|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|
bet | 43/69 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 5,57 Mb. | | #269907 |
Bog'liq BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)Hayotning biosfera darajasi. Biosfera yerdagi hayotning barcha ko‘-
rinishlarini qamrab olgan, tiriklikning eng yuqori tuzilish darajasidir. Biosfera
darajasini tashkil etuvchi komponentlar biogeosenozlar hisoblanadi. Hayotning
bu darajasida moddalar va energiyaning global davriy aylanishi, insonning
xo‘jalik va madaniy faoliyati kabi jarayonlar kuzatiladi.
Shunday qilib, tiriklikning har bir tuzilish darajasi o‘ziga xos xususiyatlarga
ega. Shuning uchun har qanday biologik kuzatish, tajribalar va tadqiqotlar
hayotning ma’lum bir darajasida olib boriladi. Tayanch so‘zlar: biopolimerlar, gomeostaz, ontogenez, fi logenez, molekula, hujayra, to‘qima, organ, organizm, populatsiya, biogeosenoz (ekosistema), biosfera.
Savol va topshiriqlar:
1. Hayotning tuzilish darajalari deyilganda nimani tushunasiz?
2. Hayotning molekula darajasining komponentlari va jarayonlarini izohlang.
3. Hayotning hujayra darajasining mohiyati nimadan iborat?
4. Hayotning organizm darajasida sodir bo‘ladigan jarayonlarni bayon eting.
5. Hayotning populatsiya darajasining o‘ziga xos jihatlari nimada?
6. Hayotning ekosistema va biosfera darajalarining mohiyatini tushuntiring.
II BOB. HAYOTNING MOLEKULA DARAJASIDAGI UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLAR
3-Mavzu : Hayotning molekula darajasi. Tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi va uning doimiyligi
1.Hayotning molekula darajasining o‘ziga xos xususiyatlari
Reja : 2.Hayotning molekula darajasini o‘rganishning ahamiyati
3.Hujayra tarkibiga kiruvchi elementlarning ahamiyati
4.Hujayraning buferlik xususiyatini ta’minlovchi sistemalari
Ma’lumki, tirik organizmlar yaxlit sistema bo‘lib, ular organlar sistemasidan,
organlar sistemasi esa, organlardan, organlar to‘qimalardan, to‘qimalar esa
hujayralardan tuzilgan. Shu sababli, hujay ra tirik organizmlarning tuzi lish,
ko‘payish va funksional birligi sanaladi. Ti rik organizmlarga xos bo‘l gan hayotiy
jarayonlar aynan hujayralarda sodir bo‘ladi. Hu jayra va uning organoidlarida
boradigan hayotiy jarayonlar uning tarkibiga kiradigan or ganik birikmalarga
bog‘liq bo‘ladi. Mazkur organik birik ma larning molekula darajasida o‘rganilishi
hujayra, to‘qima, organ, organlar
sistemasi va organizmda sodir bo‘la-
digan jarayonlarda ularning biologik
ahamiyatini tushunish imkonini be-
radi (2-rasm).
Hayotning molekula darajasi
Yerda hayotning paydo bo‘lishi va
rivojlanishining birlamchi asosi si-
fatida o‘rgani lishi, shuningdek, tirik -
lik ning keyingi darajalari bo‘lgan
hujayra, to‘qima, organ, organizm,
populatsiya va tur, bioge ose noz, bio -
s fe ra bilan o‘zaro aloqadorlik va
uzviy likni aniqlashda muhim ahami-
yat kasb etadi. Hayotni molekula darajasida o‘rganishning mohiyati tirik organizm hujayralarida ucraydi gan bio logik molekulalar, ya’ni organik birikmalar: uglevodlar, oqsil lar, nuklein kislotalar, lipidlarning tu zilishi va ularning biologic ahamiyatini aniqlash sa naladi.
Molekula darajasida muhim biologik birikmalar (uglevodlar, oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar)ning tirik organizmlarning o‘sishi, rivojlanishi, irsiy axborotni saqlashi va avloddan avlodga o‘tkazishi, modda va energiya almashinuvida tutgan o‘rni o‘rganiladi. Tirik organizmlarni o‘rganish da dastlab organik birikmalar, ular ishtirokida boradigan reaksiyalar, fi zik-kimyoviy jarayonlarga e’ti bor qaratiladi. Mazkur jarayon lar aniqlangandan so‘ng, tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning mohiyatini tushunish mumkin.Shuni qayd etish kerakki, makromolekulalarning tuzilishi va xususiyatlarini bilish, ularni laboratoriya sharoitida o‘rganish biomolekulalar haqida to‘liq tasavvurni hosil qilmaydi. Hayotning molekular darajasini o‘rganishda kimyo, fi zika, informatika, matematika fanlarining kashfi yotlari va qonunlaridan foydalaniladi. Hujayradan ajratib olingan makromolekulalar biologik mohiyatini yo‘qotib, faqat fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|