra tiriklikning tuzilish, funksional va rivojlanish birligi hisoblanadi.
    Ochiq sistemaligi. Barcha tirik organizmlar muntazam ravishda tashqi
    muhit bilan energiya va moddalar almashinuviga ega bo‘lgan ochiq sistemadir.

    Download 5,57 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69




    Download 5,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu : Hayot mohiyati va tiriklikning xususiyatlari

    Download 5,57 Mb.