• Hayotning molekula darajasi
  • Hayotning hujayra darajasi
  • Hayotning to‘qima darajasi.
  • Hayotning organ darajasi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi




    Download 5,57 Mb.
    bet41/69
    Sana27.08.2024
    Hajmi5,57 Mb.
    #269907
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
    Bog'liq
    BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)

    Hayotning tuzilish darajalari. Yerdagi hayot molekula, hujayra, to‘qima,
    organ, organizm, populatsiya, biogeosenoz (ekosistema), biosfera kabi turli
    biologik sistemalar shaklida mavjud. Ular bir-biridan tarkibiy qismlari –
    komponentlari hamda jarayonlari bilan farqlanadi.
    Hayotning tuzilish darajalari ma’lum bir tarkibiy qismlardan, ya’ni
    komponentlardan tarkib topgan, quyidan yuqoriga murakkablashib boradigan
    yaxlit biologik tizimlardir (1-rasm).
    Hayotning molekula darajasi. Hayotning molekula darajasini oqsillar,
    nuklein kislotalar, lipidlar va uglevodlar kabi biomolekulalar tashkil etadi.
    Hayotning molekula darajasida irsiy axborotning saqlanishi, ko‘payishi,
    o‘zgarishi hamda moddalar va energiya almashinuvi bilan bog‘liq jarayonlar
    sodir bo‘ladi.
    Hayotning hujayra darajasi. Hujayra barcha tirik organizmlarning
    tuzi lish, funksional va rivojlanish birligidir. U tiriklikning barcha xossalarini
    o‘zida mujassam qilgan eng kichik tuzilish darajasi hisoblanadi. Hayotning
    hujayra darajasi komponentlariga hujayraning tarkibiy qismlari: membrana,
    sitoplazma va uning organoidlari, yadro kiradi. Bu darajada hujayra
    organoidlarining tuzilishi, funksiyalari, bo‘linishi, hujayrada kechadigan
    biokimyoviy jarayonlar, hujayra tomonidan energiyaning o‘zlashtirilishi,
    to‘planishi va sarfl anishi kabilar sodir bo‘ladi.





    Hayotning to‘qima darajasi. To‘qima kelib chiqishi, tuzilishi, bajaradi-
    gan vazifasi o‘xshash hujayralar va hujayralararo moddalardan tashkil topgan
    biotizim hisoblanadi. Hayvonlarda epiteliy, muskul, biriktiruvchi va nerv to‘-
    qima lari mavjud. O‘simliklarda esa hosil qiluvchi, qoplovchi, asosiy, mexa nik,
    o‘tkazuvchi to‘qimalar bo‘ladi. Hayotning to‘qima darajasida hujayra larning
    ixtisoslashuvi bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganiladi.
    Hayotning organ darajasi. Organ bu ma’lum tuzilish, shaklga ega, muay-
    yan funksiyani bajaradigan hamda aniq bir joyda joylashgan organizmning bir
    qismidir. Organlar bir necha xil to‘qimalardan tashkil topgan bo‘lib, organning
    bajaradigan vazifasi to‘qimalar faoliyati bilan bog‘liq.

    Download 5,57 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




    Download 5,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi

    Download 5,57 Mb.