|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|
bet | 46/69 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 5,57 Mb. | | #269907 |
Bog'liq BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)Tayanch so‘zlar: makroelementlar, mikroelementlar, anorganik birikmalar, organik birikmalar, kationlar, anionlar, buferlik, gidrofill, gidrofob.
Savol va topshiriqlar:
1. Hujayra tarkibiga kiruvchi elementlarning ahamiyatini izohlang.
2. Suvning hujayradagi funksiyalarini aytib bering.
3. Mineral tuzlarning hujayra faoliyatidagi ahamiyatini izohlang.
4. Hujayraning buferlik xususiyatini ta’minlovchi sistemalarni ayting.
4-Mavzu : Organik birikmalar. Oqsillar va nuklein kislotalar
1.Organik birikmalar tasnifi.
Reja : 2. Oqsillarning tuzilishi.
3. Oqsil funksiyalari.
4 Polinukleotidlarning tuzilishi
Hayotning molekula darajasi biologik molekulalar – DNK, RNK, ATF,
oqsillar, uglevodlar, lipidlar faoliyatida namoyon bo‘ladi. Bu moddalar qaysi
turga mansubligidan qat’i nazar barcha tirik organizmlar hujayralari uchun
umumiy tuzilishga ega. Yuqori molekular moddalar – oqsillar, nuklein kislotalar,
polisaxaridlar biopolimerlar hisoblanadi. Biopolimerlar monomerlarning
o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Polimerlar ikki guruhga bo‘linadi. Bir xil
tipdagi monomerlardan tuzilgan polimerlar (glikogen, kraxmal, selluloza)
gomopolimerlar, har xil tipdagi monomerlardan tuzilgan polimerlar (oqsillar,
nuklein kislotalar) geteropolimerlar deyiladi.
Uglevodlar. Uglevodlar hujayraning eng muhim organik birikmalari hisoblanadi.
Oʻsimliklar quruq moddasi massasining 80% ga yaqini, hayvonlar quruq
moddasi massasining 2% ga yaqinini uglevodlar tashkil etadi. Tarkibiga
ko‘ra uglevodlar uchta guruhga bo‘linadi: monosaxaridlar, disaxaridlar va
polisaxaridlar Monosaxaridlar kichik tarkibiy qismlarga gidrolizlanmaydigan biomolekulalardir. Ularning nomi tarkibidagi uglerod atomi soniga bog‘liq.
Triozalarda uglerod atomining soni 3 ta tetrozalarda 4 ta pentozalarda 5 ta geksozalarda 6 ta. Monosaxaridlarning hammasi suvda yaxshi eriydigan shirin ta’mga ega rangsiz moddalardir.
Triozalarga moddalar almashinuvining mahsulotlari bo‘lgan sut
kislota pirouzum kislota kiradi. Eng ko‘p tarqalgan
monosaxaridlarga besh uglerod atomli pentozalar – riboza va dezoksiriboza
va olti uglerod atomli geksozalar – glukoza, fruktoza misol bo‘ladi. Riboza
bilan dezoksiriboza nuklein kislotalar va ATF tarkibiga kiradi. Turli mevalar,
shuningdek, asalning shirin bo‘lishi ularning tarkibidagi glukoza va fruktozaga
bog‘liq. Glukoza molekular massasi 180 ga teng. Erkin holda
hujayralarda to‘qima suyuqliklarida, plazmada bo‘ladi. Qon tarkibida glukoza
doimo ma’lum konsentratsiyada mavjud bo‘lib, to‘qimalarning energiyaga
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlab turadi. Odamlar qonida glukoza miqdori 4,5–5,5
millimol (80–120 mg%)ga teng. U qon qandi deb yuritiladi. Qonda glukoza
miqdori ortib ketishi yoki kamayishi moddalar almashinishining buzilganligidan
darak beradi.
Polisaxaridlarga kraxmal, kletchatka, selluloza, glikogen, xitin va pektin
kiradi. Kraxmal, kletchatka, sellulozaning monomerlari glukozadir.
Ba’zi uglevodlar oqsillar bilan glikoproteinlar, lipidlar bilan esa
glikolipidlarni hosil qiladi.
Kraxmal o‘simliklar tanasida ko‘p to‘planadigan muhim polisaxaridlardan
hisoblanadi. U o‘simlik donida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Masalan, sholi va
makkajo‘xori donida 80% gacha, bug‘doy donida 60–70% gacha, kartoshka
tuganagida 20% gacha kraxmal bo‘ladi.
Glikogen, ya’ni hayvon kraxmali deb ataladigan polisaxarid odam va hay-
von, zamburug‘ organizmida zaxira oziq modda sifatida uchraydi.
Selluloza o‘simliklar tarkibida ko‘p bo‘lib, ular hujayra devorining asosini
tashkil qiladi. O‘simliklar bargi to‘qimasining 15–30% i, yog‘ochligining 50% I sellulozadan iborat.
Uglevodlarning organizmda bajaradigan funksiyalari xilma-xil.
Struktura – qurilish materiali (plastik funksiya) Selluloza O‘simlik hujayralari qobig‘iga mustahkamlik beradi
Xitin Zamburug‘ hujayrasi qobig‘i va bo‘g‘imoyoqlilar tana qoplamiga mustahkamlik beradi
Riboza ATF va RNK molekulalari strukturasini tuzishda ishtirok etadi
Dezoksiriboza DNK nukleotidlari tarkibiga kiradi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|